Tadbirkorlik tushunchasi va turlari


Tadbirkorlikning tashkiliy tuzilmasi quyidagilardan iborat



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə4/6
tarix11.11.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#131775
1   2   3   4   5   6
2-Mavzu 17.10.2023

Tadbirkorlikning tashkiliy tuzilmasi quyidagilardan iborat:

  • - yakka tartibdagi faoliyat;
  • - yollanma mehnatni jalb etish asosida amalga oshiriladigan tadbirkorlik;
  • - bir guruh fuqarolar va yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan jamoa tadbirkorligi yoki hamkorlikdagi tadbirkorlik.
  • Tadbirkorlikni qatnashuvchilar faoliyati bo’yicha quyidagi shakllarga ajratish mumkin:
  • - xususiy tadbirkorlik jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan amalda o’zining shaxsiy mulki asosida tashkil qilinadi;
  • - jamoa tadbirkorligi – fuqarolar guruhining jamlanma mulki asosida tashkil qilinadi;
  • - aralash tadbirkorlik – bitta yuridik shaxs va bir necha jismoniy shaxslar mulkini birlashtirish asosida tashkil qilinadi;
  • - qo’shimcha tadbirkorlik – ikki yoki undan ortiq yuridik shaxslar mulkini birlashtirish yo’li bilan tashkil qilinadi;
  • - shartnomaviy tadbirkorlik – mulk egasi bo’lmagan korxona rahbari tomonidan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Bunda mulk egasi yoki uning ishonchli vakili tomonidan ishlab chiqarishni uyushtirish va boshqarish bo’yicha belgilangan huquq majburiyatlar va javobgarlik ishga olingan tomonga, ya’ni korxona rahbari yoki boshqa mas’ul lavozimidagi xodimga yuklanadi;
  • - korxona rahbari xuddi ishbilarmon fuqaroga mos tartibda ro’yxatga olinadi va u kabi mas’uliyatga ega bo’ladi.

3. Biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining tashkiliy-huquqiy shakllari

O’zbekistonda mulk shakliga ko’ra yuridik shaxslar quyidagi asosiy tashkiliy-huquqiy shakllarda tuziladi:

  • - Xususiy korxona;
  • - Mas’uliyati cheklangan jamiyat;
  • - Sho’ba xo’jalik jamiyati;
  • - Unitar korxona;
  • - Dehqon xo’jaligi;
  • - Fermer xo’jaligi.

Xususiy korxona. “Xususiy korxona to’g’risida” O’zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq mulkdor yagona jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan va boshqariladigan tijoratchi tashkilot xususiy korxona deb e’tirof etiladi.


Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin