Ta’lim vazirligi 0 ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi nigora Toshpoiatova, Sayyora Suyunova



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/70
tarix08.06.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#116759
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   70
Kasalliklari

Birinchi bosqich: pulpitni o ‘z vaqtida davolanmaganligi 
yoki xato davolash oqibatida kelib chiqadi. Bu bosqich uchun 
davomli, simillovchi og‘riqlar xarakterli. Ayrim hollarda 
sababchi tishni tishlab bosilganda ham og‘riqlar paydo bo‘ladi. 
Sababchi tish atrofidagi milkning holati o ‘zgarmagan. Vertikal 
perkussiyada periodontning sezuvchanligi aniqlanadi.
Ikkinсh i bosqichda eksudatlanish jarayoni ortadi. Og‘riqlar 
doimiy b o ‘lib, sekin-asta kuchayib boradi. Sababchi tishga 
tishlanganda og‘riq zo‘rayadi, hatto tilning tegib ketishi ham 
og‘riqni kuchaytiradi. Perkussiya keskin og‘riqli. Tish xuddi 
o ‘sib qolganga o ‘xshaydi, qimirlab qoladi. Tish atrofidagi milk 
qizargan, shishgan, palpatsiyada tishning ildiz uchi sohasi 
o g ‘riqli. P ulpa nekrozga u ch rag a n i u c h u n tish term ik
ta ’sirlardan, elektr ta ’sirlardan ta ’sirlanmaydi.
Ayrim hollarda jag‘ atrofi to ‘qimalarida shish kuzatiladi. 
Infiltrat yoki yiringlash hisobiga o ‘tuv burma silliqlashgan. Bu 
holda perkussiya kuchsiz og‘riqli b o ‘lib, palpatsiya keskin 
og‘riqli bo‘ladi. Palpatsiyada flyuktuatsiya aniqlanishi mumkin. 
Yiringli ekssudatning yorib chiqishi natijasida milk va yuz 
shishlari kichrayadi, og‘riqlar susayadi.
57


SURUNKALI PERIODONTITLAR
Surunkali fibroz periodontit
Surunkali fibroz periodontit klinik belgilarsiz kechadi. Bemor 
og‘riqlami sezmaydi. Faqatgina kariyes kovagi borligiga, unga 
ovqat qoldiqlari kiiib qolislii va og‘izdan noxush hid kelishiga 
shikoyat qilishi mumkin. Sumnkali fibroz periodontit aw al 
davolangan pulpit, travmatik aitikulyatsiya oqibatida kelib chiqishi 
mumkin. Tish qimirlamaydi, perkussiya, palpatsiya og‘riqsiz, tish 
atrofidagi milk o ‘zgarishsiz. Zondlanganda tish bo‘shlig‘i ochiq, 
og‘riqsiz. Sumnkali fibroz periodontitga tashxis rentgenogramma 
asosida aniqlanadi. Rentgenogrammada ildiz uchidagi periodontal 
yoriqning deformatsiyasi, kengayganligi aniqlanadi (12-rasm). Suyak 
to‘qimasining rezorbsiyasi kuzatilmaydi.

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin