10.Qo‘shilganqiymatsolig’ihaqidatushuncha.Soliqningiqtisodiymohiyativa uningjoriyqilinishi. Qo‘shilgan qiymat solig’i haqida tushuncha. Soliqning iqtisodiy mohiyati va uning joriy qilinishi.
Qo‘shilgan qiymat o‘zining iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra, sotilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlarning qiymati bilan ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan tovarlar, xom-ashyolar va xizmatlarning qiymati o‘rtasidagi farqdan iboratdir. Tabiiyki, ishlab-chiqarish jarayonida va keyinchalik mehnat taqsimoti natijasida ma‘lum bir tovar bozorga olib chiqilgunga qadar ishlab chiqarish va muomala jarayonidagi bir nechta bosqichlardan o‘tadi, bu bosqichlarning har birida qo‘shilgan qiymat yaratiladi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini davlat byudjetining daromad qismiga jalb qilish g‘oyasi dastlab XX asrning boshlarida yuzaga keldi. Bu taklifni birinchi marta Germaniya byudjet amaliyotida joriy etishni 1919 yilda Vilgelm fon Simens ilgari surdi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini amaliyotga joriy etish va undirish mexanizmi birinchi marta fransuz moliyachisi Morris Lore tomonidan ishlab chiqildi. Ammo qo‘shilgan qiymat solig‘i M.Lorening taklifidan so‘ng o‘tgan 10 yildan ortiq vaqt mobaynida tajriba uchun taklif etilgan shaklda qo‘llanildi. Fransiyada qo‘shilgan qiymat solig‘i 1968 yildan boshlab joriy etildi.
XX asrning 70-yillarida qo‘shilgan qiymat solig‘i G‘arbiy Yevropaning qator mamlakatlarining soliq amaliyotida joriy qilindi. Buning asosiy sababi va huquqiy asosi bo‘lib, Yevropa iqtisodiy hamjamiyati tomonidan hamjamiyatga a‘zo mamlakatlarda qo‘shilgan qiymat solig‘ini undirishni tartibga solishning huquqiy me’yorlarini umumlashtirish to‘g‘risidagi maxsus Direktivaning qabul qilinishi hisoblanadi. Mazkur Direktiva 1977 yilda qabul qilindi va unda egri soliqlarning asosiy turi sifatida qo‘shilgan qiymat solig‘i e’tirof etildi.
XX asrning 70-yillarida qo‘shilgan qiymat solig‘i G‘arbiy Yevropaning qator mamlakatlarining soliq amaliyotida joriy qilindi. Buning asosiy sababi va huquqiy asosi bo‘lib, Yevropa iqtisodiy hamjamiyati tomonidan hamjamiyatga a‘zo mamlakatlarda qo‘shilgan qiymat solig‘ini undirishni tartibga solishning huquqiy me’yorlarini umumlashtirish to‘g‘risidagi maxsus Direktivaning qabul qilinishi hisoblanadi. Mazkur Direktiva 1977 yilda qabul qilindi va unda egri soliqlarning asosiy turi sifatida qo‘shilgan qiymat solig‘i e’tirof etildi.
O‘zbekiston soliq tizimida qo‘shilgan qiymat solig‘i 1992 yildan buyon amal qilmoqda. Ushbu soliq oborotdan olinadigan soliq va sotuvdan olinadigan soliq o‘rniga aksiz solig‘i bilan birgalikda kiritilgan. Bu soliq oborot solig‘idan farqli ravishda faqat qo‘shilgan qiymatdan undiriladi. Oborot solig‘i esa bir marotaba umumiy oborotdan olinar edi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash tartiblarining o‘ziga xos xususiyatlari.
Soliq qonunchiligiga asosan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblanishi soliq to‘lovchilarning olib borayotgan xo‘jalik operatsiyalariga bog‘liq ravishda soliqqa tortiladigan bazani aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud.
Respublikamizda qo‘shilgan qiymat solig‘i joriy etilgandan buyon soliqni hisoblashning ikki turdagi usuli amal qilgan, ya’ni ishlab chiqarilgan tovarlarni jo‘natish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha hisobga olish usuli yoki hisobvaraq-faktura usuli hamda ulgurji va chakana savdo, vositachilik xizmati ko‘rsatish sohalarida hisobdan chiqarish usuli qo‘llanilgan. Bunda qo‘shilgan qiymat solig‘iga tortiladigan baza narxlar farqi sifatida, ustama va mukofot haqi summasi sifatida aniqlanib shu summadan soliq hisoblangan
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash tartiblarining o‘ziga xos xususiyatlari.
1998 yil 1 yanvardan Soliq kodeksining joriy etilishi bilan birga hisobvaraq-fakturalar kiritilgan bo‘lib, u kirimdagi soliq summasini hisobga olish uchun asosiy hujjat hisoblanadi. Ammo, amaliyotda bu tartib o‘zining vazifasini to‘laqonli bajara olmadi, chunki bu davrda byudjetga to‘lanadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi - yetkazib beriladigan mahsulotga hisoblangan soliq summasi bilan bevosita ishlab chiqarishga sarflangan material resurslarga hisoblangan soliq summasi o‘rtasidagi farqi sifatida aniqlanar edi. Bu tartibdagi hisoblash mexanizmi 1999 yilga qadar amaliyotda qo‘llanilib kelindi va uning ayrim kamchiliklari mavjud edi.
Ya’ni hisobvaraq faktura usulining ishlab ketishini ta‘minladi va bunda material resurslarining ishlab chiqarishga sarflanishidan qat’iy nazar hisobot davrida sotib olingan material resurslarga to‘langan soliq summasi hisobvaraq faktura asosida byudjet bilan hisob-kitobga olib boriladigan bo‘ldi
1999 yildan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblashning yangi tartibini joriy etilishi uni hisoblashning soddalashtirilgan mexanizmini qo‘llanilishiga olib keldi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash tartiblarining o‘ziga xos xususiyatlari.
Soliq bazasini aniqlashda soliq summasi soliq bazasining soliq stavkasiga muvofiq bo’lgan foizli ulushi sifatida hisoblab chiqariladi. Soliq summasi tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishga doir operatsiyalarning soliq bazasidan, tegishli soliq davriga taalluqli bo’lgan aylanmalarni amalga oshirish sanasidan kelib chiqqan holda, tegishli soliq davrida soliq bazasini ko’paytiradigan yoki kamaytiradigan barcha o’zgartishlar hisobga olingan holda har bir soliq davrining yakunlariga ko’ra hisoblab chiqariladi.