uzatiladi va natijada bemor bezovta qilayotgan tishni aniqlay
olmaydi. Termometriya iliqdan og‘riqli, sovuq ta ’sirdan og‘riq-
ning susayishi kuzatiladi. Pulpaning
elektr sezuvchanligi
tishning hamma do‘mboqlarida pasaygan. Perkussiyada ayrim
hollarda og‘riqli. Tunda og‘riq zo‘rayadi.
SURUNKALI PULPITLAR
Surunkali fibroz pulpit
Kasallik anamnezini aniqlanganda bezovta qilayotgan tish
aw al o ‘tkir pulpitga xos b o ‘lgan og‘riq bilan bezovta
qilganligi
m a’lum bo‘ladi. Surunkali fibroz pulpitda og‘riq mexanik va
termik ta’sirlarda hosil bo‘ladi.
Zondlanganda chuqur kariyes
kovagi borligi, kariyes kovagi tish b o ‘shlig‘i bilan tutashganligi
natijasida aniq zondlanganda shu nuqta og‘riqli b o ‘lib qonaydi.
Termometriya sovuq taassurotdan og‘riqli. Elektroodontodiag-
nostika tekshiruv usuli o ‘tkazilganda pulpaning sezuvchanligi
20—40
mkA ga teng. Rentgenologik
tekshiruvda ildiz uchida
suyak to ‘qimasining so‘rilishi kuzatiladi.
Surunkali gangrenoz pulpit
Surunkali gangrenoz pulpit o ‘tkir
pulpit va uzoq davom
etgan surunkali fibroz pulpit oqibatida kelib chiqadi. Bemor
termik ta ’sirdan, issiq ovqat yeganda hosil b o ‘lgan og‘riqdan
shikoyat qiladi. 0 ‘z-o‘zidan paydo bo‘luvchi og‘riqlar bo‘lmaydi.
Og‘izdan noxush hid keladi. Zondlanganda kariyes bo‘shlig‘i
tish b o ‘shlig‘i bilan tutashganligi aniqlanadi. Zondlanganda
og‘riq turli chuqurlikda hosil b o ‘ladi,
bu esa gangrenoz
protsessning qay darajada tarqalganligiga bog‘liq. Pulpaning
elektr sezuvchanligi pasaygan va u 40—90
mkA ga teng. Rentgeno-
grammada ildiz uchi to ‘qimalarida so‘rilish kuzatiladi.
Dostları ilə paylaş: