Ta’lim vazirligi 0 ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi nigora Toshpoiatova, Sayyora Suyunova



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/70
tarix08.06.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#116759
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   70
Kasalliklari

Anafilaktik shok. Bu o ‘ta xavfli asorat b o ‘lib, ko‘pincha 
allergik kasalliklarga moyil bemorlarda uchraydi. Uning turli 
xillari mavjud. Anafilaktik shokning tipik, kordial, astmasimon, 
serebral, abdominal turlari farqlanadi. Kechishi bo‘yicha o ‘ta 
tez kechuvchi, og‘ir, o ‘rtacha og‘irlikdagi va yengil ko‘rinishlari 
farqlanadi. Kasallikning tipik ko‘rinishida anesteziya o ‘tka-
33


zilganda, biroz vaqt o ‘tgach, bem or bezovtalanadi. U nda 
qo‘rquv hissi, bosh, yuz va qo‘l terisida qichishish va igna 
sanchilganga o ‘xshash sezgi paydo b o ‘ladi. Bemor terlaydi, 
boshida qattiq og‘riq, qulog‘ida shang‘illash paydo b o ‘ladi. 
Yuz terisi oldin qizaradi, keyin esa oqarib ketadi. Qo‘l-oyoqlari 
tortishib qolishi va bem or hushidan ketishi mum kin. K o‘z 
qorachiqlari kengayib ketadi va yorug‘likni sezmaydi. T o‘sh 
suyagi ortida kuchli og‘riq paydo b o ‘lib, u yurakka o ‘tadi. 
Taxekardiya kuzatiladi. Q on bosimi keskin tushib ketadi. 
Bemoming ko‘ngli aynab, qusishi mum kin. Ayrim bemorlarda 
qorin shishishi, o ‘z -o ‘zidan siydik ajralishi va defekatsiya 
holatlari ro ‘y berishi mum kin. Anafilaktik shokning boshqa 
ko‘rinishlarida o ‘sha tana a ’zosining kasallanishiga xos b o ‘lgan 
belgilar bilan kechishi kuzatiladi. Kasallikning chaqmoqsimon 
va og‘ir shakllaridan sanalgan belgilar yuzaga chiqmasdanoq 
o ‘lim bilan tugashi mum kin. Birinchi yordam ko‘rsatish uchun 
yuqoridan nafas yo‘llarining yetarlicha o ‘tkazuvchanligini 
ta ’minlash lozim. Buning uchun bemoming boshi yon tomonga 
burib q o ‘yiladi, tili tortib chiqariladi, pastki jag ‘ oldinga 
siljitiladi. Og‘iz ichi qusiq massalaridan artib tozalanadi. Agar 
nafas olish to ‘xtab ulgurgan b o ‘lsa, sun’iy nafas oldirishga 
kirishiladi. Yuborilgan anestetikning qonga so‘rilishini to ‘xtatish 
maqsadida shu anestetik kiritilgan soha atrofida 5 ml fiziologik 
eritmaga aralashtirilgan 0,5 ml 0,1 % adrenalin gidroxlorid 
eritmasi yuboriladi. Agar buni qilishning iloji bo‘lmasa, 1 ml 
adrenalin eritmasi anestetik kiritilgan yo‘l bo‘ylab yuboriladi. 
Albatta antigistamin preparatlari yuboriladi (2—4 ml dimedrol 
eritmasi, 2—3 ml 2,5 % suprastin yoki pipolfen eritmalari). 
Vena yoki mushak ichiga 3—5 ml 3% prednizolon, 0,5 ml
0,1 % adrenalin gidroxlorid eritm alari yuboriladi. Agar 
bronxaspazm belgilari b o ‘lsa, 10 ml 2,4 % eufillin yoki 2 ml
0,5 % izadrin eritmalarini yuborish zarur. Yurak faoliyatini 
qo‘llab turish uchun yurak glikozidlari va diuretiklar yuboriladi.

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin