Ta’lim tarbiya va shaxsning rivojlanishi


Ta’lim qonuniyatlari va tamoyillari



Yüklə 87,5 Kb.
səhifə9/10
tarix02.12.2022
ölçüsü87,5 Kb.
#120334
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
7 Ta\'lim sohasining nazariy asoslari va uni rivojlanishi

Ta’lim qonuniyatlari va tamoyillari. O‘quv jarayonida amal qiluvchi barcha qonuniyatlar umumiy va xususiv tarziga ikki guruhga ajratiladi. Amal qilinishiga ko‘ra yaxlit didaktik tizim ni qamrab oladigan qonuniyatlar umumiy. amal qilinishiga ko‘ra faqat alohida tarkibiy qismlariga taalluqli bo‘lgan qonuniyatlar esa xususiv (aniq) deb ataladi.
I.P.Podlasiy ta’lim jarayonining quvidaai umumiy qonunivatlarini ajratib ko‘rsatadi:
1. Ta’lim maqsadi quyidagilarga bog‘liq: jamiyatning rivojlanish sur’ati va darajasi, jamiyatning talablari va imkoniyatlari hamda pedagogika fani va amaliyotining rivojlanganligi va imkoniyatlari darajasi.
2. Ta’lim mazmuni quyidagilarga bog‘liq: ta’limning ijtimoiy ehtiyojlari va maqsadlari, ijtimoiy va ilmiy-texnik taraqqiyot sur’ati, o'quvchilarning yoshi imkoniyatlari, ta iim nazariyasi va amaliyotining rivojlanish darajasi, shuningdek, o ‘quv yurtining moddiy-texnik va iqtisodiy imkoniyatlari.
3. Ta’lim sifati (samaradorligi) quyidagilarga bog‘liq: avvalgi bosqich mahsuldorligi va mazkur bosqichda erishilgan natijalar, o‘iganilayotgan material xususiyati va hajmi, o ‘quvchilarga tashkiliy-pedagogik ta’sir ko‘rsatish hamda o'quvchilarning bilim olishga qobiliyatlari va ta’lim vaqti.
4 . Ta’lim metodlari samaradorligi quyidagilarga bog'liq: metodlarni qo'llashda bilimlari va ko'nikmalari, ta’lim maqsadi, ta’lim mazmuni, o'quvchilarning yoshi, ta’lim olish imkoniyatlari, moddiy-texnik ta’minot hamda o'quv jarayonini tashkil etish.
5. Ta’limni boshqarish mahsuldorligi quyidagilarga bog'liq: ta’lim tizim ida qayta aloqalarning intensivligi va tuzatish, ta ’sir ko‘rsatishlarning asoslanganliligi.
6. Ta’limni rag‘batlantirish samaradorligi quyidagilarga bog‘liq: ta’limning ichki rag'batlari (sabablari) hamda tashqi (ijtimoiy, iqtisodiy, pedagogik) rag‘batlari.
Zamonaviy fanga aniq qonuniyatlarning ko‘plab soni ma’lumdir. Ular qatoriga quyidagilar kiradi:
1. Didaktik qonuniyatlar.
2. Gnoseologik qonuniyatlar.
3. Psixologik qonuniyatlar.
4. Kibernetik qonuniyatlar.
5. Sotsiologik qonuniyatlar.
6. Tashkiliy qonuniyatlar.
Didaktik tamoyillar (didaktika tamoyillari) o‘quv jarayonining umumiy maqsadlari va qonuniyatlariga binoan uning mazmuni, tashkiliy shakl va metodlarini belgilovchi boshlang‘ich qoidalardir.
Tamoyil (yunoncha «principium») — biror-bir nazariyaning asosi, negizi, asosiy boshlang‘ich qoidasi; boshqaruvchi g‘oya, faoliyatning asosiy qoidasi; umumlashtirilgan talab.
O’zbekistonda didaktik ta’limning tashkil topishi va rivojlanishi Abdulla Avloniy, Hamza Xakimzoda Niyoziy, Muhammadrasul Rasuliy, Qori Niyoziy kabi pedagog va olimlarning nomlari bilan bog’liq. Shunday qilib didaktika tamoyillari asrlar osha sayqal topib bordi. Albatta didaktika tamoyillari har bir davrning o’ziga xos bo’lgan xususiyatlarini hisobga olgan holda o’zgarib boradi. Chunki ta’lim tamoyillari jamiyat va davlat oldida turgan ulkan vazifalar asosida belgilanadi. Ta’lim (o’qitish) jarayoni murakkab hamda ko’p qirralidir. Unda pedagog va talabalar faol ishtirok etadilar. Bu jarayonning muvaffaqiyatli va samarali natijasi ta’lim jarayonining qonun qoidalari ya’ni ta’limga quyilgan didaktik talablarga qay darajada amal qilishlariga bog’liq.
Ta’lim tamoyillari pedagogning faoliyatini va talabalar tomonidan ilmiy bilimlarning o’zlashtirilishi tegishli ko’nikma va malakalar xosil qilishning asosiy qonun va yo’l yo’riqlarini o’z ichiga oladi. Shu bilan bir vaqtda ta’lim tamoyillari har ikkala faoliyatning ya’ni pedagog va talaba tomonidan o’z oldiga qo’yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish imkoniyatini beradigan bir qancha talablarni ham umumlashtirib beradi. Shunga ko’ra ta’lim qoidalari o’qitishning eng muhim masalalarini nazariy va amaliy jihatdan to’g’ri hal qilishning asosiy negizi hisoblanadi.


Yüklə 87,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin