Ta’lim vazirligi 0 ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi nigora Toshpoiatova, Sayyora Suyunova


Destruksiya shaklida kechuvchi flyuoroz xastaligi



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/70
tarix08.06.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#116759
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   70
Kasalliklari

Destruksiya shaklida kechuvchi flyuoroz xastaligi
Emalning bu xil jarohatlanishi, aksariyat hollarda suv 
tarkibida ftoming m e’yordan bir necha marotaba ko‘p bo‘lishi 
natijasida paydo bo‘lib, odatda mazkur suv ichiladigan hudud 
va tumanlardagina qayd qilinadi. Bunday hollarda tishning emal 
qavatigina jarohatlanib qolmay, balki dentin to ‘qimasining 
jarohatlanishi ham kuzatiladi. Natijada tish koronkasining shakli 
o ‘zgarishi, uning kuchli yemirilish xollari namoyon bo ‘ladi. 
Tish emal qavatining tusi keskin o ‘zgaradi.
Flyuoroz xastaligida bemorlar tishlarining rangi o ‘zgari- 
shidan, ba’zan ulaming yemirilayotganidan shikoyat qilishadi.
Flyuoroz xastaligidagi emal rangining o ‘zgarishini kariyes 
va gipoplaziya natijasida sodir b o ‘ladigan aynan shu xildagi 
o ‘zgarishlardan farqlay bilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Solishtirma tashxis
Flyurozni aniqlashda kariyes kasalligi bilan solishtirma 
tashxis o ‘tkaziladi. Kariyesda nuqson bitta va bo‘yin qismida 
joylashgan, flyurozda esa bir nechta va tishning vestibulyar 
yuzasida joylashgan.
39


Davolash
Davo tadbirlari tish qattiq to ‘qimalaridagi o ‘zgarishlaming 
chuqurligiga bog‘liqdir. Jarohatlarning chuqurligi natijasida 
tishlarda yemirilishlar, toj qismi shaklining o ‘zgarishi sodir 
bo‘lgan taqdirda davo tadbirlari ortopedik usulda olib boriladi. 
Yengil klinik belgilar bilan kechuvchi flyuoroz xastaligida 
terapevtik davo chora-tadbirlari qo‘llaniladi. Tishlar sathida hosil 
bo‘lgan dog‘larga kuchsiz kislotalar eritmasi bilan ishlov berilib, 
undan keyin m inerallashtiruvchi xususiyatga ega b o ‘lgan 
eritmalar yordamida dog‘lar yo‘qotiladi. Pigmentli dog‘lami 
yo‘qotishda 10% И xlorid, fosfat kislotasini ishlatish maqsadga 
muvofiqdir. Fosfat kislotasi kompozit plomba to ‘ldirgichlar 
tarkibida alohida shisha idishda bo‘ladi. Flyuorozni davolash va 
profilaktika uchun suvdagi ftor miqdorini normaga olib kelish 
kerak. Hozirgi kunda flyuorozni fotopolimerlar bilan davolanadi.

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin