Ta’lim vazirligi 0 ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi nigora Toshpoiatova, Sayyora Suyunova


JAG‘LARNING ODONTOGEN OSTEOMIYELITLARI



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/70
tarix08.06.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#116759
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   70
Kasalliklari

JAG‘LARNING ODONTOGEN OSTEOMIYELITLARI
Jag‘laming odontogen osteomiyelitlari — bu jag‘laming 
suyak to ‘qimasidan, tish kasalliklarining asorati sifatida yuzaga 
keluvchi, infeksiyali, yiringli — nekrozlanuvchi yallig‘lanish 
jarayonidir. Bu kasallikdagi yallig‘lanish jarayoni faqat suyak 
to ‘qimalarini emas, balki uning ichidagi ko‘migini, suyak 
pardasini va atrofdagi yumshoq to ‘qimalami ham o ‘z ichiga 
oladi. Kasallik ko‘pincha pastki jag‘da uchraydi.
76


Jag‘lardagi odontogen osteom iyelit, asosan, uch bos- 
qichda kechadi: o ‘tkir, o‘tkir osti va surunkali. Bundan tashqari, 
chegaralangan va diffuz bo‘lishi mumkin.
Yuqori jag‘da g‘ovaksimon suyak juda kam b o ‘lib, 
uning kortikal plastinkasida ko‘plab teshiklar mavjud. Shu 
bois jag‘dagi tishlar atrofidagi yiringli yallig‘lanish jarayon- 
larida ekssudat suyakdan tashqariga chiqib ketadi. Shuning 
uchun ham yuqori jag‘da odontogen osteomiyelit kasalligi 
kam uchraydi.
0 ‘tkir bosqich
Bemor aniq bir tishdan boshlangan o ‘ta kuchli og‘riqdan 
shikoyat qiladi. Keyinchalik bu og‘riq bir necha tishlar sohasiga 
va jag‘ning toj qismiga tarqaladi. Bemorda umumiy holsizlik 
kuzatiladi. Kasallikning diffuz turida og‘riqbutun jag‘ bo‘ylab 
hosil b o ‘ladi. Bemorning ishtahasi yo‘qoladi, uyqusi buziladi.
Tana harorati 38° dan 40°C gacha bo‘lishi mumkin. 
Bemorning umumiy ahvoli qoniqarli bo‘lib, kuchli terlaydi.
Bemorning yuzida kataral shish paydo bo‘ladi. Limfa 
tugunlari kattalashadi, og‘riydi. Jag‘dagi og‘riq sohasi kengayib 
boradi va yallig‘lanish jarayoni jag‘ tanasi b o ‘ylab tarqalib 
boradi. Pastki jag‘ tanasi qalinlashadi.
Og‘iz b o ‘shlig‘i tekshirilganda, og‘izdan q o ‘lansa hid 
keladi, so‘lak quyuqlashadi, til esa sarg‘ish-kulrang karash 
bilan qoplanishi mumkin.
Milklaming shilliq qavati bir necha tishlar atrofida qizar- 
gan, shishgan, palpatsiya og‘riqli, o ‘tuv burma tekislashgan. 
Tishlar qimirlab qolgan. Tishlaming qimirlash darajasi ortib 
boradi. Sababchi kasal tishning qimirlashi ko‘proq b o ‘ladi. 
Milk kasal tishdan ajralib turadi. Alveolyar — engak nervlari 
innervatsiyasi sohasida sezgi buziladi.
0 ‘tkir odontogen osteomiyelit kasalligi qon va siydikdagi 
o‘zgarishlar bilan kechadi.
O dontogen osteom iyelitning o ‘tkir davrida ja g ‘laming 
rentgen tasvirida hech qanday suyak o ‘zgarishlari kuzatilmaydi.

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin