Taqdimoti reja: Shaxsning erkinliklari va iqtisodiy mustaqilligi. Shaxsning hayotiy muhim manfaatlari va uning xavfsizligiga tahdidlar. Shaxsning ijtimoiy-iqtisodiy xavfsizligini taʼminlash yoʼllari va vositalari


Shaxsning hayotiy muhim manfaatlari va uning xavfsizligiga tahdidlar



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə2/4
tarix13.03.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#124034
1   2   3   4
5-мавзу

2. Shaxsning hayotiy muhim manfaatlari va uning xavfsizligiga tahdidlar
Insonning ehtiyojlari, manfaatlariga salbiy taʼsir koʼrsatadigan, ularni roʼyobga chiqarishga toʼsqinlik qiladigan omillardanhimoyalanganligi shaxs xavfsizligi deb ataladi. Shaxs xavfsizligi oʼz ichiga uning hayoti, salomatligi, erkinligi va shaxsiy daxlsizligiga, qadr-qimmati, shaʼni va obroʼsiga, mol-mulkiga qilingan tajovuzlardan himoyalanishni oladi.
Shaxs manfaatlari va xavfsizligiga tahdidlar koʼpqirrali boʼlib, ular quyidagi guruhlarga boʼlinadi:
shaxsning oʼz oldiga notoʼgʼri maqsadlarni qoʼyishi;
tashqi ijtimoiy tizimlar tahdidi;
ichki ijtimoiy tizimda vujudga keladigan tahdidlar;
tabiiy tahdidlar.
Shaxs bilan bogʼliq tahdidlar ichida ijtimoiy tahdidlar ham mavjud:
ishsizlik;
kambagʼal boʼlib qolish;
jamiyatda aholining ijtimoiy va mulkiy tabaqalanishi, daromadlardagi tengsizlikning kuchayishi, kambagʼal aholi qatlamlarining koʼpayishi, aholi turmush darajasining pasayishi;
mehnat sharoitlarining yomonlashuvi, ishchi kuchi malakasi va sifatining pasayishi;
aholi oʼrtacha umr koʼrish darajasi, davomiyligining qisqarishi, tugʼilish darajasining pasayishi, oʼlim darajasining oʼsishi, aholi tabiiy oʼsishi surʼatlarining haddan tashqari pasayib ketishi;
onalar va bolalar oʼlimi va kasallanishining oʼsishi, turli infektsion, yuqumli kasalliklarning, jumladan, OIV/OITS va tuberkulez, gepatit, bezgak kasallari, norkomaniya tarqalishining oʼsib borishi, mayib va majruhlar sonining koʼpayishi;
uysiz va ishsiz kishilar hamda qarovsiz bolalarni koʼpayishi;
xufyona iqtisodiyot koʼlamining kengayishi, poraxoʼrlik, korruptsiya, tovlamachilik, uyushgan jinoyatchilikning kuchayishi;
sogʼliqni saqlash, taʼlim, uy-joy kommunal xizmat koʼrsatish narxlarining haddan tashqari oʼsib ketishi va sifatining pasayishi, aholi koʼpchilik qismining davolanish va taʼlim olish imkoniyatlaridan mahrum boʼlishi;
aholi, ayniqsa, yoshlar oʼrtasida ommaviy axborot vositalari, Internetdagi madaniy-oqartuv tadbirlarida ahloqsiz, buzgʼunchi, maʼnaviy qashshoq turmush tarzining zoʼr berib targʼib va tashviqot qilinishi juda xavfli tahdid hisoblanadi.

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin