Ta’lim vazirligi 0 ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi nigora Toshpoiatova, Sayyora Suyunova



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/70
tarix08.06.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#116759
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   70
Kasalliklari

Rentgenologik usul
Stomatologiyada ushbu usul keng qo‘llaniladi. Tashqi, og‘iz 
ichi, panoram rentgenografiya usullari o ‘tkaziladi. Rentgeno­
logik usul yordamida yashirin kariyes b o ‘shliqlari (qoplama 
ostidagi, aproksimal yuzalardagi), ildizlar holati (ildiz uchi-
28


ning so‘rilishi, shakllanishi), ildiz kanallarining holati (o‘tuv- 
chanligi, plombalanish darajasi), ildiz uchi to‘qimalarining holati 
(alveola o ‘siq distruksiyasi), yumshoq to ‘qimalardagi yot jinslar, 
o‘sma kasalliklari, tish-jag‘ sohasi jarohatlari aniqlanadi.
Elektroodontometriya
E lektroodontom etriya usuli tish pulpasi va parod o n t 
to‘qimasining elektr tokiga qilgan javob reaksiyasiga asoslangan. 
Bu tekshiruv usuli maxsus apparatlar (EOM-REOM-3, UVN- 
1) yordamida amalga oshiriladi. Turli kasalliklarda pulpaning 
sezuvchanligi turlicha bo‘ladi. Masalan, sog‘lom tishda 2—6 mkA, 
chuqur kariyesda 20—40 mkA, faqat toj qismidagi pulpaning 
yallig‘lanishi bilan kechayotgan pulpitda 60 mkA. Agar pulpaning 
sezuvchanligi 100 mkA ortsa toj hamda ildiz qismidagi pulpaning 
nobud bo‘lganligini bildiradi. Elektroodontometriya solishtirma 
tashxis o ‘tkazish uchun tavsiya etiladi.
T ermodiagnostika
Tishning termik ta ’sirlardan ta ’sirlanishi. Ta’sirlovchi sifatida 
issiq yoki sovuq suvdan foydalaniladi. Tekshiruvni o ‘tkazishdan 
aw al tishni izolyatsiya qilinadi, quritiladi va shprits yordamida 
kariyes bo‘shlig‘iga issiq yoki sovuq suv yuboriladi.
LABORATORIYA TEKSHIRUV USULLARI
Bemorlarga aniq tashxis o ‘matishda laboratoriya tekshiruv- 
larini o ‘tkazish kerak b o ‘lib qoladi. Laboratoriya tekshiruv 
usullariga sitologiya usuli, bakteriologik tekshiruv usuli, biopsiya 
usuli, immunobiologik tekshiruv usuli, bioximik usul, qonning 
klinik analizlari va boshqalar kiradi.
Sitologiya usuli hujayra elementlarini o ‘rganishga asoslangan. 
Stom atologiyada sitologik tekshiruv usuli uch u n qirindi, 
punksiya mahsulotlaridan foydalaniladi. Sitologiya usuli o ‘sma 
kasalliklari, sil yazvalari, og‘iz b o ‘shlig‘i shilliq pardasi 
kasalliklarini aniqlashda muhim o ‘rin tutadi.
Biopsiya — patologik o ‘zgargan to ‘qim alarni sitologik 
tekshiruvdan o ‘tkazish. Skalpel va maxsus asboblar yordamida 
patologik o ‘zgargan qismdan 5—6 mm to ‘qima kesib olinadi va 
gistologik tuzilishini mikroskop ostida tekshiriladi.
29



Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin