Birinchi molyar
Vestibulyar yuzasi xuddi ikkita premolyami birlashtirilganiga
o ‘xshaydi. Chaynov yuzasida 4 ta d o ‘mboqlik bor: medial
vestibulyar, medial oral, distal vestibulyar, distal oral.
Medial
vestibulyar do‘mboq eng balandi, medial oral do‘mboq keng
do‘mbog‘i hisoblanadi. Tishning chaynov yuzasi romb shaklini
eslatadi. Oral yuza qavariq. Tishning uzunligi 17,5—29
mm, toj
qismining uzunligi 6,8—9
mm, toj qismining eni 7,8—11,2
mm ni tashkil etadi. Tishning uchta ildizi bor: ikkita lunj va
bitta tanglay ildizlar. Ildiz kanallari
ichida tanglay ildiz kanali
yaxshi o ‘tuvchi.
Ikkinchi molyar
Ikkinchi m olyarning toj qism i tu rli k o ‘rinishga ega.
Ko‘pincha 4 xil ko‘rinishdagi toj qismi uchraydi:
1. Toj qismi birinchi molyarga o ‘xshaydi, faqat qo‘shimcha
5-do‘mbog‘i bo ‘lmaydi.
2. Tishning toj qismi medial-distal yo‘nalishda uzaygan va
vestibulyar-oral yo‘nalishda qisqargan, natijada tish uzaytirilgan
prizma shakliga o ‘xshaydi.
3. Tishning toj qismi yanada uzaygan va chaynov yuzasida
3 ta do‘mboqlik bor.
4. Tishning toj qismi chaynov yuzasiga o ‘xshab uchburchak
shaklini
eslatadi, 3 ta d o ‘mboqligi b o ‘lib, ulardan 2 tasi
vestibulyar va 1 tasi oral joylashgan.
1—4 ko‘rinishdagi toj shakli ko‘p uchraydi. Tishda 3 ta
ildiz bor.
Uchinchi molyar
Molyar tishlar orasida eng kichigi b o ‘lib, uning shakli,
d o ‘mboqlar, ildizlar soni o ‘zgaruvchan. K o‘pincha chay
nov yuzasi uchburchak shaklida b o ‘lib uchta do ‘mboqligi
bor. Ildizlar soni 1 tadan 4 tagacha b o ‘lishi mum kin. Ildiz
kanallari ko‘pincha uchta, bitta tanglay va ikkita lunj.
17