Ildizning turli qismi har xil yo‘nalishga ega.
Periodontning qiyshiq tolalari tishni osib qo‘yilgandek
ushlab turadi va tishning vertikal o ‘qi bo‘yicha yoki unga burchak
shaklida yo‘nalgan chaynov bosimini qabul qiladi. Radial yoki
tangensial tolalar tish o ‘z bo‘ylama o ‘qi atrofida aylanganida
ushlab turadi.
Periodont funksiyalari quyidagilardan iborat: Periodont tishni
tish katagida ushlab turish va chaynash vaqtida bosimni tekis
tarqatish (amortizator) funksiyalarini bajaradi. Bundan tashqari,
u tish, lunj to ‘qimalarini oziqlantirish(trofika)da muhim o ‘rin
tutadi va chaynov bosimini reflektor boshqarishda ishtirok etadi.
Dostları ilə paylaş: