Darsning rivojlantirish maqsadlari — dars jarayonida talabalarning psixologik sifatlarini diqqat, xotira, texnik taffakkur va bilish qobiliyatlarini shakllantirishdir.
Psixologik adabiyotlarni tahlil qilish talabalarda tafakkurni, politexnik, mehnat, bilish (anglash) va aqliy ko’nikmalarni, iroda va mustaqillikni rivojlantirish, ularni kelgusi darslarga tayyorlash zarurligini ko’rsatadi.
Agar bilimlarni shakllantirish va maqsadli tarbiyalash talabalarning bilish qobiliyatini takomillashtirsa, buni rivojlantiruvchi ta’lim deb tan olinadi.
Didaktik maqsadlar bo’yicha darsning quyidagi turlari mavjud: