Taʼlim menejmentini o‘qitish shakllarining umumiy tavsifi Tayanch so‘z va iboralar



Yüklə 450,59 Kb.
səhifə10/14
tarix13.12.2023
ölçüsü450,59 Kb.
#139676
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14

4.7. Ta`lim metodlarining tavsifi.

Ta`lim metodi deganda ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilarning birgalikdagi faoliyat yo’llari tushuniladi. Bularning yordamida ta’lim oluvchilar bilim, ko’nikma, malaka, kasbiy mahoratlarni egallashga erishadilar, aqliy va jismoniy kuch va ijodiy qobiliyat rivojlanadi.


Pedagogikada ta`lim metodlarini tasniflanishiga va belgilashga bir xil yondashuv mavjud emas. “Ta`lim metodi” tushunchasining mazmunini ochish to’g’risida munozaralar hozirgi vaqtda ham davom etib kelmoqda. Ba`zi olimlar metodni belgilashda bilish manbalarining xususiyatlarini asosiy deb hisoblaydilar, boshqalari ta’lim oluvchilarning tafakkuridagi ijodiy faollik va mustaqillik, ba’zi olimlar esa ta’lim oluvchilar faoliyatida ta`limning turli bosqichlaridagi tavsifini muhim deb hisoblaydilar.
Ta’lim berishda uning ikki tomoni: o’qitish va o’qish tomonlari hamma vaqt aniq ajralib turadi.
O’qitish – ta’lim beruvchining ta’lim oluvchilarga bilim, ko’nikma va malakalar tizimi berish, ularning bilish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish borasidagi faoliyati.
O’qish – ta’lim oluvchilarning o’quv fani materialini o’zlashtirish borasida qiladigan tizimli va ongli mehnatidir.
O’qitish jarayoni murakkab va ko’p qirrali bo’lib, nihoyatda xilma-xil va turli xarakterdagi omillarga bog’liq. O’qituvchi o’qitish metodlarining bitmas- tuganmas xazinasiga ega. O’qitish metodlarini quyidagicha tasniflanadi (5.1-rasm).
Ta’lim metodlari o’quv jarayonining amalga oshirish, ya’ni o’qitish va o’qish metodlari bo’lganligidan, har bir metodga o’qituvchi faoliyati va talabalar faoliyati nuqtai nazaridan qarash lozim. Shuning uchun ham, ta’lim metodlarini o’quv materiallarini uzatish va idrok etish manbalari bo’yicha quyidagicha guruhlash mumkin (4.2-jadval).

4.6-rasm. Ta’lim metodlarining tasniflanishi


1. Og’zaki metodlar.

Agar talabalar asosiy o’quv axborotini o’qituvchining o’quv mulohazalari va isbotlari jarayonida yoki darslik mavzulari asosida olsalar, bunday metodlar og’zaki metodlar jumlasiga kiradi (tushuntirish, hikoya, suhbat va h.k.). Og’zaki metodlarga o’quv materialining o’qituvchi tomonidan og’zaki bayon qilinishiga, hikoya, tushuntirish, suhbat ta’lim oluvchilarning texnik adabiyoti bilan mustaqil ishlashi yozma instruktsiya berish, ovoz yozuvchi televidenie kabilar kiradi.


4.2-jadval

Yüklə 450,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin