PASTKI JAG‘ TISHLARI Markaziy kurak tish Tishning toj qismi yuqoridagilarga nisbatan ensiz, uzun.
Tishning uzunligi 18—20 mm, toj qismi uzunligi 7,5—10 mm, toj qismi eni 4—6,6 mm ni tashkil etadi. Vestibulyar yuzasi
biroz qavariq b o ‘lib, uzunroq to ‘rtburchak shakliga ega,
burchaklar belgisi rivojlanmagan, oral yuzasi botiq. Ildizi va
ildiz kanali bitta. Ildizi yon kurak tishnikiga nisbatan ensizroq.
Ildiz kanali ham ensiz.
Yon kurak tish Markaziy kurak tishga o ‘xshash b o ‘lib, unga nisbatan
kattaroq. Burchaklar belgisi rivojlangan, distal burchakka
nisbatan medial burchak o ‘tkir. Ildizi va ildiz kanali bitta.
Tishning uzunligi 17,5—27,5 mm, toj qismi uzunligi 8—11,8 mm, tishning keng qismi 5—8 mm ga teng.
Qoziq tish Yuqori qoziq tishga juda o ‘xshash bo‘lib, nisbatan ensizligi,
yon yuzalarining parallelligi bilan farq qiladi. Ildizi va ildiz
kanali bitta.Tishning uzunligi 20—34 mm, tishning eni 6—7 mm, ildiz uzunligi 11—20 mm. Birinchi premolyar Y uqori prem olyarlarga n isbatan pastki prem olyarlar
kichikroq, yumaloqroq. Chaynov yuzasida ikkita do‘mboqlik
bor: oral va vestibulyar. Vestibulyar do‘mboq kattaroq. Ildizi
yumaloqroq, ildiz kanali bitta. Tishning uzunligi 18,5—27 mm, toj qismi uzunligi 7,5—11 mm, ildiz uzunligi 11—16 mm. Ikkinchi premolyar Ikkinchi premolyar birinchisiga nisbatan kattaroq. Chaynov
yuzasi kvadrat shaklida va ikkita yaxshi rivojlangan, balandligi
bir xil b o ‘lgan d o ‘mboqligi bor. Ildizi konussimon shaklda
18
bo‘lib, ildiz kanali ham bitta. Tish uzunligi 17,8—28 mm, toj
qismi uzunligi 6,9—10 mm, ildiz uzunligi 10,9—18 mm.