Ta’lim vazirligi 0 ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi nigora Toshpoiatova, Sayyora Suyunova



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/70
tarix08.06.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#116759
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   70
Kasalliklari

PARODONT KASALLIKLARI TASNIFI
I. Gingivit — milkning mahalliy va umumiy noxush ta’sirlar 
ostida tish-m ilk c h o ‘ntagining butunligi bilan kechuvchi 
yallig‘lanish jarayonidir.
Shakllari: kataral, gipertrofik, yarali.
Kechishi: o ‘tkir, surunkali, qaytalovchi.
K o‘lami: chegaralangan, diffuz.
Klinik darajasi: yengil, o ‘rta og‘irlikda, og‘ir.
II. Parodontit — periodontal boylam va suyak to ‘qimasining 
buzilishi b ilan birgalikda nam oyon b o ‘luvchi p a ro d o n t 
to ‘qimasining yallig‘lanish jarayoni.
61


Kechishi: o ‘tkir, surunkali, o'tkirlashuvchi, qaytalanuvchi.
Klinik darajasi: yengil, o ‘rtacha og‘irlikda, og‘ir.
K o‘lami: chegaralangan, difTuz (keng tarqalgan).
III. Parodontoz — parodont to ‘qimasining yallig‘lanishsiz 
distrofik jarohatlanishi.
Klinik darajasi: yengil, o ‘rtacha og‘irlikda, og‘ir.
Kechishi: surunkali, qaytalovchi.
K o‘lami: tarqalgan (diffuz).
IV. Parodont to ‘qimasining so‘rilishi bilan kechadigan 
idiopatik kasalliklar.
V. Parodontomalar — o ‘smalar va o ‘smasimon kasalliklar.
Yuqorida bayon qilingan parodont xastaliklarining turla- 
nishi, ulaming klinik kechishi va morfologik o ‘zgarishlarini 
baholab, yallig‘lanish, distrofik va o ‘sma jarayonlarini o ‘zida 
to‘g‘ri aks ettiradi. Xastaliklarga bunday nuqtai nazardan qarash 
uni to ‘g‘ri tushunib, shunga yarasha aniq, to ‘g‘ri ta’sir qiluvchi 
davo chora-tadhirlarini tanlashda muhim omil bo‘lib hisoblanadi.
Xastalikni to ‘g‘ri aniqlashda uning ko‘lamidan tashqari, 
keltirib chiqaruvchi shart-sharoitlarni, xastalikning klinik 
kechishini, darajasini hamda yallig‘lanish jarayonining klinik 
va morfologik belgilarini nazarda tutmoq lozim.
Ushbu tasnif kasallikning klinik-morfologik jihatini asoslab 
beradi.
GINGIVIT
Gingivit — milkka noxush mahalliy va umumiy faktorlaming 
ta’sirida vujudga keladi. Tishning aylana boylamlari buzilmagan 
holda kechadi.
Kataral gingivit milk cheti shilliq qavatining qizarishi bilan 
xarakterlanadi. Ayrim hollarda milk so‘rg‘ichlarining shishishi 
kuzatiladi. Kataral gingivit chegaralangan va diffuz b o ‘lishi 
mumkin. Bemor tishini tozalaganda, milki qonaydi. Ko‘rik 
vaqtida milk cheti qizargani, shishgani kuzatiladi, qonaydi, 
milk usti karashlari aniqlanadi, patologik cho‘ntak kuzatilmaydi.
G ipertrofik gingivit m ilk so ‘rg ‘ichlarini o ‘sishi bilan 
xarakterlanadi. Xastalik ko‘proq o ‘smirlarda va hom ilador 
ayollarda kuzatiladi. Gipertrofik gingivitning ikki xil formasi: 
granulyatsiyalanuvchi va fibroz shakli farqlanadi. Bemor tishini
62


tozalayotganda qonashiga, og‘zidan noxush hid kelishiga va 
milkida yoqimsiz sezgilar sezishiga shikoyat qiladi. K o‘rik 
o ‘tk a zilg an d a m ilkning shishgani, qizarg an i, tek k an d a 
qonashini, soxta klinik ch o ‘ntak, tish yuzasida qattiq tish 
karashlari borligini ko‘rish mumkin. Kasallik tana haroratining 
38°C—39°C ga k o ‘tarilishi, holsizlik, bosh og‘rishi bilan 
boshlanadi. Bemor milki shishadi, og‘riydi, qonaydi, noxush 
hid keladi. Limfa bezlari kattalashadi, palpatsiyada og‘riydi. 
Milk cheti shilliq pardasi nekrozi kuzatiladi. Nekrotik protsess 
lunj va bodomcha bezlariga ham tarqalishi mumkin.

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin