Ma’lumki, o‘qitish sohasida jahon didaktikasining muhim tajribasi natijasida shaxsiy EHM
ishlaydigan avtomatik qurilma. Ta’lim – tarbiya jarayonlarini kompyuterlashtirishda zamonaviy
kompyuterlar universal didaktik vositalar (qurilma) bo‘lib hisoblanadi va ularning ta’lim –
tarbiya jarayonlarining optimal variantlarini topishdagi roli beqiyos. Shuningdek, kompyuter
universal vositasi bo‘lib, ularning amaliy tafakkurini kengaytirish va chuqurlashtirib, ulardagi
Maxsus ta’lim dasturlari bilan ta’minlangan kompyuterlardan deyarli barcha didaktik
masalalarni hal etishda foydalanish mumkin. Ular: axborot berish; o‘qitish jarayonini boshqarish;
natijalarni nazorat qilish va tuzatib berish; mashqlarni bajarish; o‘quv jarayoni rivojlanishi
haqida ma’lumotlarni to‘plash va shu kabilar.
Rivojlangan mamlakatlarda kompyuterlardan keng foydalanishning rivojlanishi bu
boradagi quyidagi asosiy yo‘nalishlarni aniqlashga imkon beradi:
alohida o‘quv fanlari (matematika, tabiiy fanlar, ona tili, chet tili, geografiya,
chizmachilik va shu kabi fanlar) bo‘yicha o‘zlashtirish darajasini oshirishni ta’minlash;
umumiy kognitiv (idrok etish) qobiliyatlari – qo‘yilgan masalani hal etish, mustaqil
fikrlar, kommunikativ malakalarni egallash (axborotni to‘plash, analiz, sintez qilish)ni
rivojlantirish, u yoki bu ko‘nikmani shakllantirishga imkon beruvchi jarayonlarga e’tiborni
kuchaytirish.
Kompyuterlashtirishning asosiy maqsadi, ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va uzatish
ishlarini avtomatlashtirishdan iborat bo‘lsa, uning asosiy vazifalari intellektual salohiyatni
ko‘tarish, aqliy mehnatni ilmiy asosda tashkil etish, ta’lim – tarbiyada optimal variantlarni
kafolatlashlardan iboratdir.
Kompyuterlar yordamida ta’lim – tarbiya jarayoniga innovatsion yondashuvlar qilishga
imkoniyat yaratiladi va yangi axborot texnologiyalarini joriy etishga keng imkoniyatlar yaratiladi
hamda yangi ko‘rgazmalilik ta’minlanadi. Shuningdek, ulardan ta’lim – tarbiyada universal
didaktik vosita sifatida foydalaniladi. Bu o‘qituvchi vaqtini tejashga imkon beradi va natijada
ta’lim jarayonidagi samaradorlik qo‘lga kiritiladi.
Dasturiy va kompyuterli ta’limlar o‘qitish algoritmlarini bajarishga asoslanadi. Ma’lumki,
algoritm belgilangan (rejalashtirishgan) natijaga olib keluvchi mantiqiy jihatdan mukammal va
izchil tuzilgan ketma – ket amallar (operatsiyalar, harakatlar) tizimi sifatida bilim, ko‘nikma va
malakalarni to‘la o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan o‘quv faoliyati tartibi va ketma – ketligini
ta’lim oluvchiga ko‘rsatadi. O‘quv dasturlari va kompyuterli ta’lim samaradorligi fikrlash
faoliyatini boshqarish algoritmlarining sifatiga bog‘liq bo‘ladi.
Kompyuterli ta’lim dasturlari, odatda ikki xil, ya’ni axborot ma’lumotli va nazorat ta’limiy
tartibda o‘qitish imkoniyatiga ega bo‘lgan turlarga bo‘linadi.
Ta’lim oluvchilarni masofadan turib o‘qitish mobaynida kompyuterlar ta’lim
oluvchilarning o‘z – o‘zining bilimini sinovida ya’ni joriy va oraliq baholashda muhim ahamiyat
kasb etadi.
Maxsus ishlab chiqariladigan uskunaviy vositalardan foydalanish kompyuterli ta’lim
dasturlarini yaratish jarayonini anchagacha yengillashtiradi. Ular yordamida kompyuter
texnologiyalaridan boxabar bo‘lgan tarix, adabiyot, huquq va boshqa fan o‘qituvchilari ham
bemalol ta’lim dasturini yaratish mumkin.
Chop etilgan materiallar audio va vidio yozuvlar bilan birgalikda o‘quv materialiga kirishni
kengaytirish va soddalashtirish, o‘quv materialini qulay va ko‘rgazmali tarkiblash uchun,
shuningdek, oson harakatlanishi (navigatsiya) uchun foydalaniladi.
Kompyuterli ta’limning sifati quyidagi ikki asosiy omil bilan aniqlanadi:
o‘qitish
dasturlarining mukammalligi;
hisoblash texnikasining mukammalligi va o‘qitish jarayonida foydalanishdagi
qulayligi.
Dostları ilə paylaş: