Taʼlim menejmentini o‘qitish shakllarining umumiy tavsifi Tayanch so‘z va iboralar


Yangi materialni bayon etish darsi



Yüklə 450,59 Kb.
səhifə4/14
tarix13.12.2023
ölçüsü450,59 Kb.
#139676
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Yangi materialni bayon etish darsi. Yangi materialni bayon etish darslari suhbat o‘tkazish, hikoya qilish, tushuntirish, turli ko‘rgazmali vositalardan foydalangan holda muammoli vaziyatlar yuzaga keltirish usullari bilan o‘tkaziladi. Bunday darsning asosiy maqsadi dastur materialini tushunarli ravishda bayon qilishdir. O‘qituvchi darsning ayrim mavzularini tushuntirish jarayonida ta’lim oluvchilar yangi materialni qanday qabul qilayotganini tekshirib (ta’lim oluvchilarga birma-bir qisqa savol berish yo‘li bilan), ta’lim oluvchilarni darsda faol ishtirok etishga jalb qiladi. Bu darslar, odatda, mavzuni bayon etish va darsdan ko‘zlangan maqsadni ochib berishni, yangi materialni navbati bilan bayon etish yoki ta’lim oluvchilarning o‘quv adabiyoti, texnika adabiyoti (jurnallar, byulletenlar, albomlar, chizmalar, sxemalar, texnologik jarayon kartalari va shu kabilar) yoki ma’lumotnoma adabiyot bilan mustaqil ishlashini tashkil etishni, ta’lim oluvchilarning savollariga javob qaytarishni, ta’lim oluvchilarning yangi materialni o‘zlashtirish sifatini tekshirishni, qo‘shimcha tushuntirishlarni, uyga vazifalar berishni o‘z ichiga oladi. Bunday darslar, odatda, o‘rganiladigan material tavsifiy xarakterda va o‘zlashtirish uchun engil bo‘lgan hollarda o‘tkaziladi.
Bilimlarni mustahkamlash darsi. Bunday darslarda oldin o‘rganilgan materiallar yuzasidan ta’lim oluvchilar bilan suhbatlar, tajriba-amaliy ishlar o‘tkaziladi, har xil masalalar echiladi, texnologik jarayonlar ishlab chiqish mashqlari, yozma grafik ishlar, ilgari o‘rganilgan materialni mustahkamlash va tizimga solish yuzasidan turli mustaqil ishlar (sxemalar tuzish va ularni o‘qish, jadvallar tuzish, texnikaviy hujjatlarni tahlil qilish va shu kabilar) o‘tkaziladi, kinofilmlar ko‘riladi, ta’lim oluvchilar ma’ruza va referatlar bilan chiqadilar. Bu ish davomida bilimlar esga solinadi, etarli dalillar, tushunchalar, qonuniyatlar ta’lim oluvchilar ongi va xotirasida mustahkamlanadi. Buning natijasida bilimlar ancha puxta bo‘ladi.

Yüklə 450,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin