Tadbirkorlik nima? Tadbirkorlik



Yüklə 0,93 Mb.
tarix13.12.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#139776
Famous businessman in Uzbekistan


Famous businessman in Uzbekistan
TADBIRKORLIK NIMA?
Tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, o‘zi tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskorlik faoliyatidir.
Tadbirkor ishlab chiqarishning boshqa asosiy omillari – yer (tabiiy resurslar), kapital (ishlab chiqarish vositalari) va mehnat resurslarini o‘zaro biriktirib, ularning bir-biriga muvofiq harakatini ta’minlab, yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatishni amalga oshiradi
Tadbirkortadbirkorlik layoqatiga, ya’ni qandaydir turdagi tovar ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish jarayonini tashkil eta olish borasida bilim, ko‘nikma va tajribaga ega shaxs
TADBIRKORLIKNING ASOSIY JIHATLARI
1.TASHABBUSKORLIK
2. TAVAKKALCHILIK
3. MAS’ULIYAT
4. YANGILIKKA INTILISH
Aynan tadbirkor o‘z g‘oyasini amalga oshirib, foyda olish maqsadida iqtisodiy resurslarni o‘zaro biriktirish orqali yangi mahsulot va xizmatlar yaratish tashabbusini ilgari suradi
Tadbirkor o‘z faoliyatini qanchalik puxta rejalashtirishidan qat’i nazar, uning muvaffaqiyatli amalga oshishi kafolatlanmagan. Tadbirkor – bu turli xavfxatar, muammo va to‘siqlardan cho‘chimasdan, o‘z maqsadiga erishishda tavakkalchilikka bora oluvchi shaxs hisoblanadi.
Tadbirkorning tashabbusi va tavakkalchiligi ortida uning mas’uliyati, ya’ni o‘zining xatti-harakati uchun mol-mulki va resurslari bilan javobgar bo‘lishga tayyorligi turadi.
Tadbirkorlikning mazmunida yangilikka intilish, ya’ni o‘z faoliyatini tashkil etish va amalga oshirishda yanada yuqori natijalarga erishish uchun muayyan yangilik va o‘zgarishlar kiritib borish muhim o‘rin tutadi.

Tadbirkorlikning afzalliklari va kamchiliklari


Afzalliklari

Kamchiliklari

O`z kelajagini o`zi qurishi

Daromadning mavhumligi

Maksimal potensialini ishga solishi

Sarflangan investitsiyaning qaytmaslik xavfi

Katta daromadga erishishi

Uzoq vaqt va tinimsiz ishlashi

Jamiyatga hissa qo`shish va e`tiborga tushish

To biznes yurib ketmaguncha kundalik hayotdagi qiyinchiliklar

Xohlagan,qiziqqan ishini qilish va undan zavq olish

Zo`riqish (stress)
Katta mas`uliyati va javobgarlik

Tadbirkorlar muvaffaqiyatli boʻlib tugʻilmaydilar, balki ular hayot yoʻlida oʻziga xos muvaffaqiyat tarixini yaratadilar. Oʻzbekistondagi koʻzga koʻringan qurilish kompaniyalaridan biri - "Murad Buildings" asoschisi Murod Nazarovning biznes yoʻli bunga yorqin misoldir.
Muvaffaqiyatli tadbirkor, masʼuliyatli rahbar, haqiqiy vatanparvar, dunyoga oshiq sayohatchi, gʻayratli sportchi va mehribon oilaboshi - bularning barchasi Murod Nazarovda mujassam. Bugungi kunda u va uning jamoasi oʻz oldiga yangi, yuqori maqsadlarni qoʻygan. Xususan, jamoa Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazi doirasidagi eng yirik loyihani barpo etmoqda. 2021-yil oxiriga qadar Toshkentda 266 metrlik osmonoʻpar bino quriladi, bu mamlakatdagi eng baland bino boʻladi. Ammo Murod Nazarov uchun bu - faqat boshlanishi. Uning rejalarida bundan-da yirik loyihalar bor va ularni u, shubhasiz, amalga oshiradi!
Murod Nazarov 1980-yili 16-noyabrda Toshkent shahrida tugʻilgan. Uning ota-onasi oʻqituvchi edilar - onasi pedagogika kollejida, otasi esa Toshkent davlat sharqshunoslik institutida yoshlarga taʼlim bergan va aynan u oʻgʻlida bilimga kuchli muhabbat uygʻotgan.
Murod Nazarov bolaligidan qurilishga boʻlgan ishtiyoqi va shijoatini namoyon etdi. U oʻzining birinchi uyini otasi bilan qura boshlaydi, ammo otasi toʻsatdan vafot etganidan keyin boshlagan ishini oʻzi tugatishiga toʻgʻri keldi. Oʻsha paytda u atigi 14 yoshda edi. Uy oila uchun qurilganiga qaramay, qurilish ishlari tugaganidan soʻng, juda koʻp foydali sotib olish takliflari kela boshlaydi. Murod onasining roziligi bilan qurgan uyini sotib, boshqasini bunyod etishga qaror qiladi. Oldingi holat yana takrorlanadi - yangi uyni ham sotish oila uchun foydali edi.
Taqdir shunday boʻldiki, Murod Nazarov Toshkent davlat sharqshunoslik institutini tugatganidan soʻng grant yutib, Yaponiyaga oʻqishga ketdi. U yerda u "Mitsui" kompaniyasining yetakchilaridan birining oilasida yashaydi, bu unga amaliy bilimlarini kengaytirishga imkon beradi. Toshkentga qaytgach, Yaponiyaning JICA xalqaro hamkorlik agentligining Oʻzbekistondagi vakolatxonasiga ishga kiradi. Ammo tez orada oʻz biznesini boshlashga qaror qiladi.
Qurilish bilan shugʻullangan Murod 2003-yilda bir vaqtning oʻzida qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyadi. Biroq, vaqt oʻtishi bilan qurilish ishlari bilan band boʻlish u uchun sevimli kasbga aylanadi, bu koʻproq fidoyilik va eʼtibor talab qilar edi. Shunday qilib, M. Nazarov boshqa barcha biznes loyihalarini bir chetga surib, oʻzining qurilish biznesini rivojlantirishga kirishadi. 2007-yilda onasi va yaqin doʻstlarining maʼnaviy koʻmagi bilan yosh tadbirkor Avalon biznes markazining qurilishini boshlaydi.
“Muvaffaqiyat - bu 50% omad va 50% tayyorgarlik”, deydi Murod Nazarov. Boshqacha qilib aytganda, muvaffaqiyat - bu noyob imkoniyatlarni puxta tayyorgarlik bilan kutib olishdir. Uning fikricha, muvaffaqiyatli kompaniyani yaratish uchun kuchli imon, mehnatsevarlik va oʻzini yuz foiz sevimli biznesga bagʻishlash qobiliyati asos boʻlib xizmat qiladi.
Tadbirkorning hayot falsafasi qatʼiy mezonlarga tayanadi. Uning fikricha, masʼuliyat koʻlami va uni koʻtarish istagiga qarab, odam tegishli kuch, gʻoyalar va hattoki omadga ega boʻladi.
Inson oʻz hayoti uchun javobgar boʻlishga qaror qilgachgina, ishonch bilan oʻz maqsadlariga intiladi va ularga erishadi. Shaxs sifatida oʻz oilasini quradi va u uchun allaqachon javobgarlikni boʻyniga oladi. Shunga koʻra, taqdir unga koʻproq imkoniyatlar eshigini ochadi va ayni paytda koʻproq qiyinchiliklarga roʻbaroʻ qiladi
Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin