Le For bo‘yicha 1-tip Bu tipda sinish chiziq noksimon teshik asosi bo‘ylab yuqori
jag‘ do‘ngchalari tomon yo‘nalishda asosiy suyakning qanotsimon
o‘simtalari uchiga gorizontal boradi. U alveolyar o ‘siq asosidan
oz-moz yuqoriroqdan, qattiq tanglay gumbazi ustidan o ‘tadi,
yuqori jag‘ bo‘shlig‘ini kesib o ‘tadi, bunda bo‘shliqning tubi
sinib tushadi. Burun to ‘sig‘i sinishi ham qayd qilinadi. Agar
to‘liq sinish yuz bergan bo‘lsa, sinish butunligicha pastga siljiydi,
noto‘liq sinishida uning qimirlab qolishi qayd qilinadi.
Le For bo‘yicha 2-tip Sinishning bu turida yuqori jag‘ yonoq suyagi va bosh
suyagi asosidan boshlab burun suyaklari bilan birga uzilib
tushadi. Sinish chizig‘i ko‘z kosasining ichki devorini kesib,
orbita tubi b o ‘ylab pastki orbital qirg‘oq orqali yonoq suyagi
bilan birikish sohasida o ‘tadi. Sinishning orqa ichki chizig‘i
burun to ‘sig‘i va qanotsimon o ‘simtalar asosi orqali o ‘tadi.
Bu tip sinishda g‘alvirsimon suyak va bosh suyagi asosining
sinishi qo‘shilib kelishi mumkin.
Le For bo‘yicha 3-tip Sinish chizig‘i ko‘z kosasining ichki devoridan uning tashqi
devoriga o ‘tib, ko‘z kosasining tashqi orbital chetini va yonoq
ravog‘ini kesib o ‘tadi. Yuqori jag‘ning burun o ‘sig‘i va yonoq
suyagi bilan uzilib tushishi ro‘y beradi. Ko‘pincha bosh suyagining
asosidagi suyaklarning sinishi ham kuzatiladi. Yuqori jag‘ sinishida
siniqning siljishi, siniq chizig‘i bo‘ylab og‘riq, ko‘z kosasi sohasiga
qon quyilganligi (ko‘zoynak simptomi) kuzatiladi.
Le For hamma sinish variantlarini aks ettirmaydi
Yuqori jag‘ sinishida bemor bosh og‘rig‘iga, jag‘larini
jipslashtira olmasligi, qirsillash sezgisi paydo bo‘layotganiga
shikoyat qiladi. K o‘rik o ‘tkazilganda yuzning o ‘rta qismi
shishish, ayrim hollarda ko‘z kosasining ichki burchagining
qon talashgan holatda b o ‘lishi kuzatiladi. Burun suyagi
sinishi bilan kechganida burun deformatsiya bilan kechadi.
Og‘iz b o ‘shlig‘ini k o ‘rikdan o ‘tkazilganda prikusning
o‘zgarganligi, suyak b o ‘laklarining orqaga siljishi oqibatida
ochiq prikus hosil b o ‘lishi mumkin.
89