Tadbir ssenariysi



Yüklə 277 Kb.
səhifə32/32
tarix22.05.2023
ölçüsü277 Kb.
#127383
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
8 mart Xotin qizlar kuni

Bibixonim:Men bor umrimni amirzodamning davlat boshqaruvidagi ishlariga ko’maklashishga baxshida etdim.Xalqim tinchligiga,yurtim obodonchiligi uchun bor kuch-g’ayratimni ayamadim.Amirzodam yarim dunyoni qo’l ostida birlashtirish uchun kechgan zahmatli kunlarida u bilan yonma-yon turib kurashdim
Uvaysiy:Ul na gumbazdur eshigi tuynugi yo’q nishon
Necha gulgun po’sh qizlar anda aylabdur makon
Sindurub gumbazni qizlar xolidin olsam xabar
Yuzlariga parda tortig’liq turaralar bag’ri qon
To’maris:Ey,Eron shohi Kurush.Men xalqimni senga hech qachon qaram qildirmaganman va qaram qildirmayman.Men o’g’lim uchun sendan qasos olaman.Sening qonga to’ymagan ko’zlaringni bugun men qonga to’ydiraman.


Zulfiya:Inson ko’zlarida jon olar bahor
Barcha tomirida uning to’lqini
O’tmishing behuda oni kabi qor
Be iz, be dard erib ketar uchquni
Inson ko’zlarida jon olar bahor
O’yinqaroq go’dak singari bulut
Ko’k qovog’i uyuq,yorqin bir viqor
Kishilar qalbidan boqar bo’lib o’t
Farmonbibi:Bilasizmi bolajonlar men yettita farzandning onasi,yettita kelinning qaynonasi va shu bilan birga qirqta nabiraning buvisi bo’lib ularni to’g’ri yo’lga sola oldim.Men sizlarni ham bilim olishingizni va vatanimizga sodiq farzand bo’lishingizga ko’maklashaman.Meni chig’irig’imdan chiqib bo’psizlar.
Rivoyat : Quyoshdan so`rashibdi:

  • Sening haroratingdan zo`rroq harorat bormi? -Bor,-javob beribdi quyosh.- “Ona mehri mening taftimdan kuchliroq”.

Onalar haqidagi qo`shiq kuylanadi.
-To`kin yurt dasturxoni,
Sarishta xonadoni
Rohatda bolajoni,
Onalar omon bo`lsa.

  • Jannat bo`lar Yer yuzi,

Nurga to`lar Yer yuzi.
Kuladi baxt yulduzi,
Onalar omon bo`lsa.
-Porlaydi oy, quyosh ham,
Kuylar daryo, soylar ham.
Bu hayot go`zal har dam,
Onalar omon bo`lsa.
Yurtimizda Istiqlol,
Yozilar g`azal, ashyor.
Aytilar alla, yor-yor,
Onalar omon bo`lsa.
Turli kasbdagi ayollarning tasvirlari namoyish etiladi va ularning mehnatini qadrlashga o`rgatiladi.
“Alla” qo`shig`i tinglanadi.
Aqliy hujum:
-Nega go`dak alla aytilsa,osuda uyquga ketadi?
-Allada ne sinoat bor?
-Siz ham buvijonlaringiz,onajonlaringiz allasini eshitib uxlaganmisiz?
-Ularning allasini nima uchun yoqtirasiz?
Javoblar umumlashtirilish jarayonida mavzuga yana bir bor to`xtalib o`tiladi.
-Alla o`ziga xos qudratga ega bo`lib,u orqali bildirilgan ulug` niyatlar,ezgu tilaklar go`dakning insofli,diyonatli bo`lib kamol topishiga hissa qo`shadi.Shunisi diqqatga sazovorki,buyuk Vatanimizda onalar va bolalarga e`tibor bosh o`ringa qo`yilgandir.O`zbekiston aslida onalar va bolalarni e`zozlagan jannatmakon yurtdir.Ana shu yurtning onalari tamom boshqacha.Ular o`zini emas,ko`proq farzandi baxtini,saodatini,kelajagini o`ylaydi.Hayotda farzand kamoli ular uchun asosiydir.Onalar farzandlari yuragiga yoshlikdan millat va vatanga muhabbat urug`ini sochadi.Ulg`aygach,ona yurtiga sadoqatli,jasur hamda matonatli,halollikni boshida ko`targuvchi diyonatli inson bo`lib kamol topishini istaydi.
Zero,shoir aytganidek:
Oilaga qut bergan,
Bolaga oq sut bergan.
Baxt bersa ham but bergan,
O`zbegimning onasi.
To`marislar zotidan,
Barchinlar sabotidan,
Zulfiya bayotidan,
O`zbegimning onasi.
Tinchlik yo`lin tanlagan,
Belin mahkam bog`lagan.
O`zligini anglagan,
O`zbegimning onasi.
Muborak hadislarda ham onalarga hurmatda bo`lish alohida ta`kidlanadi.
-Bir kishi Rasulullohdan:”Men yaxshiligimni kimga qilsam bo`ladi?”,deb so`rabdi.”Onangga”,debdilar Rasululloh.U kishi savolni uch marotaba qaytaribdi.
Rasululloh. .”Onangga”,deyaveribdilar.To`rtinchi marotaba yana so`rabdi. Shunda
”Onangga va keyin otangga”,deb javob beribdilar janobi Rasululloh.
Nima uchun payg`ambarimiz shunday javob beribdilar? Chunki hamma odamning o`z onasi oldidagi farzandlik qarzi hech qachon tugamaydi,poyoniga yetmaydi.
Onamiz dunyodagi eng buyuk zotdir,onamiz quyoshimiz,oyimizdir,biz uchun eng mo`tabar bo`lgan aziz insondir.
-Ota-ona bilan munosabat deganda nimani tushunasiz?
1.Doimo ota-onaga hurmatda bo`lish.
2.Ular uchun dunyoning barcha boyligini ayamaslik.
3.Ota-onaga ularning hurmatini bajo keltirishingizni also eslatmaslik.
4.Ularga g`azab qilmaslik.
5.Ota-onamiz birinchi chaqirganlaridayoq oldilariga kelish.
6.Ota-ona bilan gaplashganda yuzini burishtirmaslik,jahl qilmaslik.
7.Ota-onaning barcha istaklarini bajo keltirish.
8. .Ota vaona bilan suhbatlashganda ovozni baland ko`tarmaslik.
9.Ota-onaning ruxsatisiz sayohatga chiqmaslik
10.Ota-onaga quvonch keltirishga intilish
O`ylaymanki,o`rganib olgan o`gitlaringizni amalda qo`llay olasiz,muhimi,bu sira qiyin ish emas.
-Onani rozi qilish deganda nimani tushunasiz?

O`quvchilarni rag`batlantirish


III Yakuniy qism : Tasavvur qiling , agar bir necha kun onangiz uyda bo`lmasalar qanday holat yuzaga keladi ? Bu holatni bolalar rasmda yoki so`z bilan ifoda etib berishadi. Onalar haqidagi maqollar guruhlarda birma –bir aytib o`tiladi
Yüklə 277 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin