Tushuntirish darsi. Ma'lumki, maktabdagi ta'limning asoslaridan biri onglilik prinspidir.
Shunga ko’ra, ko’nikma va malakalarning shakllantirishning dastlabki bosqichi nazariy
masalalarni o’rganishdan iborat bo’lishi kerak. Bunda o’qituvchining materialni tushuntirishi
Tushuntirish darsining strukturasi, ya'ni undagi qismlarning o’zaro joylashuvi quyidagicha
1. Ilgari o’rganilgan materiallarga doir bilimlarni eslash (o’quvchilardan so’rash);
6. Darsni yakunlash.
Ana shu tipdagi darsning strukturasi elementlariga dars mavzusini e'lon qilish, uning
maqsadini ifodalash va vazifalarning qo’yilishini ham kiritish mumkin.
Bilimlar, ko’nikmalar va malakalarni mustahkamlash darslari. Bu tipdagi darsning
strukturasi quyidagi darsning asosiy elementlarini o’z ichiga oladi:
1. Nazariya bo’yicha bilimlarni eslash;
2. Mavzu bo’yicha ko’nikma va malakalarni rivojlantirish (mashqlar);
3. Darsni yakunlash;
4. Uyga vazifa berish.
Takrorlash darsi. Mustahkamlash va takrorlash darslari o’rtasida anchagina umumiylik
mavjud. Bu umumiylik, eng avvalo, mazkur darslarning vazifalari va strukturalariga taalluqlidir.
Shu bilan birga mustahkamlash va takrorlash darslari orasida tafovut ham bor. Shuningdek,
takrorlash darsida material to’liq emas, balki tanlab ko’rib chiqilgan, oldingi darslarda yetarlicha
o’zlashtirilmagan masalalar takrorlanadi. Materialni umumlashtirish va ko’nikma hamda
malakalarni takomillashtirish darslari.
Umumlashtirish darsining elementlari quyidagilardan iboratdir:
1. Umumlashtiruvchi materialga doir bilimlarni eslash;
2. Materialni umumlashtirish;
3. Nazariyani o’zlashtirilganini tekshirish;
4. Umumlashgan qoidani qo’llash namunasini ko’rsatish;
5. Mavzu bo’yicha ko’nikma va malakalarni takomillashtirish (mashqlar);
6. Darsning natijalarini yakunlash;
7. Uyga vazifa berish.
Bilim, ko’nikma va malakalarni tekshirish darsi (kontrol dars). Kontrol ish o’tkaziladigan
darsning strukturasi murakkab emas: o’qituvchi topshiriqlarni aytib turadi (yoki doskaga yozadi),
o’quvchilar ularni bajaradilar va dars oxirida ishlar yig’ib olinadi. Kontrol ishning savollari va
topshiriqlari shunday ifodalanishi kerakki, o’quvchilarning javoblaridan ular materialni
shunchaki eslab qolgani emas, balki ishning mohiyatini tushungani ham ko’rinib turishi lozim.
Dostları ilə paylaş: