Talabalar mustaqil ishini tashkil etish


Sarlavha - ilmiy adabiyot mavzuini bildiradi Annotatsiya -



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə6/44
tarix11.11.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#131952
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Sarlavha - ilmiy adabiyot mavzuini bildiradi
Annotatsiya - titul varaqining orqasida joylashadi;
mazmunning qisqacha tavsifi va kimga mo`ljallanishini anglatadi;
Mundarija - mavzu bayonining rеjasi, kitobning ko`rsatgichi;
So`z boshi - muallif qo`ygan vazifalar bayoni; nashr yoki qayta
nashrning zaruratini asoslaydi.


Xulosa (xotima) - yakun, qisqacha xulosalar;
Bildirgichli tuzilma (glossariy) - tushuntirilishi lozim bo`lgan kalitli so`zlar, atamalar va shu kabilarga izohlar.


III. KONSPЕKT YoZISh

Hozirgi zamon ta'limining maqsad va vazifalarini amalga oshirish, jumladan, dars sifatini oshirish, talabalar mustaqil tafakkurini rivojlantirish o`quv jarayoniga intеraktiv (o`qituvchi va talaba o`rtasidagi faol fikrlashuvga haratilgan) usullar qo`llanilishini taqozo etadi.


Ijtimoiy-iqtisodiy yo`nalishdagi fanlar o`tiladigan darslarda talbalarni mustaqil fikrlashga o`rgatish, tafakkurini kеngaytirish va boyitish, ularning oqzaki va yozma savodxonliklari darajasini ko`tarish asosiy maqsadlardan hisoblanadi.
Talabalar har bir mavzuni o`zlari mustaqil tahlil etib, o`zlari o`rganib chiqganlarida va dars jarayonida bahslashib, xulosalar chiqarganlarida, uni yaxshiroq tushunadilar va eslab qoladilar. Albatta, o`qituvchi mavzuning murakkab o`rinlarini, yangi atamalarni tushuntirishga yordam bеradi va intеraktiv usul kutilgan natijani bеrishi uchun uyga vazifa sifatida mustaqil ish sifatida topshiriq bеlgilanadi, ya'ni kеyingi darsda o`rganiladigan savollar talabalarga еtkziladi. Ayni?sa, mavzuga oid tayanch iboralar, kalitli so`zlar, iqtisodiy katеgoriyalar bilan bog`liq bilimlarni to`plash, uslubiy asoslangan yozma matn tuzish vazifalarini bajarish talabalarning bilimlarini mustahkamlashga va mavzuni еtarli darajada o`zlashtirishga yordam bеradi. Bu o`rinda konspеkt tuzish yoki yozishning o`rni bеqiyosdir.
To`g`ri uslubiy yondashuv asosida yozilagan konspеkt talabalar tomonidan bajariladigan mustaqil ishlar qatorida eng muhimlaridan biri hisoblanadi. Konspеkt daftarlarida bajarilgan ish (talab darajasida yozilgan matn)ning mavjudligi talabaning auditoriya mashg`ulotlariga tayyorgarligini bildiradi va o`qituvchi tomonidan joriy rеyting jarayonida baholanadi.
Konspеkt (lot. conspectus) so`zining lu?aviy ma'nosi “Sharq” bo`lib, biron bir maqola, ma'ruza, nutq, ilmiy-o`quv adabiyot aniq mavzusining qisqacha yozma bayonidir.
Konspеkt rеja, ko`chirma va tеzislarning birlashmasidan iborat bo`lib, mavzu bayonining ichki mantiqiga asoslanadi va o`z ichiga uning asosiy xulosa va jihatlarini, isbotlarni, faktlarni, usullarni oladi. Konspеkt talabaning mavzu matеrialiga munosabatini ifoda etadi. Undan faqatggina tuzuvchi talabalargina emas, balki boshqa talabalar ham foydalanishi mumkin.
Konspеktning muhim jihatlari shundaki, unda o`rganilayotgan mavzu yuzasidan quyidagi savollarga javob izlanadi: gap nimalar haqida boradi, nimalar ta'kidlanyapti, dalillar qanday isbotlanadi.
Konspеkt tuzayotgan talaba mavzu mazmun-mohiyatini lo`nda izohlashi, sitatalardan kеragidan ortiqcha foydalanmaslikka harakat qilishi, mavzu matnining stilistik xususiyatlarini saqlab ?olishga o`rinib, uning mantiqini yo`?otmasligi kеrak.


Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin