Ta’lim vazirligi 0 ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi nigora Toshpoiatova, Sayyora Suyunova



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/70
tarix08.06.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#116759
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   70
Kasalliklari

PARODONTITLARNI DAVOLASH
Parodontitni davolash kasallikning kechishiga, klinik va 
patologik cho‘ntakning chuqurligiga bog‘liq. Parodontitning 
yengil formasini davolash uchun bemorga 3—4 marta muolaja 
o ‘tkaziladi. Bemoming birinchi marotaba kelishida tishlar tish 
karashlaridan tozalanadi va tishlarni to ‘g‘ri tozalash usullariga 
o ‘rgatiladi.
66


Bemoming keyingi kelishida og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenik holati 
tekshiriladi, antiseptik ishlov berilgandan so‘ng, tish karashlari
milk usti va milk osti toshlari tozalanadi. Muolajaning so‘ngida 
milk shilliq pardasiga dori vositalari bilan ishlov beriladi.
Bemoming uchinchi bor kelishida ham og‘iz b o ‘shlig‘i 
gigiyenik holati tekshiriladi. Shiller-Pisarev sinamasi o ‘tkaziladi. 
Og‘izga 1% И vodorod perikisi eritmasi bilan ishlov berilgandan 
so‘ng, granulyatsiyalangan to ‘qim ada qolgan tish toshlari 
tozalanadi. Antibiotiklar bilan ishlov beriladi, agar tishlar 
qimirlab qolgan bo‘lsa, tishlami taxtakachlash uchun ortoped 
stomatolog tavsiyasi olinadi va lozim bo‘lsa taxtakachlanadi.
Bemorga 4—6 oydan so‘ng stomatolog ko‘rigiga tashrif 
buyurish tavsiya etiladi.
Parodontitning og‘ir kechishida davolash rejasi tuziladi: 
jarroh stomatolog tavsiyasiga ko‘ra olinishi lozim b o ‘lgan tishlar 
olinadi, milk usti, milk osti toshlaridan, granulyatsiyalardan 
tozalanadi. Antiseptik ishlov berib, davolovchi m alham lar 
qo‘yiladi. Yallig‘lanish kamaygandan so‘ng, ortopedik davo 
q o ‘llaniladi. H ar b ir bem or og‘iz b o ‘shlig‘i gigiyenasiga 
mukammal rioya qilishi kerak.
PARODONTOZ
Parodontoz — parodont to ‘qim asining yallig‘lanishsiz 
distrofik xastaligi. Parodontozda parodontal cho‘ntaklar hosil 
bo‘lmaydi. Parodontoz sekin kechadi.
Yengil kechuvchi parodontozda bem or vaqti-vaqti bilan 
hosil bo ‘luvchi qichishish va noxush sezgilarga shikoyat qiladi. 
Shilliq parda och-pushti rangda b o ‘lib, tishning sementi 
ko‘rinib qoladi.
0 ‘rtacha og‘irlikda kechuvchi parodontozda bemor termik, 
mexanik, ximik ta ’sirlardan bir zumlik og‘riq paydo b o ‘lishiga 
shikoyat qiladi. Milkning shilliq pardasi och-pushti rangda
tishlaming bo ‘yin qismlari ochilib qolgan. Tishlaming klinik 
koronkasi uzaygan, klinik cho‘ntaklar yo‘q.
Og‘ir kechuvchi parodontozda bemor termik ta ’sirlardan 
tez o ‘tib ketuvchi og‘riqqa va ayrim hollarda giperesteziyaga 
shikoyat qiladi. Ko‘rik vaqtida tish b o ‘ynining birmuncha qismi 
ochilib qolganligi aniqlanadi. Tishlar qimirlaydi.
67


R entgenogram m ada tishlararo plastinkaning b ir tekis 
yemirilganligini ko‘rish mumkin, bu ko‘rinish parodontoz 
uchun xarakterlidir.

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin