Buddizm yoki Buddaviy dini -dharmikdin hamda falsafiy oqimdir. U shuningdek Budda Dharma (sanskrit tilida "Uygʻonganning ta’limoti") deb ham ataladi.
Buddaviy dini payg'ambari - mil. avv. V asrda Siddharta Gautama; keyinchalik Gautamani "Budda" - uni maqomi bilan atay boshlashgan.
Buddizm asoschisining shaxsi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Buddizm tarixi tadqiqotchilari mavjud manbalar asosida bu oqim asoschisi real tarixiy shaxs ekanligini taʼkidlaydilar. Bu taʼlimot toʻgʻrisida xabar beruvchi adabiyotlarda u Siddxartxa, Gautama (Gotama), Shakyamuni, Budda, Tadxagata, Jina, Bxagavan kabi ismlar bilan zikr etiladi. Bu ismlar maʼnolari quyidagicha: Siddxartxa — shaxsiy ism, Gautama — urugʻ nomi, Shakyamuni — "Shakya qabilasidan chiqqan donishmand", Budda — "nurlangan", Tadxagata — "shunday qilib, shunday ketgan", Jina — "gʻolib", Bxagavan — "tantana qiluvchi". Ular ichida eng mashhuri "Budda" boʻlib, shundan ushbu dinga buddizm nomi berilgan.
Taʼlimoti[tahrir | manbasini tahrirlash]
Buddizm taʼlimoti, asosan, uch qismdan iborat: 1) axloq; 2) meditatsiya; 3) donolik.
1. Axloq normalari — "Pancha shila" (Buddaning besh nasihati):
qotillikdan saqlanish;
oʻgʻrilikdan saqlanish;
gumrohlikdan saqlanish;
yolgʻon, qalbaki narsalardan saqlanish;
mast qiluvchi narsalardan saqlanish.
2. Meditatsiya.
toʻgʻri tushunish (toʻgʻri eʼtiqod qilish) — Buddaning birinchi daʼvatida soʻz yuritilgan toʻrt haqiqatni bilish va unga ishonish;
toʻgʻri niyat qilish — dunyoviy lazzat-halovatlardan xalos boʻlishga, keraksiz fikrlar va boshqalarga zarar yetkazib qoʻyishdan saqlanishga intilish;
oʻzini toʻgʻri tutish — oʻziniki boʻlmagan narsaga koʻz olaytirmaslik, ortiqcha hissiyotga berilmaslik;
toʻgʻri anglash — oʻz tanasi va ruhiga oʻzini yoʻqotib qoʻymaydigan darajada nazoratda boʻlish hamda bunda ehtiroslar va iztiroblarga chek qoʻyish;
toʻgʻri harakat qilish — oʻzidagi yomon tuygʻularni jilovlash hamda ezgu tuygʻular va harakatlarni rivojlantirish;
toʻgʻri hayot kechirish — noʼmaqul hayot tarzidan saqlanish;
toʻgʻri fikr yuritish — kamolotning toʻrt bosqichini ketma-ket bosib oʻtish;
toʻgʻri gapirish — yolgʻondan, tuhmatdan, haqoratdan va befoyda gaplardan saqlanish.
3. Donishmandlik — bu buddizmning asosiy maqsadi boʻlib, narsalar tabiatini toʻgʻri tushunishdan iborat.
Yuqorida koʻrsatilgan uch amaliyot bosqichini oʻtagan inson oxir-oqibat oliy saodatga, yaʼni nirvana holatiga erishadi. Nirvana soʻzining lugʻaviy maʼnosi — "oʻchish, soʻnish". Unda hayotning har qanday koʻrinishiga intilish yoʻqoladi.