IV.To`garaklar faoliyatini moliyalashtirish 22.To`garakni tashkil qilish va uni yuritish bilan bog`liq bo`lgan xarajatlar o`rnatilgan tartibda ta`lim muasasi tomonidan amalga oshiriladi.
23.Korxonalar va tashkilotlar, yuridik yoki jismoniy shaxslarning to`garak tashkil qilish va uni moliyalashtirish to`g`risidagi takliflari amaldagi qonunchilik asosida xal qilinadi.
To`garak mashg`ulotini rejalashtirish hujjatlari namunalari
“Kompyuter saboqlari” to`garagining maqsad va vazifalari
Dunyoda axborot-kommunikatsion texnologiyalarning jadal rivojlanishi va hukumatimimizning axborot-kommunikatsion texnologiyalari sohasida olib borayotgan izchil siyosati maktablarda informatika fani mazmunini muttasil yangilab borishni taqozo etadi. Shu o`rinda o`quvchi egallashi lozim bo`lgan bilim va ko`nikmalarni belgilab beruvchi Davlat ta`lim standartlari, o`quv dastur va rejalarining mukammal bo`lishi katta ahamiyatga ega. To`garagimizning maqsadi o`quv jarayonida olingan bilim va ko`nikmalarni mustaxkamlash, hozirgi kunda dolzarb bo`lgan mavzularni o`quvchilarga etkazish. To`garakning asosiy vazifalari o`quvchilarga zamonaviy kompyuter texnikasining tuzilishi, tarkibi, ishlash mexanizmi va imkoniyatlari, yangi axborot texnologiyalarining jamiyati- mizning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotidagi muhim ahamiyati va inson faoliyatining turli jabhalariga ijobiy ta`siri haqida tasavvur hosil qilish. To`garak ishining mazmuni axborot texnologiyalari, kompyuterda masalalar yechish texnologiyalari, axborot texnologiyalarining istiqbollari haqida ma`lumot berishdan iborat.