Ta’limiy-axloqiy asarlari mazmunida o’z ifodasini topgan aksariyat hikmatli fikrlar asrlar davomida insoniy munosabatlar jarayonida takror- takror qo’llanilib kelishi natijasida maqollarga aylangandir



Yüklə 127,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix22.11.2023
ölçüsü127,8 Kb.
#133505
1   2   3   4   5
Alisher Navoiyning ta’limiy-axloqiy asarlari mazmunida

Davoniy insoniy fazilatlardan
donolikni tahlil


08.11.2023, 11:08
Alisher Navoiyning ta’limiy-axloqiy asarlari mazmunida o’z ifodasini topgan aksariyat hikmatli fikrlar asrlar davomida insoniy …
https://muhaz.org/pedagogika-tarixi.html?page=27
7/13
etar ekan, inson o’zining aqliy qobilyaitini,
iste’dodini tarbiyalash uchun quyidagilarga amal
qilish:
Birinchisi, zukkolik — zehn o’tkirligi. Bu
kishining har bir masalani tezda hal qila olish,
unda o’zi istagan natijani ola bilishida deb
ko’rsatadi. Bu malakani hosil qilish uchun kishida
tajriba va harakatchanlik bo’lishi talab etiladi;
ikkinchisi — fahmlilik. Bunda kishining keraksiz
va ikkinchi darajali masalalarga ortiqcha
to’xtalmasdan, butun diqqatni muhim va zarur
masalalarga tez qarata bilishi qobiliyati, ya’ni
murakkab va chigal masalalar ichidan eng
muhimini tanlay bilish malakasini hosil qilish talab
qilinadi;
uchinchisi — zehn ravshanligi deb ko’rsatiladi. Bu
biror masalani hech qanday qiyinchiliksiz, oson
yo’l bilan hal qilish iste’dodi;
to’rtinchisi — bilimni tez egallash qobiliyati. Kishi
ma’lum masalaga butun diqqat-e’tiborini qarata
olishi va uni hech qanday qarama-qarshiliksiz
o’zlashtira olishi;
beshinchisi — qo’yilgan muammoni tezda
anglashi;
oltinchisi — yodlash qobiliyati. Insonning ilgari
his etgani va tasavvur qilganlarini esda saqlash
qobiliyati;
ettinchisi — xotira. YOd olingan, his qilingan
narsalarni kerak bo’lganda eslash qobiliyatini
tezda ishga solishi lozim, deb ko’rsatadi
1
.
Demak, Davoniy kishi yoshlikdan o’z qobiliyatini
o’stirishi, rivojlantirishi lozimligi, agar u haqiqiy
baxt-saodatga erishmoqchi bo’lsa, yuqoridagi aqliy
qobiliyatni rivojlantirishga yordam beruvchi
fazilatlarni egallashga harakat qilmog’i lozim,
deydi.
Davoniy shu bois insonning aqliy sifatlari
rivojlanishiga katta ahamiyat beradi.
Davoniy bolalarning aqliy qobiliyatini
rivojlantirish bilan kasb-hunar o’rgatish haqida
ham qimmatli fikrlarni bildirgan. Davoniy
muallimning bolalarni qaysi kasbga qiziqishi,
qobiliyatini yaxshi bilishi zarurligi haqida gapirib,
bola qiziqib biror hunar yoki ilm bilan
shug’ullansa, unga har qanday sharoitda ham
imkoniyat yaratib berish kerak, deb uqtiradi.
Albatta, hamma kasblarni egallab bo’lmaydi,
ammo har bir odamning biror kasbga qobiliyati


08.11.2023, 11:08
Alisher Navoiyning ta’limiy-axloqiy asarlari mazmunida o’z ifodasini topgan aksariyat hikmatli fikrlar asrlar davomida insoniy …
https://muhaz.org/pedagogika-tarixi.html?page=27
8/13
bo’ladi, deydi olim. Biror kasbni egallab olishga
intilgan kishi butun iste’dodini 
sarf etib
, ana shu
kasbni tezda o’rganib oladi. Bunday fikrni buyuk
mutafakkir Forobiy ham o’z vaqitda ta’kidlab
o’tgan edi.
Agar u yoki bu shaxsning muayyan kasb-hunarga
ishtiyoqi bo’lmasa, uni majbur qilish mumkin
emas, aks holda u o’zini qiynaydi va bu kasb-
hunar unga baxt-saodat keltirmaydi deydi.
Davoniy insonga foyda keltiradigan kasb-hunarni
uchga bo’ladi: buni kishilarning ruhiy quvvatiga
bog’lab ko’rsatib, birinchisini inson aqliga tegishli,
deb ko’rsatadi va bunga vazirlik kasbini kiritadi.
Ikkinchisi ta’lim-tarbiya natijasida vujudga keladi,
deb bunga astronomiya, matematika, tib.
geometriya fanlari bilan shug’ullanishni kiritadi.
Uchinchisiga kishilarning shijoati, jasurligi bilan
bog’liq kasblarni, ya’ni dushmanga qarshi kurash,
chegarani qo’riqlash va boshqalarni kiritadi. Olim
kasbi bo’lmagan, biror kasb bilan
shug’ullanmaydigan kishilarni qattiq tanqid qiladi.
Otasining mol-mulkiga ishonib kasb-hunar
egallamydigan yoshlarni qoralaydi. Mehnat qilish,
hunar egallashni targ’ib qilar ekan, mehnat inson
kamoloti va baxt-saodati manbai, deb hisoblaydi.
YUqoridagilardan ko’rinib turibdiki, Davoniy
kasb-hunar egallash insoniy fazilatlarning eng
muhimi, deb talqin etadi. U kasb-hunar egalarini
quyidagi toifalarga bo’lib: chunonchi, birinchi
toifaga qalam ahllari: olimlar, noiblar, munajjimlar,
qozilar, muhandislar, musulmon qonunshunoslari
va hokazo; ikkinchi toifaga: harbiylar; uchinchi
toifaga esa dehqonlar, qishloq xo’jaligi bilan
shug’ullanuvchilarni kiritadi.
Davoniy ayniqsa, dehqonchilik kasbini ulug’laydi.
Davoniy ham barcha mutafakkirlar kabi
dehqonning mehnatiga yuqori baho beradi. Zero,
dehqon odamlarni oziq-ovqat, moddiy boylik bilan
ta’minlaydi. Olim agar dehqon bo’lmasa, inson
zoti mayda savdogarlardek yo’q bo’lib ketgan
bo’lur edi, chunki boshqa toifadagi kishilar inson
hayot kechirishi uchun ulardek moddiy ne’mat
yarata olmaydilar, balki bunyod qilingan narsalarni
boshqa kishilarga beradilar, joydan-joyga olib
boradilar, shaklini o’zgartiradilar, deydi. Demak,
Davoniy dehqon mehnatini boshqa kishilarning
mehnatidan yuqori qo’yadi. Ko’rinib turibdiki,
uning dehqon mehnati haqidagi fikrlari boshqa
SHarq mutafakkirlarining fikri bilan hamohangdir.
Masalan, Navoiy dehqon mehnatidan 
hatto qurt-
qumursqalar
, hasharotlar, hayvon va parrandalar
ham bahramand bo’lishini o’z vaqtida haqqoniy
baholagan.
Davoniyning kasb-hunar haqidagi qarashlari shu
bilan ahamiyatliki, u oddiy xalq mehnatini, dehqon


08.11.2023, 11:08
Alisher Navoiyning ta’limiy-axloqiy asarlari mazmunida o’z ifodasini topgan aksariyat hikmatli fikrlar asrlar davomida insoniy …
https://muhaz.org/pedagogika-tarixi.html?page=27
9/13
mehnatini ulug’laydi, insonning faqat mehnati
tufayligina baxt-saodatga erishuvi mumkinligini,
mehnat insonning shaxs sifatida kamol topishining
bir mezoni ekanligini isbotlaydi.
Davoniy kishi xususiyatlarini ikkiga bo’ladi: biri
tug’ma, ikkinchisi hayot jarayonida paydo
bo’ladigan xususiyatlar. Tug’ma xususiyatlarga
kishilarning aqliy va xulqiy sifatlari, qobiliyatlari
kiradi. Masalan, faraz qilish qobiliyati, bir-birini
tezda tushunish iste’dodi va boshqalar. Lekin,
Davoniy kishilarning ba’zi bir tug’ma
xususiyatlarini, qobiliyati va malakalarini tan
olgan holda hayot jarayonida kasb qilinadigan
xususiyatlarni ham inson kamoloti uchun muhim
deb hisoblaydi. Inson xususiyatlari yoshlikdan,
tarbiya natijasida, kishilar bilan o’zaro
munosabatlarda kasb etiladi, har bir fazilat vaqt
o’tishi bilan yangilanishi va o’zgarishi mumkin,
rivojlanib takomillashib boradi. «Agar (inson)
xulqi, — deb yozadi olim, — o’zgaruvchi
bo’lmaganida edi, siyosat va tarbiyaning keragi
bo’lmas edi»
1
.
YUqoridagi fikrlarga asoslanib, Davoniy insoniy
fazilatlarga ega bo’lishda ta’lim-tarbiyaning
o’rniga katta ahamiyat berganligining guvohi
bo’lamiz.
Davoniy insoniy fazilatlarni to’rtga bo’ladi:
donolik, adolat, shijoat, iffat. Bular orqali qadim-
qadimlardan insonning xulq-odobi belgilangan.
Inson fazilatlarini dastlab Aflotun va Aristotel
belgilaydi. Keyinroq O’rta Osiyo va Eron
mutafakkirlaridan Ibn Sino, Nasriddin Tusiy,
Ubayd Zokoniylar ham shunday tasnif etganlar.
Davoniy mardlik va shijoatkorlikni ham insonning
eng zarur fazilatlaridan, deb hisobladi. U shijoatga
kamtarlik, yumshoq fe’llik, botirlik, sabr-matonat,
chidamlilik kabi sifatlarni kiritadi. SHijoatga
kishining hatti-harakati va boshqalar bilan
munosabatini baholaydigan tushuncha deb qaraydi.
Olim agar inson biror xavf-xatarga duch kelsa,
o’zini mahkam tutib, esankiramasligi, sabotli
bo’lishi zarurligi, ana shu xislatlar shijoatga
kirishini aytadi. SHijoatkorlik ham aqlga
bo’ysunishi kerak deydi. Davoniy askarlarni
shijoatli, jasur kishilar deydi, chunki, ular davlat
chegarasini qo’riqlaydi, davlatni har tomonlama
qo’llab-quvvatlashi, 
moddiy yordam berishi zarur
,
deb ko’rsatadi. U ba’zi kishilar tashqi
ko’rinishidan shijoatli ko’ringanlari bilan jasurlik
va shijoatni o’zlarining manfaatlari yo’lida
namoyon etadilar. Bunday xatti-harakatlarni
shijoatkorlikka kiritish mumkin emas, deydi.


08.11.2023, 11:08
Alisher Navoiyning ta’limiy-axloqiy asarlari mazmunida o’z ifodasini topgan aksariyat hikmatli fikrlar asrlar davomida insoniy …
https://muhaz.org/pedagogika-tarixi.html?page=27
10/13
Davoniy qo’rqoqlikni shijoatkorlikka qarama-
qarshi qo’yadi. Ba’zi qiyinchiliklardan qochgan,
yengil hayot kechirish yo’lini o’ylaydigan
kishilarni olim qo’rqoq va yuraksiz kishilar, deb
aytadi.
Demak, Davoniy davlat hamda jamiyatga foyda
keltiruvchi kishilarni haqiqiy shijoatli kishilar deb
biladi. Olim sabot-matonatni shijoatning tarkibiy
qismiga kiritadi. U ibn Sino fikriga yanada
chuqurroq yondoshib, har qanday ehtiyoj, har
qanday faoliyatni shijoatga qo’shmaydi. Davlat
manfaatlariga bo’ysunadigan, kishilik jamiyatiga
xizmat qiladigan inson faoliyatini shijoat deb
ataydi.
SHarq mutafakkirlari adolat tushunchasiga alohida
fazilat sifatida qaraganlaridek, Davoniy
qarashlarida ham adolat tushunchasi asosiy o’rinni
egallaydi.
Olim adolat fazilatini 42 ga bo’ladi. Bulardan eng
muhimlari vafo, do’stlik, sadoqat, mehr-shafqat,
o’zaro hurmat... kabilardir, deydi. Davoniy
sadoqatni sodiq kishilar o’rtasidagi do’stlikni
mustahkamlaydigan xislat sifatida qarab, odam
o’ziga nimani istasa, do’stiga ham shuni ravo
ko’rishi va shu tarzda harakat qilishi lozim, deb
hisoblaydi. Demak, Davoniy adolatli kishilar
o’rtasidagi haqiqiy do’stlikni insonparvarlik,
o’zaro hurmat bilan bog’liq holda tasavvur etadi.
Vafo tushunchasini Davoniy faqat va’daga
vafogina emas, balki o’zaro yordam qoidalariga
amal qilish ma’nosida tahlil etdi.
Davoniy adolatni inson aqliy kamoloti bilan
birgalikda qaraydi. U hamma ruhiy quvvatlar
birlashib aqlga bo’ysungan taqdirdagina haqiqiy
adolat namoyon bo’ladi, deydi. Haqiqiy odil kishi
butun quvvatini, aqlini yaxshi xislatlarni kasb
etishga qaratishi kerak, adolat odamlarni baxt-
saodatli qilishi lozim deb ta’kidlaydi olim.
Davoniy ham Forobiy kabi shaharlarni fozil va
odil shaharlarga bo’ladi. Fozil shaharlarni odil
podsho idora qilsa va o’z hukmlarida adolatga
rioya qilsa va ta’magirlikni aql bilan daf’ etsa, johil
shahar boshlig’i o’z manfaatini ko’zlab ish yuritadi
va boylikka hirs qo’yib, xalq fikri bilan
hisoblashmaydi, deydi.
Uning ta’kidlashicha, davlatni idora etuvchi
adolatsiz bo’lsa, uning qo’l ostidagilar ham
ta’magirlik, yolg’onchilik va boshqa xatti-
harakatlar qiladilar, ya’ni podshoh ishini fuqarolar
ham takrorlaydi. Xullas, fuqarolarning yaramas
xulq-odoblari uchun ham hukmdor aybdor


08.11.2023, 11:08
Alisher Navoiyning ta’limiy-axloqiy asarlari mazmunida o’z ifodasini topgan aksariyat hikmatli fikrlar asrlar davomida insoniy …
https://muhaz.org/pedagogika-tarixi.html?page=27
11/13
sanaladi, deydi. Agar hukmdor adolatli bo’lsa,
boshqalar ham adolatli bo’lishga harakat qiladi,
deydi.
Davoniy odil shohni mohir tabibga o’xshatadi.
Dono tabib odamlar salomatligini doimo kuzatib,
uning holatini mo’’tadillashtirib borgani kabi odil
shoh ham fuqarolarini yo’ldan adashsa, ularni
to’g’ri yo’lga solib boradi, deydi.
Davoniyning erkinlik tushunchasi haqidagi ta’rifi
alohida ahamiyatga ega. Erkinlikni Davoniy kasb-
hunar orqali moddiy boylik to’plash va bu boylikni
xayrli ishlarga sarflash deb biladi. U inson yomon
yo’llar bilan emas, balki aqliga ishonib qilgan
ishlari va halol mehnatini erkinlik deb ta’riflaydi.
Qanoat tushunchasini Davoniy kishi ruhining
yaxshi mevasi hisoblaydi. U qanoatni zaruriy xatti-
harakatlar bilan bog’lab tushuntirishga intiladi.
Kishi faqat zaruriyatga asoslanib ish tutishi lozim,
hayotda inson eng zarur 
narsalarga intilishi kerak
,
ya’ni yeyish-ichish, hissiyotlarga berilish va
boshqa xatti-harakatlarda me’yorni bilish,
mo’’tadillikka rioya etish, boylikka hirs
qo’ymaslik, qanoatni anglatadi, deydi.
Davoniy inson o’rtasidagi do’stlik tuyg’usini ham
ulug’lab, bolalarni do’stlik ruhida tarbiyalashga
katta ahamiyat beradi. Bola dunyoqarashining
tarkib topishida do’stlikning ta’siri katta. Do’stsiz
inson muayyan jamiyatda yashay olmaydi. Do’st
o’zaro muomalada ayniqsa, inson boshiga kulfat
tushganda bilinadi, ammo haqiqiy do’st bilan soxta
do’stni ajrata bilish kerak, deb o’qtiradi olim.
Dushman esa kishining o’ziga, kamchiligiga
e’tibor bermaydi, balki hammaning oldida uni fosh
qilishga intiladi, deydi.
Davoniy kishilar o’rtasidagi adovatni ham
qoralaydi. O’zaro nizolarda hurmat yo’qoladi,
shubha va gumonlar ko’payib, janjallar chiqadi,
deb ta’kidlaydi.
Davoniy sevgi va muhabbat to’g’risida ham fikr
yuritib, uni ijtimoiy muammolar bilan bog’lab
talqin etadi.
Davoniy o’z davri mutafakkiri sifatida ilohiy
sevgini tan olgani holda, insonning bu dunyoda
faol hayot kechirishi, tabiat va hayotni sevishi, uni
yuksaklikka ko’tarishi haqida ham o’z qarashlarini
bayon etadi.
Uning mulohazalariga ko’ra tug’ma va shu bilan
birga inson iroda va istagiga asoslangan sevgi
mavjud. U sevgi-muhabbatni besh xilga bo’ladi:


08.11.2023, 11:08
Alisher Navoiyning ta’limiy-axloqiy asarlari mazmunida o’z ifodasini topgan aksariyat hikmatli fikrlar asrlar davomida insoniy …
https://muhaz.org/pedagogika-tarixi.html?page=27
12/13
1. 
Ilohiy sevgi.
2. Ota-ona muhabbati
3. Muallimning o’z talabasiga muhabbati.
4. Podshohning o’z fuqarolariga muhabbati.
5. Ilm-ma’rifatga muhabbat.
Xususan insonning o’zaro munosabatisiz, sevgisiz
kamolotga erishishi mumkin emas, deydi.
Adolat, sevgi, do’stlik o’zaro aloqada tarkib
topadi, deydi Davoniy. U nafsoniy hirsga asir
bo’lib, fisqni ishq deb hisoblamaslik, havasni
muhabbat deb bilmaslikni qattiq turib himoya
qiladi. Davoniy, ayniqsa, shahvoniy hirsga
berilmaslikni, bunda ayniqsa, podsholar hirsu
havasdan o’zlarini tiyishi zarurligini, ular bo’sh
vaqtlarini davlat ahamiyatiga ega bo’lgan
masalalarga sarf etishlari zarurligini aytadi.
Olim har bir kishi haqiqiy sevgiga munosib
bo’lishga intilishi, sevgiga vafosizlikdan turli
razilliklar paydo bo’lishi, axloqsiz xatti-
harakatlardan yomonliklar avj olishi mumkinligini
qayd etadi.
Davoniy ilohiy sevgini tan olsa ham, mavjud
dunyodagi sevgini inkor etmadi. U kishilarni noz-
ne’matlardan bahramand bo’lish, ilm-fan, tabiatni
o’rganishga, ta’lim tarbiya bilan shug’ullanishga
chaqirdi.
Davoniyning tarbiya tizimida odamlarda
uchraydigan nuqson va yaramas odatlarni bartaraf
etish haqidagi fikrlari ham diqqatga sazovor.
Masalan, Davoniy salbiy ruhiy quvvatlar: jahl,
g’azab, hasad, g’amginlik, dangasalik va boshqalar
haqida gapirib, bular ruhiy jarayon bo’lib, ularni
davolash yo’llari, usullari haqida gapiradi. CHunki
bu ruhiy kasalliklar ham inson tanasidagi
kasalliklarga o’xshab, 
davoga muhtoj deydi
, uning
fikriga ko’ra kishi tanidagi kasalliklarni tibbiyot
yo’li bilan davolansa, kishilarning yaramas
odatlarini ruhiy ta’sir natijasida davolash mumkin.
Jismoniy davo ovqat yoki dori-darmon vositasida
amalga oshadi, ruhiy kasalliklarni davolash esa,
yuqoridagi usullardan birmuncha farq qiladi.
Ruhiy kasalga chalingan odam eng avvalo yaxshi
xatti-harakatlar qilishga odatlanishi zarur.
SHundagina u yomon odatlardan xalos bo’ladi,
deydi.
Davoniy g’azabni eng og’ir ruhiy kasallik deydi.
G’azab kishining katta nuqsoni, kamchiligi,


08.11.2023, 11:08
Alisher Navoiyning ta’limiy-axloqiy asarlari mazmunida o’z ifodasini topgan aksariyat hikmatli fikrlar asrlar davomida insoniy …
https://muhaz.org/pedagogika-tarixi.html?page=27
13/13
aqlsizligidir, agar aql g’azab va hissiyotga
bo’ysunsa, kishi hayvon darajasiga tushib qolishi
mumkin, chunki hayvonning aqli bo’lmaganligi
tufayli u g’azab quvvatini o’ziga bo’ysundira
olmaydi. Inson aqli bo’la turib g’azabni
bo’ysundira olmasa, buni hech qachon kechirish
mumkin emas. U hamma vaqt o’z g’azabini aqlga
bo’ysundirishga harakat qilishi kerak, shundagina
u haqiqiy inson bo’lib yetishishi mumkin, deydi.
Olim kishilar ruhiyati haqida gapirar ekan, g’azab
quvvatini quyidagilarga bo’ladi: ba’zilar tez
g’azabga keladi va tez jahldan tushadi, ba’zilar esa
asta-sekin g’azablanib, tez jahldan tushadilar,
ba’zilar tez g’azablanib, uzoq vaqt jahllaridan
tushmay yuradilar. Davoniy g’azab turlaridan
ikkinchisini yaxshisi deb, eng oxirgisini yomoni
deb belgilaydi.
Demak, Davoniy kishilarning salbiy ruhiy
holatlarini davolash mumkin, deb ishonadi va
ularni yaxshi maslahat berish, so’z bilan, jazo va
mehnat qildirish yo’llari bilan tarbiyalasa bo’ladi,
deb hisoblaydi.
Davoniy insoniy xislatlar: mehnatsevarlik,
to’g’rilik, insoniylik, yaxshilik, xushmuomalalik,
odillik, donolik va boshqa xislatlarni ijobiy
baholaydi. U insondagi barcha xislatlarni aqliy
faoliyat bilan bog’laydi.
Demak, 

Yüklə 127,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin