08.11.2023, 11:08
Alisher Navoiyning ta’limiy-axloqiy asarlari mazmunida o’z ifodasini topgan aksariyat hikmatli fikrlar asrlar davomida insoniy …
https://muhaz.org/pedagogika-tarixi.html?page=27
6/13
ilohiy ulug’ bir ne’mat, haqiqat mezoni ekanligiga
ishonadi. CHunki inson aql yordamida o’z hatti-
harakatini, faoliyatini boshqaradi.
Davoniyning fikricha, aql ijtimoiy hayotning
barcha sohasida, xoh davlat ishida, xoh ilmni
o’rganishda, xoh ijobiy xulq-odob qoidalarini
egallashda bo’lsin, xoh shirinsuxanlik, she’riyatda
bo’lsin, faol qatnashadi. Uning bu aqidasi, ya’ni
aqliy bilishga tayanishi ilm-fan, ma’rifat, ta’lim-
tarbiya va axloq masalalarini talqin etishida
ko’proq namoyon bo’ladi.
Davoniy shuning uchun ham bolalarga ta’lim-
tarbiya berishda aqliy tarbiyaga katta o’rin beradi.
Ilm kishilarni yomon odatlardan, razil ishlardan
saqlaydi, ilm bilan shug’ullanish har bir inson
uchun hech qachon kech bo’lmaydi, deydi
Davoniy. Aflotundan: «Qancha vaqtgacha ta’lim
olish va ilm o’rganish yaxshi? — deb so’rabdilar.
U: nodonlikning va johillikning ayb ekanligi qay
vaqtgacha bo’lsa, ilm o’rganish o’sha vaqtgacha
yaxshidir»
1
— deb javob bergan ekan.
Davoniy olimlarning jamiyatda, davlatni
boshqarishda tutgan o’rniga
katta ahamiyat beradi
,
uning fikriga ko’ra haqiqiy olim davlat ishlarida
faol qatnashishi, jamiyatga foyda keltiradigan
murakkab muammolarni yechishda ishtirok etishi
kerak. Olimlar tabiat sirlarini o’rganish, ta’lim-
tarbiya ishlari bilan shug’ullanishi, omma o’rtasida
adolat qoidalari hamda axloq normalarini tarqatish
bilan shug’ullanishi, boshqalardan ilgarigi safda
turishi kerak. Ularning maslahatlaridan davlat
muassasalarini boshqaruvchilar foydalanishi
muhim, deb uqtiradi.
Davoniy ham boshqa mutafakkirlar kabi
podshohlarning ma’rifatli bo’lishini istaydi. Ana
shunday podsholar o’z atrofiga bilimdon kishilarni
to’playdi va ilm ahlining jamiyat taraqqiyotida
katta rol o’ynashini tushunadi, deydi.
Davoniy insonning ma’rifatli, yuksak fazilatli
bo’lishida tabiiy fanlarning roli katta, deydi.
Matematika, astronomiya, tibbiy fanlar jamiyatga
ulkan foyda keltiruvchi ilm sohalaridir, deb biladi.
Riyoziyot fanini o’rgangan kishining tabiati qat’iy
va sabotli bo’ladi, deydi. Tib ilmining esa
jamiyatga foydasi haqida gapirib, tabiblarga zarur
bo’lgan kasalga tashxis qo’yish masalalariga
to’xtab o’tadi. Tabib bemorga to’g’ri va aniq
tashxis qo’ygandan so’nggina bemorni davolash
kerakligini uqtiradi.
Dostları ilə paylaş: