Ta’limni tashkil etish turlari va shakllari. Dars — ta’jim tizimini tashkil etishning asosiy shakli sifatida. Reja



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/19
tarix02.04.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#115110
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Ta’limni tashkil etish turlari va shakllari

“Haqiqiy  g‘oyalar” deb nom olgan pedagogik tizimning asosiy tayanch nuqtasi  haqiqiy 

bilimlarni  o‘zlashtirishdan  iborat  bo‘lgan.  Abu  Ali  ibn  Sinoning  “Donishnoma”  va  “Bilimlar 

kitobi”  nomli  asarlarida  ham  mazkur  muammo  yechimiga  alohida  e’tibor  qaratilgan.  Ularda 

ta’kidlanishicha  haqiqiy  bilimlarni  o‘zlashtirishga  ikkita  to‘siq  halaqit  qiladi.  Ular:  so‘zlarning 

aniq emasligi; fikrlarning tushunarli emasligi. Qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etishda logika 

fani yutuqlari va ulardan iste’molda foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. 

Musulmon  mamlakatlarida  yoshlarni  o‘qitish  va  tarbiyalashda  ular  tomondan  arab  tilida 

yozilgan  “Qur’oni  Karim”ni  va  “Hadisi  Sharif”ni  yod  olinishi  bilim  egallashning  asosiy  sharti 

hisoblangan.  Bulardan  tashqari  o‘sha  paytda  bir  qator  maktablarda  fors  tili  ham  o‘rgatilgan. 

Yoshlar  asosiy  ta’limni  maktablar  –  boshlang‘ich  maktabdan  olganlar  va  unda  ilohiy  va 

muqaddas  kitobni  (“Qur’oni  Karim”ni  va  “Hadisi  Sharif”ni)  o‘qish,  yodlash  va  talqin  qilish 

mashg‘ulotlari,  shuningdek,  boshqa  manbalar  bo‘yicha  ham  o‘qish,  yozish  va  hisoblash 

tafakkurini shakllantirish faoliyatlari amalga oshirilgan. 

Demak,  dogmatik  o‘qitishda  yoshlarning  asosiy  faoliyatlarini  tinglash,  o‘qish,  yod  olish, 

eslab qolish va matnni so‘zma – so‘z takrorlashlar tashkil etgan. 

Yoshlarning  oliy  ma’lumot  olishi  o‘sha  davrlardagi  nufuzli  madrasalarda  amalga 

oshirilgan. Movarounnahrdagi eng yirik o‘quv maskanlari sirasiga Samarqand, Buxoro, Urganch 

va G‘ijduvondagi  madrasalarni  kiritish mumkin.  Bu ma’rifiy markazlarining  rivojlanishi XV  – 

XVII  asrlarga  to‘g‘ri  keldi.  Madrasalarda,  o‘qitish  fors  tilida  olib  borilgan.  Ularda  ta’lim 

oluvchilar majburiy tarzda arab tilini ham o‘rganganlar. 

Madrasalar  o‘quv  rejasiga  grammatika,  Qur’oni  Karim,  Hadisi  Sharif,  ritorika,  logika, 

metafizika,  geologiya,  adabiyot,  ilmi  hujum,  huquqshunoslik,  riyoziyot,  handasa,  jug‘rofiya  va 

shu  kabi  fanlar  kirgan.  O‘qitish  asosan  og‘zaki  shaklda  olib  borilgan.  Ulardagi  o‘quv 

adabiyotlari asta – sekin ancha ko‘p qirrali, turli – tuman bo‘lib boravergan. 

Dogmatik  o‘qitish  o‘rniga  asta  –  sekin  o‘quv  jarayonida  ko‘rgazmalilikni  keng  jalb  etish 

natijasida  tushuntirish,  tushuntirish  –  namoyish  etish  kabi  ta’lim  shakllari  qo‘llanila 

boshlandi. 

Hozirgi  vaqtda,  Respublikamizda  faoliyat  yuritayotgan  zamonaviy  ta’lim  muassasalarida 

ta’limning eng muhim quyidagi uch turidan foydalanilmoqda: 




 


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin