Ta’limni tashkil etish turlari va shakllari. Dars — ta’jim tizimini tashkil etishning asosiy shakli sifatida. Reja



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/19
tarix02.04.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#115110
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Ta’limni tashkil etish turlari va shakllari

Darslarning tipi 

Tushuntirish  darsi.  Ma'lumki,  maktabdagi  ta'limning  asoslaridan  biri  onglilik  prinspidir. 

Shunga  ko’ra,  ko’nikma  va  malakalarning  shakllantirishning  dastlabki  bosqichi  nazariy 

masalalarni  o’rganishdan  iborat  bo’lishi    kerak.  Bunda  o’qituvchining  materialni  tushuntirishi 

eng muhim zveno hisoblanadi.  

Tushuntirish  darsining  strukturasi,  ya'ni  undagi  qismlarning  o’zaro  joylashuvi  quyidagicha 

bo’lishi mumkin:  

1.  Ilgari o’rganilgan materiallarga doir bilimlarni  eslash (o’quvchilardan so’rash); 

2.  Materialni tushuntirish; 

3.  Materialning o’zlashtirilganini tekshirish; 

4.  Nazariyani  qo’llash namunasini ko’rsatish; 

5.  Uyga vazifa berish;  




6.  Darsni yakunlash.        

Ana  shu  tipdagi  darsning  strukturasi  elementlariga    dars  mavzusini  e'lon  qilish,  uning 

maqsadini ifodalash va vazifalarning qo’yilishini ham kiritish mumkin.  

Bilimlar,  ko’nikmalar  va  malakalarni  mustahkamlash  darslari.  Bu  tipdagi  darsning 

strukturasi quyidagi darsning asosiy elementlarini o’z ichiga oladi:  

1.  Nazariya bo’yicha bilimlarni eslash; 

2.  Mavzu bo’yicha ko’nikma va malakalarni  rivojlantirish (mashqlar); 

3.  Darsni yakunlash; 

4.  Uyga vazifa berish.          

Takrorlash  darsi.  Mustahkamlash  va  takrorlash  darslari  o’rtasida  anchagina  umumiylik 

mavjud. Bu umumiylik, eng avvalo, mazkur darslarning vazifalari va strukturalariga taalluqlidir. 

Shu  bilan  birga  mustahkamlash  va  takrorlash  darslari  orasida  tafovut  ham  bor.  Shuningdek, 

takrorlash darsida material to’liq emas, balki tanlab ko’rib chiqilgan, oldingi darslarda yetarlicha 

o’zlashtirilmagan  masalalar  takrorlanadi.  Materialni  umumlashtirish  va  ko’nikma  hamda 

malakalarni takomillashtirish darslari.  

Umumlashtirish darsining elementlari quyidagilardan iboratdir: 

1.  Umumlashtiruvchi materialga doir bilimlarni eslash; 

2.  Materialni umumlashtirish; 

3.  Nazariyani  o’zlashtirilganini tekshirish; 

4.  Umumlashgan qoidani qo’llash namunasini ko’rsatish;  

5.  Mavzu bo’yicha ko’nikma va malakalarni  takomillashtirish (mashqlar); 

6.  Darsning natijalarini yakunlash; 

7.  Uyga vazifa berish.           

Bilim,  ko’nikma  va  malakalarni  tekshirish  darsi  (kontrol  dars).  Kontrol  ish  o’tkaziladigan 

darsning strukturasi murakkab emas: o’qituvchi topshiriqlarni aytib turadi (yoki doskaga yozadi), 

o’quvchilar ularni bajaradilar va dars oxirida ishlar  yig’ib olinadi.  Kontrol ishning savollari va 

topshiriqlari  shunday  ifodalanishi    kerakki,  o’quvchilarning  javoblaridan  ular  materialni 

shunchaki eslab qolgani emas, balki ishning mohiyatini tushungani ham ko’rinib turishi lozim. 




Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin