Taqdimotchi: 2-sirtqi ta’lim, mmt 77-2 guruh talabasi Muratov Sardor Alijon o’g’li elastiklik nazariyasini amaliyotda qo’llanilishi



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə7/7
tarix13.12.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#140544
1   2   3   4   5   6   7
Muratov Sardor Alijon o\'g\'li 3

Formulaning izohi: Agar bahoning shu foiz hisobidagi o'zgarishi talab qilinadigan mahsulot miqdorini foiz hisobida ko'proq o'zgartirishga olib kelsa, talab elastik bo'ladi. Masalan, agar bahoning 2 foiz kamayishi talabni 4 foiz oshirsa, talab elastik bo'ladi. Ko'rinib turibdiki, shunga o'xshash barcha holatlarda talab elastik bo'lsa, elastiklik koeffitsiyenti 1 dan yuqori (Ed>l), hozirgi holatda elastiklik koeffitsiyenti 2 ga teng. Agarda bahoning foiz hisobidagi shunday o'zgarishi talab qilinadigan mahsulot miqdorining nisbatan kamroq o'zgarishi bilan bog'liq bo'lsa, talab noelastikdir. Misol. Agar bahoning 3 foiz kamayishi talab qilinadigan mahsulot miqdorining atigi 1 foiz o'sishiga ta’sir etsa, talab noelastik 1/3=0,33. Shulardan tushunarliki, talab elastik bo'lganda, elastiklik koeffitsiyenti hamisha 1 dan kichik E< 1. Ayrim xususiy hollarda, unda elastiklik koeffitsiyenti aniq 1 ga teng (E = l). M asalan, bahoning 1 foiz kamayishi uning sotilishini ham 1 foizga oshiradi. Talabning bahoga bog'liqlik natijasidagi elastikligini quyidagi misolda ko'rish mumkin:

Agar talab o'zgaruvchan bo'lsa, bahoning ozgina kamayishi ham umumiy pul tushumlarini ko'payishiga olib keladi. Nima uchun? Chunki narx kam bo'lganda bir birlik mahsulot uchun ko'riladigan zarar sotish hajmining ko'payishi hisobiga qoplanib ketadi. Baho intervali 5 dan 4 gacha bo'lgan holatga qarang (10-chizma).

Ma’lumki, umumiy tushum bahoning miqdori ko'paytmasiga teng. Shuning uchun to'g'ri burchakning OR^AQ, maydoni umumiy tushum miqdorini (1000 doll.) ko'rsatadi, bunda baho R, (5 doll.) ga teng bo'lsa, talab qilinadigan mahsulot miqdori Q, (2000) ga tengdir. Keyinchalik baho R2 (4 doll.) gacha kamaysa, talab qilinadigan mahsulot hajmi Q2 (4000) gacha ortib, umumiy mahsulot miqdori to'g'ri burchak OR2VQ2 (16000) ga teng, ya’ni O R ^Q , dan katta bo'ladi.


Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin