Ta’limni tashkil etish turlari va shakllari. Dars — ta’jim tizimini tashkil etishning asosiy shakli sifatida. Reja


Dasturiy  ta’lim  (Dasturlashtirilgan  ta’lim)



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/19
tarix02.04.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#115110
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Ta’limni tashkil etish turlari va shakllari

Dasturiy  ta’lim  (Dasturlashtirilgan  ta’lim)  harakat  (operatsiya)  lar  ketma  –  ketligi 

tizimini  ifodalovchi,  ularni  bajarish  oldindan  rejalashtirilgan  natijaga  olib  keluvchi  “dastur” 

terminidan kelib chiqadi. 



Dastur  –  bajariladigan  ish  yoki  biror  faoliyat  rejasi  bo‘lib,  uning  yordamida  ta’lim 

oluvchilarga ta’lim – tarbiya berishda o‘quv rejasi va dasturlarini og‘ishmay amalga oshirilishida 

zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanishga keng imkoniyatlar yaratadi. 

Dasturlashtirilgan ta’lim – o‘quv jarayonini muayyan tartib (dastur) asosida tashkil etishga 

mo‘ljallangan  bo‘lib,  uning  yordamida  o‘quv  jarayonini  olib  borishning  optimal  variantlariga 

erishiladi.  U  kibernetika,  informatika,  matematik  logika,  hisoblash  texnikasi  asoslari  va 

psixologiya fanlarining samarali tamoyillari va murakkab tizimlaridagi boshqarish vositalarining 

pedagogikada  joriy  etilishi  natijasi  ko‘rinishida  XX  asrning  50  yillarida  paydo  bo‘ldi. 

Dasturlashtirilgan ta’lim o‘quv materialini kichik – kichik qismlarga bo‘lish, ushbu qismlarning 

biridan  ikkinchisiga  o‘tish  tartibi  (qoidalari)  ni  belgilash,  xususan,  har  bir  qismni  o‘zlashtirish 

yuzasidan  aniq  ko‘rsatmalar,  topshiriqlar  berish,  o‘z  –  o‘zini  nazorat  qilishni  ta’minlash  kabi 

yo‘llar  bilan  amalga  oshiriladi.  U  ta’lim  oluvchining  bilim  egallashi  yo‘lida  har  bir  qadamni 

nazorat  qilishga  imkon  beradigan  va  shuning  asosida,  o‘z  vaqtida  yordam  ko‘rsatish, 

qiyinchiliklarni  oldini  olish,  qiziqishini  yo‘qotmaslik  va  salbiy  oqibatlarning  oldini  olishga 

imkon beruvchi o‘quv jarayonining texnologiyasini yaratishga yo‘naltiriladi. 

Dasturiy ta’limning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat: 

 

o‘quv materialining alohida qismlarga ajratilishi; 



 

o‘quv  jarayonining  bilimlarini  o‘zlashtirish  bo‘yicha  bilimlarning  muayyan  miqdorlari 



(bo‘laklari) va  fikrlash (mantiqiy)  amallaridan iborat  bo‘lgan ketma  – ket bosqichlardan iborat 

bo‘lishi; 

 har bir bosqichning nazorat bilan yakunlanishi



 nazorat  topshiriqlarini  to‘g‘ri  bajargan  ta’lim  oluvchining  yangi  materialni  o‘zlashtirish 

uchun olish imkoniyati va navbatdagi bosqichni bajarishga kirisha olish

 



to‘g‘ri  javobni  topishda  ta’lim  oluvchining  yordamchi  va  qo‘shimcha  tushuntirishlarni 

olishi; 


 har bir ta’lim oluvchining mustaqil ishlashi, intellektual salohiyati yetarli bo‘lgan mavzular 

bo‘yicha o‘quv materiallarini o‘zlashtirishi; 

 



natijalar  monitoringi,  ya’ni  barcha  nazorat  topshiriqlari  bajarilishi  natijalarining  qayd 

etilishi; 

 

ta’lim  jarayonida  ta’lim  beruvchining  ta’lim  tashkilotchisi  va  lozim  topilganda  mazkur 



jarayonda maslahatchi (boshqaruvchi) sifatida ishtirok etishi  va individual  yondashuvni amalga 

oshirishi; 

 

ta’lim  jarayonida  o‘qitishning  o‘ziga  xos  vositalarining  keng  qo‘llanilishi  (kompyuterli 



o‘rgatuvchi  dasturlar,  intellektuallashtirilgan  dasturlar,  kasbiy  kompyuterli  o‘yinlar,  trenajerlar, 

nazorat qilish qurilmalari, o‘qitish mashinalari va shu kabilar). 




Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin