Takomillashtirish masalalari



Yüklə 299,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix16.10.2023
ölçüsü299,22 Kb.
#130477
  1   2
Karimova Mavluda Odilbek Qizi



TA’LIM MUASSASALARIDA TA’LIM SIFATI MONITORINGINI 
TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI 
Karimova Mavluda Odilbek Qizi 
Urganch davlat universiteti magistratura bo'limi «Ta'lim va tarbiya 
nazariyasi va metodikasi» mutaxassisligi magistranti 
Annotatsiya: Maqolada ta’lim muassasalarida ta’lim sifati monitoringini 
takomillashtirish yuzasidan fikrlar yuritilgan. Xorijiy davlatlar o‘qitish tizimi bilan 
qiyosiy tahlil qilingan.
Kalti so‘zlar:
uzviylik va uzluksizlik tamoyillari, Ta’lim sifatini baholash, milliy 
baholovchi tizimlar, ta’lim sifati menejmenti.
 
KIRISH 
Juda ko‘pchilik monitoring atamasini ishlatadi, ammo bu qanday jarayon ekanligi 
haqida bilmasligi mumkin. Monitoring — inglizcha so‘z bo‘lib, kuzatish, nazorat qilish 
degan ma’noni anglatadi. 
Xalq ta’limi tizimida ba’zan ta’lim sifati monitoringi o‘tkazib turiladi. Buni biz 
sodda qilib o‘quvchilarga berilgan bilimlarni o‘lchaydigan tarozi desak ham 
bo‘laveradi. 
Hozir maktablardagi ta’lim sifati monitoringi jarayoni Xalq ta’limi vazirligining 
2022 yil 11 oktabrdagi 313-sonli buyrug‘i bilan tartibga solindi. 
Mazkur buyruq bilan endi maktablarda 2022-2023 o‘quv yilidan boshlab Milliy 
o‘quv dasturi asosida har chorakda belgilangan rejaga muvofiq sinflarda monitoring 
jarayonlari o‘tkazib boriladi. Bu o‘qituvchilarga umuman qiyinchilik tug‘dirmaydi. 
Chunki Respublika ta’lim markazi har bir chorakda o‘tkaziladigan ta’lim sifati 
monitoringi uchun test spetsifikatsiyalarini ishlab chiqadi. 
Ta’lim sifati monitoringi natijalari asosida tahliliy ma’lumotlar tayyorlanib
aniqlangan bo‘shliqlarga qarab Respublika ta’lim markazi tomonidan metodik 
tavsiyalar ishlab chiqiladi. 
Ta’lim sifatini baholash, uning monitoringini olib borish, indikatorlarni doimiy 
takomillashtirib borish bugungi kundagi eng muhim yo‘nalishlardan biri sanalib, ta’lim 
sifatining zaruriy darajasini ta’minlash, ta’lim sifati menejmenti va kvalimetriyasining 
samarali metodlarini ishlab chiqishga nisbatan metodologik yondashuvni shakllantirish 
asosiy vazifa hisoblanadi [1].
Ta’lim sifatini baholovchi nisbatan taniqli tizimlar Buyuk Britaniya, AQSh va
Fransiyada qo‘llanilmoqda. Buyuk Britaniyada bu kabi tizimlar 1948 yildan, 
AQShda 1969 yildan, Fransiyada esa, 1979 yildan buyon mavjud. Ta’lim sifatini 
baholash milliy tizimi Chilida 1978 yildan amalda qo‘llanilib kelinmoqda. Ushbu 
tizimlarning barchasi muntazam ravishda kerakli axborotlarni yig‘ish imkonini beradi. 
[3.].


Aksariyat MDH mamlakatlarida ta’lim sifatini baholovchi milliy tizimlarni ishlab 
chiqish 1990 yildan boshlangan.
Bunday milliy baholovchi tizimlarning maqsadi ushbu tizim doirasidagi ta’lim 
oluvchilarning o‘zlashtirish darajalarini aniqlashdan iborat. Buning uchun quyidagilar 
zarur bo‘ladi:
-
ta’lim sohasidagi o‘zlashtirish darajasini aniqlash;
-
ta’lim oluvchilar egallagan bilim va ko‘nikmalarning kuchli va zaif 
tomonlarini aniqlash;
-
ta’lim oluvchilarning o‘zlashtirishlari
bilan bog‘liq mavjud
muammolarni aniqlash;
-
o‘zlashtirish bilan bog‘liq omillarni aniqlash;
-
o‘zlashtirish dinamikasini yuritish.
Mamlakatlar darajasida qaraganda ham ishlab chiqilayotgan tizimlar turli-tuman 
bo‘lib, metodikasi, usullari va boshqa xususiyatlari bilan bir- biridan keskin farq qiladi. 
AQSh ta’limiy jarayonlar sifatini baholash milliy tizimi (NAEP – National Assessment 
of Educational Progress)ning maqsadi bolalar va o‘smirlarning o‘qish, hisoblash va 
kommunikatsiya bo‘yicha malakalarini baholashdan iborat. Ushbu baholash dasturlari:
-
o‘quv dasturlari bajarilishini ta’minlash;
-
o‘zlashtirish darajasini oshirish uchun teskari aloqani ta’minlash;
-
ota-onalarni ma’lumot bilan ta’minlash;
o‘quv muassasasidagi
o‘zlashtirish darajalari
haqida 
umumlashgan ma’lumotlarni olish va milliy statistikani shakllantirish uchun 
o‘tkaziladi. Fransiya milliy baholash tizimining maqsadi quydagilardan iborat:
-
o‘quvchilar tomonidan fanlarni o‘zlashtirish jarayonlarini baholash;
-
o‘qituvchilarga chora-tadbirlarni tanlashda ko‘maklashish;
-
o‘qituvchilarga pedagogik faoliyatni rejalashtirishda ko‘maklashish;
Buyuk Britaniyada oliy ta’lim sifatini nazorat qilish va baholash davlat va 
jamoatchilik organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Bugungi kunda ko‘pgina davlatlar tomonidan qiziqish bildirilayotgan ta’lim 
sifatini baholashning Buyuk Britaniya tizimi har bir ta’lim muassasasi tomonidan sifatli 
ta’limni ta’minlashning samarali ichki monitoringini tashkil etilishi va amalga 
oshirilishi, shuningdek, ta’lim muassasasining o‘zida uning kafolatli mexanizmi 
amaliyotga kiritilishi bilan tavsiflanadi. Bunda sifat kafolatining ichki mexanizmi 
samaradorligini baholash jarayonlarini tashkil etishdagi javobgarlik oliy ta’lim sifatini 
ta’minlash Agentligi – Quality Assurance Agency (QAA) zimmasiga yuklatilgan. 
Quality Assurance Agency (1997) – nodavlat tashkilot hisoblanib, uning asosiy vazifasi 
sifat ekspertizasini tashkil etish va o‘tkazishdan iborat bo‘lib, tashqi ekspertiza 
xulosalariga asoslanib davlat tashkiloti baholash natijalari bo‘yicha tegishli qarorlar 
qabul qiladi.
Agentlik tomonidan ta’lim sifatini nazorat qilishda oliy ta’limning akademik 
standartlarini qo‘llab-quvvatlash, oliy ta’lim muassasalari tomonidan yuqori akademik 


sifatni ta’minlash, oliy ta’lim tizimini uzluksiz va tizimli takomillashtirib borish, oliy 
ta’limning hamma uchun maqbul va maqsadlarga muvofiqligini ta’minlash asosiy 
vazifalar sifatida belgilanadi. Shuningdek, ta’lim sifatini nazorat qilish va baholash 
jarayonida talabalar va kadrlar buyurtmachilarining ishtirokiga alohida ahamiyat 
beriladi.
Germaniyada ta’lim sifati, xususan, oliy ta’lim sifatini baholashning o‘ziga xos 
tizimi mavjud. Hozirgi kunda Germaniyada sifatni baholash bo‘yicha bir necha 
agentliklar faoliyat yuritib, ulardan ba’zilari tor doirada texnika, tibbiyot, biznes 
sohalarigagina yo‘naltirilgan bo‘lsa, qolgan agentliklar boshqa barcha yo‘nalishlar 
bo‘yicha 
ta’lim 
dasturlarini 
baholash, 
akkreditatsiyadan 
o‘tkazishga 
ixtiscoslashtirilgan. Mazkur davlatda akkreditatsiyalash jarayoni oliy ta’lim 
muassasining talabiga binoan amalga oshiriladi va yakuniy xulosa tegishli davlat 
organlari tomonidan shakllantiriladi. Germaniyada ta’lim sifatini baholash tizimining 
o‘ziga xosligi unda ta’lim sifatini mustaqil baholash tizimining mavjudligida bo‘lib, 
ta’lim sifatini baholashda ish beruvchilarni ekspert salohiyatidan to‘laqonli 
foydalanilishiga e’tibor qaratilgan.
Oliy ta’lim muassasalarida tizimli ravishda ta’lim sifati va unga ta’sir etgan 
omillarni baholash: «Davlat va jamiyat kadrlar tayyorlash tizimini uzluksiz 
rivojlantirish va takomillashtirish kafili bo‘lishi zarur. Ular yuqori malakali, raqobatga 
qodir mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha ta’lim muassasalarining faoliyatini 
uyg‘unlashtirishi lozim»ligi borasidaga o‘ta muhim vazifalar bilan belgilangan [4].
Oliy ta’lim muassasalari tomonidan ta’lim-tarbiya sifatining holati, uning 
monitoringi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari imkoniyatlaridan 
unumli foydalangan holda xolis baholansa, ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etgan omillar o‘z 
vaqtida korreksiyalanib, istiqbolga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirilsa, 
ta’lim sifatining kadrlar tayyorlashga nisbatan xalqaro talablarga muvofiqligi 
ta’minlanadi.
Germaniyada ta’lim sifati, xususan, oliy ta’lim sifatini baholashning o‘ziga xos 
tizimi mavjud. Hozirgi kunda Germaniyada sifatni baholash bo‘yicha bir necha 
agentliklar faoliyat yuritib, ulardan ba’zilari tor doirada texnika, tibbiyot, biznes 
sohalarigagina yo‘naltirilgan bo‘lsa, qolgan agentliklar boshqa barcha yo‘nalishlar 
bo‘yicha ta’lim dasturlarini baholash, akkreditatsiyadan o‘tkazishga ixticoslashtirilgan. 
Mazkur davlatda akkreditatsiyalash jarayoni oliy ta’lim muassasining talabiga binoan 
amalga oshiriladi va yakuniy xulosa tegishli davlat organlari tomonidan 
shakllantiriladi. Germaniyada ta’lim sifatini baholash tizimining o‘ziga xosligi unda 
ta’lim sifatini mustaqil baholash tizimining mavjudligida bo‘lib, ta’lim sifatini 
baholashda ish beruvchilarni ekspert salohiyatidan to‘laqonli foydalanilishiga e’tibor 
qaratilgan.
Yaponiyada ham ta’lim sifatini baholash va akkreditatsiyalash jarayonlari boshqa 
rivojlangan davlatlar kabi o‘zini-o‘zi ko‘rikdan o‘tkazish, tashqi ekspertiza va qaror 
qabul qilishdan iborat bo‘lib, ta’lim muassasasining faoliyatini umumiy baholash va 
alohida ta’lim dasturlarini baholash bo‘yicha komissiyalar asosida amalga oshiriladi.


XULOSA
Umumiy baholash ta’lim muassasasidagi ta’lim sifatini boshqarishning zamonaviy 
metodlari va ichki menejment samaradorligi tahlili asosida shakllantiriladi.
Ta’lim mazmunini doimiy ravishda isloh qilish, tayyorlanayotgan kadrlar 
sifatining respublikada amalga oshirilayotgan chuqur iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar 
shuningdek, ta’lim, fan, texnika va texnologiyalar rivojlanishining ilg‘or jahon talablari 
darajasiga muvofiqligini ta’minlash jamiyatning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Yüklə 299,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin