qovurg‘alar (costae spuriae) deb ataladi. Qolgan XI va XII juft qovurg‘alarning tog‘aylari esa hech qayerga yopishmasdan qorin muskullarining oralarida erkin joylashgan. Shu sababli juda harakatchan bo‘ladi. Ular yetim qovurg‘alar (costae fluctuantes) deb ataladi. Qovurg‘alarning oldingi, orqa uchlari
va bularning oraliq qismi, tanasi bor. Qovurg‘aning orqa uchida yo‘g‘onlashgan boshchasi (caput costae) bor. II–X qovurg‘alar boshchasi umurtqalar oraliq chuqurchalariga qo‘shilgani uchun ularning bo‘g‘im yuzalari qirra (crista capitis costae) bilan ikkita bo‘g‘im yuzasiga ajralgan. I, XI va XII qovurg‘alar boshchalarida qirra bo‘lmaydi, chunki umurtqa tanasidagi butun bo‘g‘im chuqurchalari bilan qo‘shilgan bo‘ladi. Qovurg‘a boshchasi ingichkalashgan bo‘yin (collum costae) qismiga o‘tadi. Bo‘yin qismining
qovurg‘a tanasiga o‘tish chegarasida do‘mboqcha (tuberculum costae) ko‘rinadi. I–X qovurg‘alar do‘mboqchalaridagi bo‘g‘im yuzlari
18-rasm. Sakkizinchi o‘ng qovurg‘a (costa VIII). Ichki yuzasi.1 –
caput costae; 2 – collum costae; 3 – facies articularis capitis costae; 4 –
crista capitis costae; 5 – corpus costae; 6 – sulcus costae.
(facies articularis tuberculi costae) ikki qismga ajralgan bo‘lib, ularning pastki qismi umurtqalar ko‘ndalang o‘siqlaridagi bo‘g‘im chuqurchalariga qo‘shilib turadi. Do‘mboqchalar bo‘g‘im yuzalarining yuqori qismlariga esa boylamlar yopishadi. XI–XII qovurg‘alardagi do‘mboqchalar unchalik rivojlanmagan, bo‘g‘im yuzalari bo‘lmaydi. Qovurg‘a tanasida (corpus costae) tashqi,
ichki yuzalari, tepa va pastki chekkalari bor. Birinchi qovurg‘aning, aksincha yuqori va pastki yuzalari, ichki va tashqi chekkalari bo‘ladi. Qovurg‘a tanasi bir oz bukilib qovurg‘a burchagi (angulus costae)ni hosil qiladi. Ko‘pchilik qovurg‘alar ichki yuzasining pastki chekkasiga yaqin joyida qovurg‘a egatchasi (sulcus costae) (nerv va tomirlar uchun) joylashgan. Qovurg‘alarning shakli va uzunligi ko‘krak qafasining tuzilishiga hamda shakliga bog‘liq. Qovurg‘alarning uzunligi I dan VII qovurg‘agacha orta borib, VIII qovurg‘adan oxirgi XII qovurg‘agacha qisqarib kamayadi.
Birinchi qovurg‘a boshqa qovurg‘alardan uning yuqori yuzasida narvonsimon muskul do‘mbog‘i (tuberculum musculi scaleni anterioris) bor. Do‘mboq oldida o‘mrov osti vena egati – sulcus venae subclaviae, do‘mboq orqasida esa o‘mrov osti arteriya egati – sulcus arteriae subclaviae bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: