Ta’lim vazirligi 0 ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi nigora Toshpoiatova, Sayyora Suyunova



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/70
tarix08.06.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#116759
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   70
Kasalliklari

Zondlash
Zond yordamida amalga oshiriladi. Zondlash yordamida kariyes 
kovagining b o r-y o ‘qligi, kariyes kovagining chuqurligi
yumshagan dentin borligi, ildiz kanalining boshlanish joyi, 
og‘riqli nuqtalar borligi aniqlanadi. Maxsus belgili parodontologik 
zond yordamida milk cho‘ntagining chuqurligi o ‘lchanadi.
27


Perkussiya
Perkussiya (tukillatib ko‘rish) tekshiruv usuli periodont 
t o ‘qim asining h o la tin i aniqlashga yo rdam b erad i va u 
stomatologik oyna dastasi yordamida amalga oshiriladi. Perkussiya 
ikki xil bo‘ladi: gorizontal va vertikal. Gorizontal perkussiya 
yordamida marginal periodont to ‘qimasi holati aniqlansa
vertikal perkussiyada ildiz uchi periodont holati aniqlanadi. 
Perkussiyani yengil, bir tekisda, awal sog‘lom tishdan boshlash 
lozim.
V ertikal perkussiyada tishlam ing kesuv yoki chaynov 
yuzalarida tukillatiladi. Gorizontal perkussiyada tishning yon 
yuzasidan tukillatiladi. Perkussiyani doimo solishtirma tartibda 
o ‘tkazish zarur. Buning uchun tekshirilayotgan tish yonidagi 
va boshqa kvadratda joylashgan tish guruhi perkussiya qilinadi. 
Normada perkussiya og‘riqsiz.
Palpatsiya
Palpatsiya (paypaslab ko‘rish) tekshiruv usuli yordamida 
infiltrat, o ‘sm alar, tish lam in g qim irlash darajasi, lim fa 
tugunlarining holatlari aniqlanadi. Palpatsiya yuza yoki chuqur 
bo‘lishi hamda tashqi va og‘iz bo‘shlig‘ida o ‘tkazilishi mum kin. 
Palpatsiyani mayinlik bilan, og‘riq reaksiyasini hosil qilmasdan 
olib borish kerak. Palpatsiyani aw al yuza, so ‘ng chuqur 
amalga oshiriladi. Palpatsiya barmoqlar yordamida bajariladi.
YORDAMCHI TEKSHIRUV USULLARI
Y ordam chi tekshiruv usullari o ‘z ichiga rentgenologik 
tekshiruv usulini, elektroodontometriya usulini, termodiag- 
nostika usulini, anesteziya bilan testni, lyuminitsent tekshiruvni, 
transillyuminatsiyani o ‘z ichiga oladi.

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin