Narxga bogʻliq talab elastikligi tovar narxining bir foizga oʻzgarishi unga boʻlgan talabning necha foizga oʻzgarishini koʻrsatadi. Agar tovar narxining 10 foizga kamayishi sotuv hajmini 20 foizga oshirsa, bunday tovar elastik hisoblanadi. Narxga bogʻliq talab elastikligi deyarli har doim (Giffen samarasi va Veblen samarasi bundan mustasno) musbat va manfiy qiymatni qabul qilganligi uchun elastiklik darajasi ham manfiy hisoblanadi.
Narxga bogʻliq taklif elastikligi tovar narxining bir foizga oʻzgarishi, unga boʻlgan talabning necha foizga oʻzgarishini koʻrsatadi. Agar tovar narxining 10 foizga kamayishi, taklif etiluvchi tovarlar hajmini 20 foizga kamaytirsa, bunday tovar elastik hisoblanadi.
A tovar narxining oʻzgarishi B tovarga boʻlgan talab yoki taklifning oʻzgarishiga olib kelsa, bu oʻzgarishlarning nisbati kesishgan elastiklik deyiladi. Baʼzi tovarlarning narxi oʻzgarishi nafaqat oʻsha tovarning oʻziga, balki boshqa tovarlarga ham (oʻrinbosar va toʻldiruvchi tovarlar) taʼsiri bor hisoblanadi. Masalan, benzin narxining oshishi vaqt oʻtishi bilan avtomashinalar sotuviga taʼsir oʻtkazadi (yaʼni, kamroq benzin sarf qiluvchi mashinalar sotib olishadi yoki umuman avtomobildan voz kechishadi. Benzin va avtomashinalar toʻldiruvchi tovarlar boʻlgani uchun, ular oʻrtasidagi bogʻliqlik teskari hisoblanadi. Lekin, tovarlar oʻrinbosar boʻlsa, ular oʻrtasidagi bogʻliqlik toʻgʻri boʻladi. Masalan, mol goʻshti narxining oshishi, qoʻy goʻshtiga taklif oshishiga olib kelishi mumkin.
Elastiklikni hisoblashning eng oddiy usuli hisoblanib, koʻpincha sodda 2 ta oʻzgaruvchilar (narx va talab/taklif, daromad va talab) yordamida aniqlanadi. Masalan, aholi daromadining 40 foizga oshishi, mashina sotib olishni 10 foizga oshirdi. Bu yerda mashina noelastik tovar hisoblanadi. Yoysimon elastiklik — keskin bir omil oʻzgarishining ikkinchi omilga taʼsirining oʻrtacha koʻrsatkichi hisoblanadi. Yaʼni, agar burger narxi 2 dollardan 4 dollarga oshganida (100 foizga), talab hajmi 1000 tadan 500 taga tushsa (50 foizga), elastiklik 50/100=0,5 ni tashkil etadi. Lekin narx 4 dollardan yana avvalgi 2 dollarga arzonlasa (50 foizga kamaysa) va talab hajmi avvalgi holiga qaytsa (yaʼni 100 foizga oshsa) bu holatda elastiklik 100/50=2 ni tashkil etadi. 0,5 va 2 koeffitsiyentlari orasidagi farq katta boʻlganligi uchun iqtisodchilar oʻrtacha qiymatni olishadi va yoysimon elastiklikdan foydalanishadi. Talabning yoysimon oʻzgarishi — talab funksiyasining narx, daromad va boshqa omillar oʻzgarishiga taʼsirchanlik darajasidir.