Taqdimot ishi


Transformatorlar nimstansiyalari



Yüklə 75,67 Kb.
səhifə3/3
tarix17.04.2023
ölçüsü75,67 Kb.
#125514
1   2   3
Korxonalarning elektr ta’minoti asoslari

Transformatorlar nimstansiyalari kuchaytiruvchi va pasaytiruvchi bo’ladi.
Kuchaytiruvchi nimstansiyalar elektr energiyasini yuqori kuchlanishlarda uzatish maqsadida elektr stansiyalar yoniga quriladi.
Pasaytiruvchi nimstansiyalar esa iste’molchiga yakin joyda quriladi. Ta’minlovchi yuqori kuchlanishli liniya kuchlanishini iste’molchilar kuchlanishi (0,4/0,23 kV)gacha pasaytirib beradigan nimstansiya iste’molchi nimstansiya deb ataladi. Qishloq xo’jaligi xududlarida ochiq (minorali, yig’ma) va yopiq uch fazali va bir fazali transformatorli nimstansiyalar qo’llaniladi.
Transformator nimstansiyalarida kullaniladigan uch fazali kuch tranformator-lari po’lat listlardan yig’ilgan o’zakdan xamda birlamchi va ikkilamchi chulg’amlardan iborat bo’ladi. O’zak xamda chulg’amlar moy tulgazilgan metall bakka joylashtiriladi. Moy transformator izolyasiyasini elektr mustaxkamligini oshiradi vachulg’amlarni sovutishni yaxshilaydi. Elektrotexnika sanoati kuyidagicha rusumli transformatorlarni ishlab chikaradi: 25; 40; 63; 100; 160; 250; 400; 630; 1000; 2500; 4000; 6300; kV A va boshka.
3. Yuqori va past kuchlanishli elektr tarmoqlari.
Elektr energiyasi elektrostansiyalardan iste’molchilarga yuqori kuchlanishli (1000 V dan yukori) va past kuchlanishli (1000 V gacha) liniyalar orqali uzatiladi. Eelktr ta’minoti tizimida 6, 10, 20 va 35 kV li yuqori kuchlanishli uch simli xavo tarmoqlari xamda 380/220 V kuchlanishli erga ulangan nul simli past kuchlanishli (xavo va kabel) tarmoqlari quriladi.
Xavo liniyalarini asosiy elementlariga tayanchlar, simlar, izolyatorlar va armatura kiradi. YOg’ochli yoki temir beton tayanchlarga simlar osiladi. Xavo tarmoqlari uchun quyidagi simlar ishlatiladi; ochik alyuminiyli (A), po’lat – alyuminiyli (AS), po’lat ko’psimli (PS, PSM) va bir simli (PSO). Xavo liniya (tarmoq)larini kesim yuzalari qizishni ruxsat etilgan qiymati, kuchlanishni yo’qolishi va mexanik bikrligining xisobi bo’yicha topiladi. Masalan, kuchlanish yo’qolishini ruxsat etilgan miqdori (2…3 %)ni belgilab uch fazali tarmoq faza simi kesim yuzasini kuyidagi formuladan topish mumkin.
mm2,
bunda -simni solishtirma qarshiligi, Om, R–yuklama quvvati Vt, -liniya uzunli gi m, U–tarmoq nominal kuchlanishi V, ∆U–kuchlanish yo’qolishini ruxsat etilgan qiymati V. Bir fazali tarmoq simini kesim yuzasi quyidagicha topiladi.


Simlarni qizishi bo’yicha kesim yuzasini topishda avvalo yuklama toki topiladi, so’ngra ushbu tok bo’yicha ma’lumotnomadan maqbul standart kesim yuzasi aniqlanadi. Bunda quyidagi shart bajarilishi kerak: simni standart kesim yuzasi toki In yuklamani xisoblangan toki Iyu dan katta bo’lishi shart In> Iyu.Ma’lumki, elektr qurilmalarini ishlatish jarayonida quvvat koeffitsenti Sosφ yuklamani miqdoriga va xarakteriga qarab o’zgaradi. Quvvat koeffitsentini oz miqdorlarida simlardagi isroflar ko’payadi, ammo isroflarni o’zgartirmasdan ushlab turish uchun esa sim kesim yuzasini oshirish kerak bo’ladi. Demak, quvvat koeffitsenti Sosφ – elektr energiyasidan okilona foydalanish ko’rsatkichi xisoblanadi. YAna Sosφ ni past bo’lishi iste’molchi tokini ortishiga olib keladi, bu o’z xolatida yuklama tokini oshishiga, isroflarni ko’payishiga, sim kesim yuzasini katta bo’lishiga olib keladi. Sosφ ni oshirish usullari quyidagilar:
- elektrodvigatel quvvati ishchi mashina quvvatiga to’g’ri kelishi kerak;
- ishchi mashinalarga aylanish chastotasi yuqori bo’lgan dvigatel tanlash kerak;
- elektrodvigatellarni nominal yuklamada ishlashini ta’minlash kerak;
- elektrodvigatellarni yuklamasiz ishlashini cheklash lozim;
Yüklə 75,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin