Ta’lim vazirligi 0 ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi nigora Toshpoiatova, Sayyora Suyunova


Pulpitlarni davolagandan so ‘ng sodir bo‘lishi



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/70
tarix08.06.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#116759
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   70
Kasalliklari

Pulpitlarni davolagandan so ‘ng sodir bo‘lishi 
mumkin b oigan asoratlar
Yallig‘lanish tish pulpasiga og‘riqsizlantirish yo‘li bilan 
davo qilinganda uning tish kanalida qolgan qismining mikroblar 
ta ’sirida parchalanishi yoki davolash usuli noto‘g‘ri tanlanishi 
natijasida, doim iy plom ba q o ‘yilgandan keyin surunkali, 
kuchsiz, ovqat chaynash paytida kuchayuvchi og‘riqlar paydo 
b o ‘lishi mum kin. Kasallangan og‘riq tish sohasi k o ‘zdan 
kechirilganda, tish atrofi yumshoq to ‘qim alarida qizarish, 
yengil shishni ko‘rish mumkin. Jag‘ osti sohasi paypaslanganda 
limfa tugunlarida o ‘zgarish seziladi.
Bunday hollarda doimiy plomba olib tashlanib, tish ildizi 
qoldiq pulpa to ‘qimasidan holi qilinadi, tozalanadi va m a’lum 
bir muddatga ochiq qoldiriladi. Kasalga ichish uchun mik- 
roblarga va yallig‘lanish jarayoniga qarshi ta ’sir ko‘rsatuvchi 
dori-darmonlar tavsiya etiladi.
55


Yallig‘lanishga qarshi pulpani jonsizlantirish usuli, ayniqsa 
amputatsiya usuli qo‘llangan ba’zi bir holatlarda plombalangan 
tishda issiq, sovuqdan, ba’zan ovqat chaynash paytida og‘riq 
seziladi. Tish atrofi yumshoq to ‘qimasida shish paydo b o ‘lishi 
mum kin. Yuqorida qayd qilingan belgilar tish ildizidagi qoldiq 
pulpaning surunkali yallig‘lanishidan va parchalanishidan 
dalolat beradi. Bunday hollarda tish davolangandan m a’lum 
muddat o ‘tgandan keyin, sut tishlari ildiz sathida rentgen 
tasvirida yallig‘lanuvchi kista, ildizlaming patologik yemirilishi, 
atrof suyak to ‘qimasida so‘rilish manzaralari aniqlanadi.
Yuqoridagi vaziyatlar vujudga kelgudek bo‘lsa: 1) og‘riq- 
larda boshqatdan ekstirpatsiya usulini qo‘llash; 2) ildiz va suyak 
to‘qimalari destruksiyasida — sut tishini oldirib tashlash; 3) kista 
hosil bo ‘lganda — sut tishni olib tashlab, sistotomiya qilish 
maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin