Sho’ba xo’jalik jamiyati. Agar bir (asosiy) xo’jalik jamiyati yoki shirkati ikkinchi xo’jalik jamiyatining ustav fondida undan ustunlik mavqeiga ega bo’lgan holda ishtirok etishi tufayli yoxud ular o’rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq, yo bo’lmasa boshqacha tarzda ikkinchi xo’jalik jamiyati tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni belgilab berish imkoniga ega bo’lsa, ushbu ikkinchi xo’jalik jamiyati sho’ba xo’jalik jamiyati hisoblanadi.

Unitar korxona. O’ziga biriktirib qo’yilgan mol-mulkka nisbatan mulkdor tomonidan mulk huquqi berilmagan tijoratchi tashkilot unitar korxona hisoblanadi. Unitar korxonaning mol-mulki bo’linmasdir va u qo’shilgan hissalar (ulushlar, paylar) bo’yicha, shu jumladan korxona xodimlari o’rtasida ham taqsimlanishi mumkin emas.
Dehqon xo’jaligi. Dehqon xo’jaligi to’g’risida O’zbekiston Respublikasining N 604-1 Qonuniga muvofiq dehqon xo’jaligi oilaviy mayda tovar xo’jaligi bo’lib, oila a’zolarining shaxsiy mehnati asosida, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish uchun oila boshlig’iga berilgan tomorqa yer uchastkasida qishloq xo’jaligi mahsuloti yetishtiradi va realizatsiya qiladi.

Fermer xoʻjaligi —ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektidir.