Fanning maqsadi mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida yuz bergan muhim o‘zgarishlar, tub islohotlarning mazmun-mohiyatini ko‘rsatish va jamiyat hayotida aholining, jumladan, talaba-yoshlarning o‘rnini, o‘zligini anglatishdan iborat
Fanning maqsadi mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida yuz bergan muhim o‘zgarishlar, tub islohotlarning mazmun-mohiyatini ko‘rsatish va jamiyat hayotida aholining, jumladan, talaba-yoshlarning o‘rnini, o‘zligini anglatishdan iborat
1991-yil 21- avgustda O‘zbekiston Prezidentining Farmoni bilan GKCHPning O‘zbekiston Konstitutsiyasi va qonunlariga zid keladigan qarorlari noqonuniy deb e’lon qilindi. 1991-yil 25-avgustda Prezident Farmoni bilan respublika IIV va DXQ qonuniy ravishda O‘zbekiston tasarrufiga olinishi, 26-avgustda O‘zbekiston SSR Oliy Soveti tomonidan O‘zbekistonning Davlat mustaqilligi to‘g‘risida qonun loyihasining tayyorlanishi va 31- avgustda O‘zbekiston SSR Oliy Soveti sessiyasining chaqirilishi o‘zbek xalqi tarixiga oltin sahifalar bo‘lib kirdi.
O‘zbekistonning mustaqilligi yo‘lidagi yana bir muhim qadam O‘zbekiston SSR Oliy Kengashning XII chaqiriq ikkinchi sessiyasida (1990-y. 20-iyun) qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi «Mustaqillik Deklarasiyasi»dir.
Mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistondagi ijtimoiy siyosiy jarayonlar. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan iborat
Qonunchilik palatasi (quyi palata)
Senat (yuqori palata)
O’zbekiston respublikasi oliy majlisi demokratik o’zgarishlar bosqichida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati vakolat muddati - besh yil. Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning X sessiyasi (2002-yil 12-dekabr) “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to’g’risida” va “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to’g’risida”gi Konstitutsiyaviy Qonunlarning qabul qilinishi bilan ikki palatali parlament shakllantirishning asosiy huquqiy asoslarini yaratish jarayoni muhim ahamiyat kasb etdi.