Talabni qondirishni tadqiq etish va prognoz qilish


Bozor kon’yunkturasi holati va kelgusida rivojlanish ko’rsatkichlari hamda baholash uslublari



Yüklə 106,5 Kb.
səhifə2/4
tarix29.11.2022
ölçüsü106,5 Kb.
#120110
1   2   3   4
TALABNI QONDIRISHNI TADQIQ ETISH VA PROGNOZ QILISH

8.2. Bozor kon’yunkturasi holati va kelgusida rivojlanish ko’rsatkichlari hamda baholash uslublari

Kon’yunktura tahlili o’z ichiga ishlab chiqarish va iste’molning xajmi, tarkibi, bir tovarning boshqasining urnini egalay olish imkoniyati, tovar zaxiralari, narxning o’zgarishi, reklama xizmati, bozor ishtirokchilarining o’rganishni oladi. Bozor konyu’nkturasini muntazam ravishda o’rganib borish savdo faoliyatini muvaffakiyatli yakuniga imkon beradi. Har davrda bozor kon’yunkturasi kaysi tovar chiqarishni ko’paytirish, kaysi tovarga talabning kamayishi haqida aniq ma’lumotlar beradi. Bu ma’lumotlar ishlab chiqarish uchun ham savdo firmasi uchun ham zarurdir. Bozor kon’yunkturasi bozorda muvozanatni mavjudligi yoki bo’zilganligi bilan harakterlanadi. Shunga ko’ra bozor kon’yunkturasi ijobiy va salbiy, kulay va nokulay bo’lishi mumkin.


Bozor kon’yunkturasi ayrim tovar ishlab chiqaruvchilar mikyosiga va sotib oluvchilarning harid qobiliyatiga bog’liqdir, narx- navoga, modaning o’zgarishiga qarab har xil bo’ladi. Bozorning kelajakdagi holatini ishlab chiqarishning texnikaviy ahvoli, unga sarflangan kushimcha resurslar, ularning qaytarib berish muddatlari, tovar zaxiralari dinamikasi, eksport va import, shuningdek narx - navodagi o’zgarishlar yo’nalishiga qarab aniqlash mumkin. Bu bilan tovar taklifi o’rganiladi.
Investisiya summasi va tuzilishiga, mexnat predmetiga bo’lgan talab va korxona, tashkilotlar pul sarfining yo’nalishiga qarab, shuningdek aholi harid qobiliyatining, uning tovarlar bilan ta’minlanishini darajasini hisobga olib talab o’rganiladi.
Uzoq muddatli o`sish imkoniyalarini aniqlash va kon’yunktura tahlili bir -biri bilan bog’liq va u bir-birini tuldira boradi.
Sifatli tahlil qilish uchun tuplangan ma’lumotlarni 3 ta guruxga bo’linadi:
-utgan davr kon’yunktura ma’lumotlari;
-tadqiq qilinayotgan davr kon’yunktura ma’lumotlari;
-kelgusidagi kon’yunkturaga ta’sir etuvchi ma’lumotlar.
Kon’yunkturani tahlil qilish shakli bo’lib, kon’yunktura sharxi bo’lib hisoblanadi.
Kon’yunkturani tahlil qilish savollariga utishdan avval kon’yunkturani ko’rsatkichlar tizimini ko’rib chiqish darkor.
Ko’rsatkichlar shartli ravishda makro va mikro ko’rsatkichlarga bo’linadi. Makroko’rsatkichlarga - umumxo’jalik kon’yunkturasini tavsiflovchi ko’rsatkichlar: yalpi milliy mahsulot, yalpi milliy daromad, ishlab chiqarish ko’rsatkichlari, tovar oborot ko’rsatkichlari, pul muomalasi ko’rsatkichlari, iste’mol ko’rsatkichlar kiradi. Mikroko’rsatkichlarga esa aloxida tovarlar bozorini tavsiflovchi ko’rsatkichlar kiradi: ishlab chiqarish ko’rsatkichlari, mahsulot sotilishi va iste’moli, narx dinamikasi va x.k.
Umumxo’jalik kon’yunkturaning tahlilini izlanishni maqsadiga ko’ra ikkita yo’l olib borish mumkin:

  1. Agar ma’lum bir vaqtning ichida kon’yunkturaning rivojlanish tendensiyalari va sur’atlarini bilib olish masalasi qo’yilgan bo’lsa, u holda kon’yunktura tahlili shu vaqtning ichida uning dinamikasini o’rganish yo’li bilan olib boriladi,

  2. Agar eng oxirgi sanaga kon’yunktura holatini aniqlash masalasi qo’yilgan bo’lsa, u holda iqtisodiy siklning fazasini va faza ichidagi misol tarikasidagi joyini aniqlash yo’li bilan olib boriladi. Shuni e’tiborga olish kerakki, kon’yunktura tahlili va uzoq tendensiyalarning rivojlanishini aniqlash o’zora bog’liq va bir - birini tuldiradi.

Kon’yunktura tahlili jamiyatning xo’jalik xyotining kiyinligini hisobga olmagan holda u yeki bu karashlarni tasdiklaydigan o’zboshimchalik bilan tanlangan omillar va statistiktik ma’lumotlarga yendoshib emas,balki bir-biriga karama-karshi xodisalarning yigindisiga yendashish kerak.Kon’yunktura tahlilining shakli bu kon’yunktura sharxi va ma’lumotnomasidir.
Mahsulotni ishlab chiqarishni belgilanganligiga qarab,mahsulotni absolyut birligi ulchovlarida ishlab chiqarib, ishlab chiqarish davrini davomiyligi,iste’molchilar doirasi tezrok yeki sekinrok kon’yunkturani o’zgarishini aks ettiradi.
Ba’zi tarmoqlar,masalan kora metallurgiya,xavo va suv transporti,ko’rilish belgilangan iste’molchilar uchun oldindan buyurtma qilish tizimi bo’yicha ishlaydilar.Boshqalar esa, ya’ni avtomobil , radioelektron va shu kabilar qisqa muddat ichida ishlab chiqariladi va bozorda noma’lum iste’molchilarga sotiladi. Uzoq muddatli tovarlarni ishlab chiqarishni qisqarishi yoki o’z ishi natijasida ishlab chiqarish konyunkturasini yaxshilash yoki yomonlash aniq ko’rsatkichi bo’lib hisoblanmaydi. Chunki katta buyurtma portfelining kattaligi yoki shunday tarmoqlarda uning yo’kligi mahsulot ishlab chiqarish dinamikasining iqtisodiy siklning dinamikasidan rad etadi.

Yüklə 106,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin