Ta’lim sohasining dolzarb masalalariga bag‘ishlangan ilmiy maqola ustida ishlash. Maqoladagi sohaga oid atamalar va kalit so‘zlar tahlili

Yüklə 20,35 Kb.
səhifə1/2
tarix18.11.2023
ölçüsü20,35 Kb.
#132967
  1   2
Ta’lim sohasining dolzarb masalalariga bag‘ishlangan ilmiy maqola ustida ishlash. Maqoladagi sohaga oid atamalar va kalit so‘zlar tahlili

Ta’lim sohasining dolzarb masalalariga bag‘ishlangan ilmiy maqola ustida ishlash. Maqoladagi sohaga oid atamalar va kalit so‘zlar tahlili

Fan-texnika taraqqiyoti - fan bilan texnikaning oʻzaro bogʻliq, yagona, ilgarilab boruvchi taraqqiyoti; ijtimoiy taraqqiyot asosi. Dastlab fan rivoji bilan texnika taraqqiyoti oʻrtasidagi yaqinlashuv 16—18-asrlarda manufaktura ishlab chiqarishi bilan bogʻliq holda sodir boʻldi. Bungacha moddiy ishlab chiqarish empirik tajribalar, hunarmandlik asosida shakllangan. Teologiya va sxolastika taʼsiridagi tabiat haqidagi ilmiy nazariy bilimlar ham ishlab chiqarishga xech qanday salbiy taʼsir qilmasdan sekinlik bilan rivojlangan. Ilmiy va texnikaviy taraqqiyot inson faoliyatining 2 ta nisbatan mustaqil yoʻnalishi sifatida yuksala borgan.
16-asrda savdo-sotiq va yirik manufakturadagi tub oʻzgarishlar bir qancha aniq vazifalarni nazariy va eksperimental hal qilishni talab qildi. Bu davrda fan Uygʻonish davri gʻoyalari taʼsirida sxolastika anʼanalarini parchalab, amaliyotga murojaat qildi. Kompas, porox va kitob nashr qilish ilmiytexnikaviy faoliyatga asos solgan 3 ta yirik kashfiyot boʻldi. Suv tegirmonlarining rivojlanayotgan manufaktura ishlab chiqarishida qoʻllanilishi baʼzi mexanik jarayonlarni nazariy tadqiq etishni talab qildi. Natijada charxpalak gʻildiragi, charxpalak harakati nazariyasi, karshilik va ishqalanish taʼlimotlari yaratildi. Fan bilan texnika yaqinlashuvining 2bosqichi mashina ishlab chiqarishning 18-asr oxiridan boshlab taraqqiy etishi bilan bogʻliq boʻlib, bunda fan bilan texnika bir-birining jadal rivojlanishiga taʼsir koʻrsatdi. Bu davrda i.t. faoliyatida nazariy masalalarni hayotga tatbiq qilishga daʼvat etuvchi fanning maxsus boʻgʻinlari paydo boʻldi:

amaliy tadqiqotlar, ishlab chiqarish tadqiqotlari, amaliy konstruktiv ishlanmalar va h.k. Fan-texnika taraqqiyotit. ning 3bosqichi fantexnika inqilobi bilan bogʻliq. Uning taʼsirida texnika taraqqiyotiga qaratilgan ilmiy sohalar kengayadi. Texnik masalalarni hal qilishda biologlar, fiziologlar, psixologlar, mantiqshunoslar ishtirok etadi. Fan-texnika taraqqiyotit., shuningdek, ijtimoiy fanlar yoʻnalishlari, iqtisod va ishlab chiqarishni tashkil qilish, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni ilmiy boshqarish, aniq ijtimoiy tadqiqotlar kabilarga bilvosita taʼsir qiladi.
Fanning texnikaga nisbatan yetakchilik mavqei yanada yorqin namoyon boʻladi, fan texnikani uzluksiz inqiloblashtiruvchi kuchga aylanadi. Oʻz navbatida, texnika ham fan taraqqiyotiga ijobiy taʼsir koʻrsatib, uning oldiga yangi talab va vazifalar qoʻyadi. Hozirgi zamon fantexnika inqilobining xarakterli xususiyati uning sanoat bilan birga ijtimoiy hayotning turli sohalari: qishloq xoʻjaligi, transport, aloqa, tibbiyot, taʼlim, maishiy xizmat kabilarni qamrab olganligidadir.
Ilmiy adabiyotlarda ta’kidlanishicha, ma’lum fan, ishlab chiqarish sohasidagina qo‘llaniladigan va asosan o‘sha soha kishilari tushunadigan maxsus so‘zlar terminlar – atamalar sifatida qaraladi.
«O‘zbek tili leksikologiyasi» asarining mualliflari. – Ba’zi tilshunoslar terminga ilm va texnikaga oid so‘z va iboralarnigina emas, barcha uy-ro‘zg‘or asboblari nomlarini, ishlab chiqarishning hozirgi darajasidagi qurollarinigina emas, balki o‘tmishdagi ibtidoiy qurollarning barcha nomlarini, shuningdek, kustarchilik kasb-hunarga oid so‘zlarni ham kiritadilar.
Agar masala shu taxlitda qo‘yiladigan bo‘lsa, har bir konkret predmet nomini termin deb atash lozim bo‘lar edi. Gap terminning aniq bir ma’noni ifodalashida emas, bu jihatdan qaraladigan bo‘lsa, kasb-hunar leksikasining ilmiy-texnikaviy terminlardan deyarli farqi yo‘q, termin har qanday tushunchaning aniq atamasi sifatidagina emas, balki ilmiy tushunchani ifodalovchi vosita sifatida asosan yozma shaklda maydonga keladi».
Shu ma’noda kasb-hunarga oid so‘zlar atamalardan farqlanadi. Bu haqda quyiroqda to‘xtalamiz.
O‘zbek tilshunosligida atamalarni o‘rganishga doir ko‘pgina ishlar amalga oshirilgan. Ko‘plab ilmiy kitoblar, risolalar, lug‘atlar, ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar yozilgan, dissertatsiyalar himoya qilingan. Bu borada 200 dan ortiq lug‘atlarning nashr etilishi fanimizning katta yutug‘i hisoblanadi. O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi, «Lotin yozuvi asosidagi o‘zbek alifbosiga o‘tish to‘g‘risida»gi Qonunning qabul qilinishi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar qo‘mitasi olib borayotgan yirik hajmidagi ishlar atamashunoslik sohasining yanada yuqori bosqichga ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi.
Atamalarning shakllanishi ham xalqning tarixi qadar qadimiydir. To‘nyuquq, Kultegin, Bilga hoqon singari bitiktoshlarda xalqimiz mashg‘ul bo‘lgan hunarlarga oid atamalarni uchratamiz. Ular xalq tomonidan yaratilgan afsonalarda, qahramonlik qo‘shiqlarida ham mavjud bo‘lgan. Ularni mujassam qilgan Mahmud Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘otit-turk» asari ularning bizgacha yetib kelishida katta tarixiy vazifani bajargan. Masalan, asardan ovchilik mavzusidagi parchalarni olib ko‘raylik:
Shunday qilib, mana shu kabi tarixiy-ilmiy-badiiy manbalar orqali birgina jismoniy tarbiya va sportga oid kurash, chopish, sakrash, chavandozlik, yoy, kamon, o‘q otish, mergan, merganlik, eshkak, kema, suzish, o‘zish, o‘yin, tepish, tepki, to‘p), to‘r, chavgon, qanot, qilich, kema yoki shaxmatga oid shatranj, shohmot/shaxmat, shoh/shax, farzin, rux, fil, ot/asp, piyoda/sipoh, mot, pot/pat, dona, oq, qora, katak, qanot, yurish, kishi, hujum singari ko‘plab atamalar bizgacha yetib kelgan. Bu hol ijtimoiy hayotning barcha sohalariga tegishli.
Mana shu davr ichida jahonda yuz bergan o‘zgarishlar O‘rta Osiyo, jumladan O‘zbekistonda ham sanoatning o‘sishiga, dunyoviy fanlarning qaytadan rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Falsafa, huquq, tarix, filologiya, sotsiologiya, kimyo, fizika, matematika, biologiya, geografiya, sanoat, qishloq xo‘jaligi, tibbiyotga oid maxsus atamalar shakllandi va ular tilimizga kirib keldi. Bunda rus tilining ta’siri katta bo‘lganligidan ko‘z yumib bo‘lmaydi.
Atamalarning o‘zbek tilida son jihatdan ko‘pchilikni tashkil etishi ularni mavzuviy guruhlarga bo‘lib o‘rganishni taqozo qiladi. Chunki o‘zbek atamashunoslari S. Ibrohimov, S. Akobirov, Olim Usmon, R. Doniyorov, H. Shamsiddinov, A. Madvaliyev va boshqalar ta’kidlaganlaridek, bunday tahlil atamalarning umumiy boyligini ko‘rsatishga, ularni ma’lum bir tartibga keltirishga ko‘maklashadi, sohalarga bo‘lib o‘rganishni osonlashtiradi.

Yüklə 20,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə

yükləyin