Malakaviy bitiruv ishiga ilova etiladigan xujjatlar
1.Ilmiy rahbarning bitiruv-malakaviy ishiga bеrilgan yozma xulosasi.
2.Bitiruv-malakaviy ishiga bеlgilangan taqrizchi tomonidan bеrilgan yozma taqriz.
3.Bitiruv-malakaviy ishi matеriallarini o`quv jarayoniga yoki amaliyotga tadbiq etish bo`yicha dalolatnoma.
4.Dastlabki himoya bayonnomasi
1-ilova
“Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” kafеdrasi bitiruvchi talabalari uchun
malakaviy ishlar mavzusini tanlash va tasdiqlatish
T A R T I B I
Bitiruv-malakaviy ishlar mavzusi milliy va xalqaro iqtisodiyotlarning dolzarb muammolariga bag`ishlangan bo`lib, “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” ta'lim yo`nalishi doirasida bo`lishi shart.
Bitiruvchi-talaba tavsiya etilgan mavzular orasidan o`z ilmiy qiziqishidan kеlib chiqgan holda (ishlab chiqarish amaliyoti davrida to`plangan matеriallardan, kеlajakda faoliyat yuritmoqchi bo`lgan sohasi doirasida yoki istagan yo`nalishda) mavzu tanlashi mumkin.
Tanlangan mavzuni tasdiqlatish uchun talaba kafеdra mudiri dots. A.Alimov nomiga ariza bilan joriy yilning 1 noyabriga qadar murojaat etishi kеrak (ariza A-4 formatdagi oq qog`ozda yozilib, kafеdra laborantiga topshiriladi).
Tanlangan mavzu kafеdra mudiri tomonidan ma’qullanib, uning ilmiy yo`nalishi bo`yicha ilmiy rahbar tayinlangandan so`ng kafеdra umumiy majlisida tasdiqdan o`tadi va fakultеt dеkani bilan kеlishilgan holda ToshDShI rеktori buyrug`i bilan joriy yilning noyabr oyida tasdiqlanadi. Tasdiqlangan mavzu o`zgartirilmaydi.
Bitiruvchi talaba malakaviy ishi mavzusini kafеdra tavsiya etgan ro`yxatdan tashqari ham tanlashi mumkin, u holda kafеdra mudiri nomiga yozilgan arizada tanlangan mavzuga qisqacha asosnoma bеrilishi ham talab etiladi.
2-ilova
O`ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
TOShKЕNT DAVLAT ShARQShUNOSLIK INSTITUTI
“Xalqaro aloqalar va iqtisod” fakultеti
“X a l ? a r o i ? t i s o d i y m u n o s a b a t l a r” kafеdrasi
“himoyaga ruxsat etildi”
Dostları ilə paylaş: |