Tana skeleti Umurtqalar Qovurg‘alar


QOVURG‘ALARNING UMURTQALAR VA TO‘SH SUYAGI BILAN QO‘SHILISHI



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə11/13
tarix12.05.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#126783
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Muskullar haqida ta’limot umumiy ma’lumotlar

QOVURG‘ALARNING UMURTQALAR VA TO‘SH SUYAGI BILAN QO‘SHILISHI
(rasm)




rasm. Qovurg‘a-umurt-qa-to‘sh bo‘g‘imlari va boy-lamlari (tepadan ko‘rinishi).
1–processus transversus; 2–capsula articulationis capitis costae; 3–corpus costae; 4–ligg. sternocostalia radiata; 5–membrana sterni; 6–corpus sterni; 7–cartilago costalis; 8–caput costae; 9–articulatio costotransversaria; 10–angulus costae.

Qovurg‘alar orqa uchi (boshchasi) va do‘mboqlaridagi bo‘g‘im yuzalari bilan ko‘krak umurtqalari, ustma-ust turgan tanalarining oralig‘i va ko‘ndalang o‘siqlardagi yuzalarga qo‘shilib bo‘g‘im hosil qiladi.
Qovurg‘alar boshchasi bo‘g‘imi (articulatio capitis costae) qovurg‘aga boshchalaridagi bo‘g‘im yuzalari (facies articularis capitis costae) bilan umurtqa tanalaridagi yuqori va pastki yarim chuqurchalar (fovea costalis) orasida hosil bo‘ladi. Har bir qovurg‘a (II–X qovurg‘alarda) bo‘g‘imi ichida boylam (lig. capitis costae interarticulare) bo‘lib, qovurg‘a boshchasidagi qirradan boshlanadi va umurtqa oraliq disklariga yopishadi. Lekin bu boylam I, XI va XII qovurg‘alarda bo‘lmaydi. Har bir qovurg‘a bo‘g‘im kapsulasining tashqi tomonidan nur kabi tarqaladigan boylam (lig. capitis costae radiatum) dan boshlanib, ikki umurtqa tanasining yon tomonlariga va umurtqalar orasidagi tog‘ay diskka tarqalib yopishadi.
Qovurg‘a do‘mboqchalar bilan umurtqa ko‘nda-lang o‘sig‘i orasidagi bo‘g‘im (articulatio costotrans-versria) qovurg‘alar do‘mboqlarining bo‘g‘im yuzalari (facies articularis tuberculi costae) bilan umurtqalar ko‘ndalang o‘sig‘ida joylashgan qovurg‘a chuqurchasi orasida bo‘ladi. Bo‘g‘im xaltasining orqasida qovurg‘a do‘mboqchasi bilan umurtqa ko‘ndalang o‘sig‘i orasida tortilgan boylam – lig. costotransversarium bo‘g‘imni mustahkamlab turadi.
Qovurg‘a – umurtqa bo‘g‘imlari uyg‘un bo‘g‘imlar bo‘lib, ular bir vaqtda bir xil harakatda (qovurg‘alarning ko‘tarilishi va tushishi) bo‘ladi.
Qovurg‘alarning oldingi uchlari qovurg‘a tog‘ayidan iborat bo‘lib, birinchi yetti jufti to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘sh suyagining yonboshiga birlashsa, keyingi VIII, IX, X juft qovurg‘a tog‘aylari bir-biriga tutashib, qovurg‘a ravog‘ini hosil qiladi, so‘ngra to‘sh suyagiga birlashadi. XI va XII juft qovurg‘alarning uchlari qorin devori muskullari oralig‘ida erkin qoladi. Jumladan I qovurg‘a tog‘ayi to‘g‘ridan-to‘g‘ri sinxondroz bo‘lib, to‘sh suyagiga qo‘shiladi. II–VII qovurg‘alar tog‘ay qismining to‘sh suyagidagi qovurg‘alar o‘ymasiga to‘sh-qovurg‘a bo‘g‘im (art. sternocostales) hosil qilib qo‘shiladi. Bo‘g‘imlar kapsulasi suyak ustki pardalari hisobidan bo‘lib, nur kabi tarqalgan boylam (ligg. sternocostalia radiata), bo‘g‘imni old va orqa tomondan mustahkamlaydi. Nursimon boylamning oldingi qismi to‘sh suyagi ustki pardasi bilan qo‘shilib, to‘sh membranasi (membrana sterni) ni hosil qiladi.
II qovurg‘a bo‘g‘imi kapsulasi bo‘shlig‘ida to‘sh-qovurg‘a bo‘g‘imi ichkarisidagi boylam (lig. sternocostale intraarticulare) joylashgan.
Yolg‘on (VIII–X) qovurg‘alarning tog‘ay qismlari bir-biriga yonboshlab qo‘shiladi. Ba’zan shu tog‘aylar orasida bo‘shliq – tog‘aylar oraliq bo‘g‘imi (art. interchondrales) uchraydi. Bularning bo‘g‘im kapsulasi suyakning ustki pardasida joylashadi.
Qovurg‘alarning old qismlari orasida tashqaridan ichkariga, tepadan pastga yo‘naluvchi tashqi qovurg‘alar oraliq membrana (membrana intercostalis externa) bo‘lsa, qovurg‘alarning orqa qismida pastdan yuqoriga va orqaga yo‘naluvchi qovurg‘alar oraliq ichki membrana (membrana intercostalis interna) joylashgan.



Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin