Taqrizchilar: O'. Uskenbayev f f. n., O'



Yüklə 2,03 Mb.
səhifə1/179
tarix02.02.2022
ölçüsü2,03 Mb.
#113997
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   179


ABDULLAYEVA A.B. NEMIS TILI. DEUTSCH. (Ikkinchi chet tili sifatida darslik). T„ «Aloqachi», 2009, 320 bet.

Taqrizchilar:

O'.USKENBAYEV - f.f.n., O'zDJTU olmon tili

"Fonologiya va fonetika" kafedrasi mudiri, dotsent;



M.X.QOSIMOVA - O'zMU fakultetlararo tillar kafedralari tarix va filolo-giya fakultetlari yo'nalishi uchun chet tillar kafedrasi dotsenti, f.f.n.

ISBN 978-9943-326-38-5

© «Aloqachi» nashriyoti, 2009 y.


SO'Z BOSHI
O'zbekiston Respublikasining jahon miqyosida obro'-e'tibori ortib, uning boshqa mamlakatlar bilan siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, madaniy aloqalari kundan-kunga kengayib borayotganligini chet tillarini o'rganishga bo'lgan talabini ham toboro kuchaytirmoqda. Iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan islohotlar, xorijiy davlatlar bilan diplomatik, savdo-sotiq, sayyohlik va madaniy aloqalarining rivojlanishi xalq xo'jaligining har qanday sohasida band bo'lgan kishidan hech bo'lmaganda 1-2 chet tilini bilishini taqozo etmoqda.

Mazkur darslik respublika universitetlari, pedagogika institutlarida nemis tilini ikkinchi chet tili sifatida o'rganayotgan talabalarga mo'ljallangan. Undan tashqari tilga qiziquvchilar, kollej, litsey o'quvchilari ham foydalanishlari mumkin.

Ma'lumki, chet tilini yaxshi bilish uchun shu tilning leksik, grammatik hamda fonetik tizimlarini puxta o'rganib olish lozim bo'ladi.

Darstikda fonetika-orfoepiyaga kirish kursi uchun 9 dars, asosiy kurs uchun 20 dars, grammatikadan qisqacha ma'lumot, nemischa-o'zbekcha lug'at berildi.

Darslik o'quv dasturlarini nazarda tutgan muhim mavzularni o'z ichiga oladi. Ko'pgina matnlar talabalar hayoti va turmushiga bag'ishlanadi. Mavzular mumkin qadar ko'rgazmali bo'lishini nazarda tutib, darslikning ayrim matnlari rasmlar bilan ta'minlanadi. Ushbu darslikning maqsadi talabalarning nutq malakalarini oshirish, hamda ularda ilmiy-ommabop adabiyotlarni dasturda ko'rsatilgan hajmda tarjima qila olish malaka va ko'nikmasini hosil qilishdan iboratdir.

Darslikning metodik yo'nalishi darsda har bir bakalavrning mumkin qadar faol ishtirok etishini nazarda tutadi. Darslikda nemis tilini o'rganish jarayonida bakalavrlar mustaqilligini oshirishga va fikr yuritish qobiliyatini o'stirishga qaratilgan mashqlar berilgan.

Darslik o'zining maqsadi va mazmuni bilan nemis tilini oliy o'quv yurtlarida ikkinchi chet tili sifatida o'rganish uchun mo'ljallangan o'quv dasturi asosida ko'rsatgan barcha aspektlari bo'yicha tuzilgan. Qolgan mavzular darslikning ikkinchi qismida o'z aksini topadi.


Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin