Taqdimotchi: 2-sirtqi ta’lim, mmt 77-2 guruh talabasi Muratov Sardor Alijon o’g’li elastiklik nazariyasini amaliyotda qo’llanilishi


Taklifning yoysimon oʻzgarishi — taklif funksiyasining narx va boshqa koʻrsatkichlarga taʼsir darajasi



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə5/7
tarix13.12.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#140544
1   2   3   4   5   6   7
Muratov Sardor Alijon o\'g\'li 3

Taklifning yoysimon oʻzgarishi — taklif funksiyasining narx va boshqa koʻrsatkichlarga taʼsir darajasi.

Iqtisodiyotda oʻzgarishlar asosan funksiyalar koʻrinishida berilganligi uchun, quyidagi hosila olish formulasi orqali funksiyaning umumiy elastikligini (uning qiyaligini) aniqlash mumkin:


1.3-rasm. Taklif elastikligining 3 xil koʻrinishi, Engel egri chiziqlari

Elastiklik koʻrsatkichlari

Jadvaldan koʻrish mumkinki, uzoq muddatda deyarli barcha tovarlarning elastikligi ortadi. Quyida baʼzi tovarlar elastikligi sharhi keltirilgan. Aviachiptalar (biznes-klass). Biznes-klass xizmatlaridan foydalanuvchi isteʼmolchilarning xarid qobiliyati yuqoriligi, bu xizmatdan olinadigan naflilik darajasi sarflangan xarajatdan yuqori boʻlganligi va boshqa klassda uchishi uning obroʻsiga putur yetkazib qoʻyishi mumkinligi uchun bu

Aviachiptalar (ekonom-klass). Ekonom-klass xizmatidan foydalanuvchi isteʼmolchilarning xarid qobiliyati pastroq boʻladi va shu sababli, ularning narxga sezuvchanligi biznes-klassga nisbatan 3 barobar yuqori. Bu xizmatdan foydalanuvchi isteʼmolchilar chiptani oldindan buyurtma qilishi, narx oshganida esa alternativ yetib olish xizmatlaridan foydalanishi mumkin (masalan, mashina, tezyurar poyezd yoki avtobus). Aviachiptalar (turizm). Turistlar eng arzon biletni oldindan topishi, oʻzi vaqtni belgilashi osonroq. Bundan tashqari turistik reyslar ixtiyoriy qaror boʻlib, biznes va ekonom-klassdan farqli ravishda faqat dam olishni koʻzlaydi. xizmatning elastikligi past.

Avtobus chiptalari. Avtobus xizmatlari eng arzon, ommabop transport xizmati boʻlganligi va uning oʻrinbosarlari narxi nisbatan qimmatligi sababli past elastiklikka ega. "Ford" avtomobili. Yengil avtomobillar bozori monopolistik raqobat hisoblanganligi uchun, isteʼmolchilar „Ford“ avtomobilidan voz kechib, osongina boshqa tovar markasini sotib olishlari mumkin. Benzin (qisqa va uzoq muddatda). Benzin narxi oshgach, avtomobil egalari mashinadan foydalanishni qisqa muddatda toʻxtatishmaydi. Lekin uzoq muddatda koʻp benzin sarflovchi mashinani kamroq benzin sarflovchi mashinaga almashtirishadi. Elektr energiyasi ham xuddi shu mexanizmda ishlaydi. Tibbiyot sugʻurtalari. Tibbiyot sugʻurtalari hozirgi rivojlangan davlatlarida, ayniqsa AQShda katta talabga ega. Rivojlangan davlatlarda tibbiyot xizmatlari isteʼmolchi daromadining katta qismiga tengligi sababli, isteʼmolchilar ratsional tarzda tibbiyot sugʻurtalari xizmatlaridan foydalanishadi. Doktor qabuliga borish. Inson koʻproq daromad olishi, umuman yashashi uchun sogʻlik darajasi muhimdir. Shu sababli doktor qabuliga borish deyarli hech qachon voz kechilmaydi. Maʼlum tovar aholi orasida milliy taom hisoblanib, qanchalik keng tarqalgan boʻlsa, undan voz kechish shunchalik qiyin boʻladi. Yaponiyada guruch aynan shunday tovar hisoblanadi, bundan tashqari Yaponiya aholisi boy aholi toifasiga kiradi[44]. AQSh aholisi ham boy, lekin AQShda guruch unchalik mashhur emas. Xitoydagi aholi esa rivojlangan davlatlardan 3 barobarga kambagʻalroq[45]. Bangladeshda esa guruch ancha mashhur tovar, ammo davlat aholisi yuqoridagi davlatlar aholisidan ancha kambagʻal.


Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin