Perkussiya
Perkussiya (tukillatib ko‘rish)
tekshiruv usuli periodont
t o ‘qim asining h o la tin i aniqlashga yo rdam b erad i va u
stomatologik oyna dastasi yordamida amalga oshiriladi. Perkussiya
ikki xil bo‘ladi: gorizontal va vertikal. Gorizontal perkussiya
yordamida marginal periodont to ‘qimasi
holati aniqlansa,
vertikal perkussiyada ildiz uchi periodont holati aniqlanadi.
Perkussiyani yengil, bir tekisda, awal sog‘lom tishdan boshlash
lozim.
V ertikal perkussiyada tishlam ing
kesuv yoki chaynov
yuzalarida tukillatiladi. Gorizontal perkussiyada tishning yon
yuzasidan tukillatiladi. Perkussiyani doimo solishtirma tartibda
o ‘tkazish zarur. Buning uchun tekshirilayotgan tish yonidagi
va boshqa kvadratda joylashgan tish guruhi perkussiya qilinadi.
Normada perkussiya og‘riqsiz.
Palpatsiya
Palpatsiya (paypaslab ko‘rish)
tekshiruv usuli yordamida
infiltrat, o ‘sm alar, tish lam in g qim irlash darajasi, lim fa
tugunlarining holatlari aniqlanadi.
Palpatsiya yuza yoki chuqur
bo‘lishi hamda tashqi va og‘iz bo‘shlig‘ida o ‘tkazilishi mum kin.
Palpatsiyani mayinlik bilan, og‘riq reaksiyasini hosil qilmasdan
olib borish kerak. Palpatsiyani aw al yuza, so ‘ng chuqur
amalga oshiriladi. Palpatsiya barmoqlar yordamida bajariladi.
YORDAMCHI TEKSHIRUV USULLARI
Y ordam chi tekshiruv usullari o ‘z ichiga rentgenologik
tekshiruv usulini, elektroodontometriya usulini, termodiag-
nostika usulini,
anesteziya bilan testni, lyuminitsent tekshiruvni,
transillyuminatsiyani o ‘z ichiga oladi.
Dostları ilə paylaş: