Takomillashtirish



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix15.12.2022
ölçüsü0,63 Mb.
#121112
  1   2   3
hozirgi-o-zbek-tilida-akt-terminlari-va-ularni-takomillashtirish



ISSN 2223-4047 Вестник магистратуры. 2022. № 4-2 (127) 
__________________________________________________________________________________ 
 
65 
M.J. Amrullayeva 

 
 
HOZIRGI O`ZBEK TILIDA AKT TERMINLARI VA ULARNI 
TAKOMILLASHTIRISH 
 
Maqolada hozirgi o`zbek tilida AKT terminlari va ularni takomil-
lashtirish haqida ma’lumot berilgan.
 
Kalit so`zlar: axborot, termin, lingvistik, leksikografik, semantik, tarji-
maviy.
 
Jahonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanayotgani, bu sohaga oid yangi-yangi 
tushunchalarning paydo bo`layotgani tabiiy ravishda ayni tushunchalarni atovchi terminlarning dunyo tillariga 
kirib kelishiga sabab bo`lmoqda. Bu o`z navbatida, AKTning muvofiq leksikografik xususiyatlarini aniqlash
maqbul tarjima uslublarini takomillashtirish, soha lug`atlarni tuzish kabi muhim vazifalarni kun tartibiga qo`yadi. 
Jahon tilshunosligida AKT terminlarini tartibga solish ishlari bir til terminlari doirasida ham, ikki til ter-
minlari doirasida ham olib borilgan, soha terminlari muayyan darajada tartibga solingan bo`lsa-da, milliy tils-
hunosliklarda AKT terminlarining lingvistik, leksikografik, semantik va tarjimaviy xususiyatlari aniqlanmagan, 
soha terminlarini tartibga solish mezonlari ishlab chiqilmagan. Shu bois AKT terminlarining mavzuiy guruhlarini 
aniqlab, leksik-semantik xususiyatlarini asoslash, terminlarning derivatsion va tuzilish modellarini belgilash
o`zlashma va baynalmilal terminlarning milliy tillarda barqarorlashuv jarayonlarini tadqiq qilish, tarjima qilish 
uslublarini takomillashtirish, terminlardagi sinonimik, antonimik va variantlilik holatlarini tartibga solish hamda 
maqbullarini qo`llash yuzasidan takliflar berish, leksikografik izohlarni takomillashtirish, tarjima lug`atlarini tu-
zish kabi masalalarning hal etilishi AKT sohalari rivojini ta’minlash bilan birga, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirok-
chilariga muayyan darajada yengillik yaratilishiga olib keladi. 
Hozirgi kunda o`zbek tili leksikasining tez va o`zgaruvchan va faol qatlamini AKT terminologiyasi 
sohasiga doir leksik birliklar tashkil etadi. AKT sohasidagi terminlarni kompyuter va kompyuterlar sinfisiz 
tasavvur qilib bo`lmaydi. Ular bilan tanishib chiqamiz. 

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin