TA`LIMIY MASHG`ULOTLAR JARAYONINING MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING RIVOJLANISHDA TA`LIM-TARBIYANING AHAMIYATI kurs ishi
II.BOB SENSOR TARBIYA HAQIDA TUSHUNCHA . 2.1.Sensor tarbiyaning vazifasi va mazmuni. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashda hamda ularda tuyg’u, sezgi, idrok, sezish kabi qobiliyatlarni shakllantirishda sensor tarbiya muhim o’rin tutadi. Sensor tarbiya tevarak atrofdagi borliqni bilishi, sezgi va idrokka asoslanadi. Demak, bola tasavvurining asosini bevoseta sezish orqali idrok qilish mumkin. Bunday tasavvurning aniqligi to’liqligi, sensor jarayonning rivojlanish darajasi bilan belgilanadi.
Sensor tarbiya sezgi va idrokni biron maqsad asosida rivojlanishidir.
,,Sensor’’ so’zi lotincha so’zdan olingan bo’lib, ,,sensus’’ ,,tuyg’u, sezgi, idrok,sezish qobiliyati’’ manolarini anglatadi.Demak borliqni avvalo sezish idrok qilishdan boshlaladi. Inson ko’rish, eshitish anglash xis qilish yordamida tevarak atrofdagi narsa va hodisalar to’g’risida bilimga ega bo’ladi. Insonda faqat shular asosidagina xotira, tafakkur,hayol kabi jarayonlar hosil bo’ladi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi va kichik maktab yoshidagi bolalar aqliy bilimining 9/10 qismini sezish orqali idrok etilgan tasurotlar tashkil etadi.Sezgi va idrok qanchalik boy bo’lsa, insonning atrofdagi olam haqidagi tasavvurlari shunchalik keng bo’ladi.
Bolalarning sensor madaniyati, unda sezgi va idrokning muvaffaqiyati uchun muhim shart sharoit hisoblanadi.
Bolalarning aqliy, estetik, jismoniy va mehnat tarbiyasi shakllanishida sensor tarbiya muhim o’rin tutadi.
Ayniqsa maktabgacha yosh davri sensor jarayonlarni rivojlantirish davri sanaladi. Shuning uchun bu davrda sensor tarbiya muhim o’rin tutadi.sensor tarbiya bolalarda hissiy bilish qobiliyatlarini shakllantirishga, idrokni takomillashtirishga qaratilgan pedagogik jarayondir.
Sensor tarbiyaning mezmuni va metodi ruxshinoslik fanida idrok va sezgi rivojlantirishga muammosi qanday talqin qilishi bilan belgilanadi. Fanda bu muammoni hal etish turlicha yoritiladi. Pedagogika tarixida esa sensor tarbiyasining xar xil sistemasi kursatilgan.
O’tmishdagi pedagoglar Fribel, M.Montesseri, O.Dekroli va boshqalar tomonidan yaratilgan sistema bolalarning qo’lidagi mayda muskullarini rivojlantirishga , rang va uning turlari shakl va hajmi yuksak darajada farq qilishga erishishni o’z oldiga maqsad qilib quyadi.
Motessorining didaktik materiallari o’z-o’zini nazorat qilish prsipiga muvofiq yaratigan bo’lib, bolalarga pedagogning eshtirokisiz mustaqil shug’ullanish imkonini berar edi. Ammo sezgi azolarining revojlanishi, nutqning usishi, samarali faolyat bilan bog’lanmas edi deydi.Yuqoridagi allomalar tomonidan elgari surilgan talimot ayniqsa hozirgi talim-tarbiya jarayonida keng qullanilmoqda. Bu usullardan foydalaninsh bolalarni har tamonlama, ham axloqiy, ham jismoniy rivojlanishiga ularning ongi, aqli va hissiy tuyg’ularini shakillanishiga ijobiy tasir kursatadi. Shu bois hozirgi kunda barcha maktabgacha tarbiya tashkilotlarida ushbu metodlardan keng qullash maqsadida har bir guruh xonalarida alohida-alohida burchaklar tashkil etilgan.
Shuningdek pedagog va ruxshunos olimlar sensor tarbiyaning xilma – xil faoliyat turlari jarayonida faoliyatning tasviriy- amaliy musiqali xarakat turlarida bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirishda amalga oshirish muhimligi to’g’risida yngi sestema yaratdilar. Ular bunday sestemaning mazmuni, metod va nazariyasini ishlab chiqdilaar.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashda hamda ularda sensor tarbiya muhum o’rin tutadi. Bunday tarbiyani qo’lashdan maqsad maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning qobiliyatlari shakllantirish, o’stirish va rivojlantirishga qaratilgan.Sensor tarbiya qobiliyatlarni rivojlantirish uchun bolalar buyumning faqat nimaga ishlatilishi nominigina bilishi yetarli bo’lib qolmay, balki ular buyumlarni chuqurroq idrok etishi, ularni ushlash, ular bilan muomilada bo’lganda xilma –xil sezgilar ishtirok etishi ham juda muhumdir deb biladi. Shuning uchun tarbiyachi sensor tarbiyani ana shu tamonlariga alohida etibor berishi lozim bo’ladi. Tarbiyachi bolalarga biror topshiriq berganda ; masalan, buyumlarni biron joydan ikkinchi joyga olib qo’yishda ularni og’irligini xis qilish, buyumni qo’liga olib uning sirtini sezish va sifatini silliq yoki g’adir-budirligini, issiq yoki sovuqligini va shunga o’xshashliklarini aniqlash kerak.
Bolalarning yoshi ulg’ayib , hayot tajribalari ortishi, sharoitlarning o’zgarishi bilan idrok etish jaroyoni va unga qo’yiladigan talab ham murakkablashadi.
Navbatchi bolakaylarning katta kichikligi, chuqur yoki yuzaligini, payola va chinni idishlarning og’irligini , silliqligini his qiladilar .
Sensor tarbiyaning mazmuni o’z ichiga tevarak atrofdagi hamma sensor belgilarni qamrab oladi. Bular bolalarning hamma faoliyatlari orqali amalga oshiriladi.
Bu yoshdagi boalarga ranglarni farq qilish va ularni nomini aytish o’rgatiladi, rang tuslari va bo’yoqlar haqida tasavvurlar shakllantiriladi.
Sezgi va idrok biron maqsadga qaratilgan mazmunli faoliyat jarayonida muvaffaqiyatli rivojlanadi. Samarali faoliyat ( rasm chizish, loy va plastilindan buyumlar, aplikatsiyalar yasash ) sezgi va idrokning rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratish bilan birga buyumning shaklini, rangini, joyini bilib olishga ehtiyoj paydo bo’ladi.Maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalar butun yil davomida tarbiya bilan tanishtirib boriladi. Ularga o’simliklarni , qushlarni, hayvonlarni parvarish qilish topshiriladi. Bu esa yer, quyosh issiqligining xususiyatlarini sezib bilib olish uchun katta imkoniyatlar yaratadi. ,,Oldinga’’, ,,Orqaga’’, ,,Tepada’’, ,,Pastda’’, uzoq-yaqinini ,,chapda’’, ,,o’ngda’’ kabi fazoviy tasavvurlarni o'zlashtirib oladilar.
Bolalar ko’proq tabiat bilan aloqada bo’lishlari tufayli tausurotlari eshitib tasirlanishi xususiyatlari ortib boradi. Bolalarni qushlarning sayrashi, barglarning shitirlashi, shamolning g’uvillashi, yomg’irning shitrlashi va momaqaldiroqning gummurlashini diqqat bilan tenglashga o’rgatish zarur.
Sensor tarbiyaning asosiy usullaridan biri tekshirishdir.
Tekshirish- buyumlarni mahsus ravishda tashkel etilgan idrok qilishdan iborat bo’lib, uning natijalaridan kerakli jarayonlarda foydalaniladi. Buyumlarning xususiyatlarini nomini va tarifini aniqlash ularni malum bir xossalariga ko’ra taqqoslash uchun didaktik o’yin yoki qo’llanmalardan foydalanish mumkin.
Ulardan bolalar bilan olib boriladigan xilma- xil mashg’ulotlarda mehnat kuzatishlar va bolalarning mustaqil ishlarida keng foydalanish mumkun.