Taqdimotchi: 2-sirtqi ta’lim, mmt 77-2 guruh talabasi Muratov Sardor Alijon o’g’li elastiklik nazariyasini amaliyotda qo’llanilishi


-rasm. Narxga bogʻliq talab elastikligi



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə6/7
tarix13.12.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#140544
1   2   3   4   5   6   7
Muratov Sardor Alijon o\'g\'li 3

1.4-rasm. Narxga bogʻliq talab elastikligi.

Tovarga bo‘lgan talab uning bahosiga, iste’molchining daromadiga va boshqa tovarlarning bahosiga bog'liq. Xuddi shunga o‘xshash, taklif ham shu tovarning bahosiga, uni ishlab chiqarish xarajatlariga bog‘liq. Masalan, choyning narxi oshsa, unga bo'lgan talab kamayadi va taklif hajmi o‘zgaradi. Lekin ko‘pincha taklif va talab miqdorining o‘sishi yoki kamayishini bilm oqchi bo‘lishadi. Xaridorni choyning bahosini o'zgarishi ta’sirida sezuvchanligi qancha bo'ladi? Agar baho 10% oshsa, talab qanchaga o'zgarishi mumkin? Agar iste’molchi daromadi 5% oshsa talab qanday o'zgaradi? Shunday savollarga javob berish uchun iqtisodchilar elastiklik tushunchasidan foydalanadilar. Elastiklik — bir o‘zgaruvchan miqdorning boshqa miqdorda o‘zgarishiga ta’sir etish me’yoridir. Ayrim turdagi mahsulotlarga talabning mavjudligiga iste’molchilarning bahoni o'zgarishiga bo'lgan nisbatan sezuvchanligi xos. Bahoning bir muncha o'zgarishi xarid qilinadigan mahsulotlar miqdorini juda ko'p miqdorda o'zgartiradi. Bunday mahsulotlarga bo'lgan talab, «nisbiy o'zgaruvchanlik» yoki «o'zgaruvchanlik» — talabning baho ta’sirida o'zgaruvchanligi yoki elastikligi deb ataladi. Boshqa mahsulotlarga qo'yilgan bahoning o'zgarishiga ite’molchilar nisbatan befarq qaraydilar, ya’ni bahoning o'zgarishi xarid qilinadigan tovarlar miqdorini unchalik ko'p o'zgartirmaydi. Bunday hollarda talab nisbatan o'zgaruvchan emas yoki o'zgaruvchan bo'lmaydi. Iqtisodchilar baho ta’sirida elastiklik yoki noelastiklik darajasini quyidagi koeffitsiyent yordamida o'lchaydilar.

Iste’molchilarning sezuvchanlik darajasini o‘lchash uchun mutlaq miqdorlar o'rniga foiz o'lchovlarini qo'llashning ma’nosi nimada? Javob: absalyut miqdordan foydalanishda xaridorlaming sezuvchanlik darajasiga xohlagan o'lchov birligini ixtiyoriy ravishda tanlashi mumkin. Buni quyidagi misolda ko‘rish mumkin: Agar qandaydir X mahsulotning bahosi 3000 so'm dan 2000so'mga tushgan bo'lsa, buning natijasida ist’molchilar o'zlarining tovar sotib olish miqdorini 60 kg. dan 100 kg. ga oshiradilar. Shundan bilinadiki, iste’mochilarning baho o'zgarishiga bo'lgan sezuvchanligi ancha yuqori. Bunda talab ham o'zgaruvchan bo'lib chiqadi. Haqiqatan ham bahoning bir birlikka o'zgarishi talab qilinayotgan mahsulot hajmini 40 birlikka o'zgartirib yuboradi. Agarda qabul qilingan 1000 so'm o'lchov birligi «foiz» deb qabul qilinsa, unda bahoni 100 birlik o'zgarishi talab qilinayotgan mahsulot miqdorini atigi 40 birlikka o'zgartirishini ko'rish mumkin. Natijada talab elastiklik bo'libchiqadi. Foiz hisobidagi o'zgarishlar bunday m uam m olardan qutilish imkonini beradi. Bu misolda m ahsulot bahosi 33% ga pasaydi. Talabning bahoga bog'liqligi tufayli bo'ladigan elastikligi odatda nisbiy miqdordir. Tovarning bahosi oshganda talab qilinadigan tovar miqdori odatda kamayadi va shuning uchun nisbiy miqdor bo'ladi. Demak, natijada elastiklik koeffitsiyenti (Ed) nisbiy miqdordir. Aksincha, baho oshgan hollarda formulaning sur’ati nisbiy, maxraji esa ijobiy bo'lib, u yana nisbiy koeffitsiyentni beradi.


Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin